Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALEKSANDR FAYNBERG IJODI VA FALSAFIY TAHLILI
Norboyeva Zuhraxon Alijon qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 1939
Аннотация
Mazkur maqolada taniqli shoir va tarjimon Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodiy merosi tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy qarashlari, she’riyatining asosiy yo‘nalishlari hamda tarjima san’atidagi hissasi ochib beriladi. Ayniqsa, uning “Bu tovushni angla” she’ri misolida inson ruhiyati, tabiat va hayot falsafasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola davomida shoir ijodining o‘ziga xos jihatlari, badiiy obrazlari va uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Aleksandr Faynberg, she’riyat, tarjima, o‘zbek adabiyoti, rus adabiyoti, falsafiy she’r, badiiy tahlil, adabiy meros. Agar adabiyotni ulkan dengiz deb tasavvur qilsak, undagi har bir ijodkor bu dengizning betakror to‘lqinlaridir. Har bir to‘lqin o‘ziga xos bo‘lib, inson qalbiga ilhom baxsh etadi, uning ruhiyatiga singib boradi. Adabiyot ana shunday kuchli va ulkan dengiz bo‘lib, unda yozuvchi, shoir, dramaturg va tarjimonlarning asarlari inson tafakkurini yuksaltiradi va jamiyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Ushbu adabiy dengizning qudratli to‘lqinlaridan biri bo‘lmish Aleksandr Faynberg o‘zining betakror she’rlari, teran falsafiy qarashlari va inson ruhiyatini chuqur aks ettirish mahorati bilan ajralib turadi. Rus tilida ijod qilgan bo‘lsa-da, qalbi o‘zbek bo‘lgan ushbu shoirning she’rlari adabiyotimizni yanada boyitib, o‘quvchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishlamoqda. Aleksandr Arkadyevich Faynberg 1939-yil 2-noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning ota-onasi Novosibirskdan Toshkentga ko‘chib kelgan https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 6 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 bo‘lib, shoirning bolaligi Ikkinchi Jahon urushining og‘ir yillariga to‘g‘ri kelgan. Yoshligida adabiyotga qiziqib, she’riyat bilan shug‘ullangan. U Toshkent topografiya texnikumida tahsil olgan, so‘ngra harbiy xizmatni o‘tash uchun Tojikistonga yo‘l olgan. Harbiy xizmatdan qaytgach, u Toshkent davlat universitetining sirtqi filologiya fakultetida jurnalistika yo‘nalishida tahsil olib, o‘z ijodini yanada rivojlantirdi. Uning ilk she’rlari nashr etilishi bilan adabiyot muhitida e’tirof etila boshladi. Uning o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari Toshkent, Moskva va Sankt-Peterburgda nashr etilgan. Shoir qalamiga mansub yettita badiiy filmlar stsenariysi o‘ziga xosligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Yigirmadan ziyod multfilmlar, nasriy asarlar muallifi. Bu asarlarga o‘zbek o‘quvchilarining qiziqishi ham tobora ortib bormoqda. Aleksandr Faynberg katta tarjimon. U rusiyzabon kitobxonlarga ko‘plab o‘zbek shoirlarining ijodini ochib berdi. Moskvada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" poemasi, Toshkentda "Oqqushlar galasi" nomli o‘zbek shoirlari ijodidan qilingan tarjimalar jamlanmasi nashr etildi. Taniqli shoirning o‘zbek tiliga o‘girilgan she’rlari "Chig‘ir" kitobida o‘quvchilar qo‘liga borib yetdi. O‘zbekiston xalq shoiri, Kinematografiya uyushmasi a’zosi Aleksandr Faynberg Rossiya Prezidenti Farmoni bilan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarga munosib hissa qo‘shganligi uchun Pushkin medali bilan taqdirlangan (2009). Shoir 2009 yilda Toshkent shahrida vafot etdi. Shoirning ijodi sermahsul va keng ko‘lamli. Uning she’rlarida rang-baranglik, falsafiylik, teranlik, tuyg‘ular tiniqligi yarqirab turadi. Shoir so‘zni chuqur his etadi, bu hisga o‘quvchini ham hamroh qiladi. U O‘zbekistonda yashadi va ijod qildi. Bu yurtning havosi, osmoni, tuprog‘i, eli, bir so‘z bilan aytganda, butun borlig‘i shoirga she’r qadar, qalb qadar aziz. Bu shoir satrlarining, asarlarining haroratida bor bo‘yi bilan ko‘rinadi, bo‘ylari nafasimizga uriladi. Faynbergning “Bu tovushni angla” she’ri inson va tabiat uyg‘unligi, hayotning o‘tkinchiligi va vaqtning cheksiz oqimiga bag‘ishlangan falsafiy she’rlardan biridir. Shoir ushbu https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 7 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 she’rda tovush obrazidan foydalanib, inson yuragidagi ehtiros va iztiroblarni ifodalagan: Bu tovushni angla – qanotlar sozi, Yerostidan to‘lqinlanib bo‘ylaydi. Sargardon qushlarning tungi parvozi, Oy nuriga bo‘zlarini iylaydi. She’r boshidanoq shoir qushlarning tungi parvozi va tovushning yer ostidan to‘lqinlanib kelishini tasvirlab, hayotning davomiyligi hamda inson hissiyotlarining tabiat bilan uyg‘unligini eslatadi. Shoirning bunday yondashuvi inson qalbida vaqtning cheksiz oqimi va tabiatning abadiyligini his qilishga undaydi. Erib bitmasidan ovozni ilg‘a, Bu – biz yer tubiga sochgan baxtu g‘am. Quchib o‘tayotir ko‘zlaring ilg‘ab, Enayotir kuzning vidosiga ham. Bu misralarda inson hayotining orzu va armonlari aks ettirilgan. Shoir inson tomonidan yerga sochilgan baxt va g‘amlarni tabiat bilan bog‘lab, hayotning o‘tkinchiligi va inson taqdirining mavhumligini ta’kidlaydi. Hali anglab yetmay bir – birimizni Qish kelar, qor bosar bor sirimizni. https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 8 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 She’rning yakuniy qismi insonlar orasidagi tushunmovchiliklar va vaqtning shafqatsizligini aks ettiradi. Qor timsoli bu yer
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada taniqli shoir va tarjimon Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodiy merosi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada taniqli shoir va tarjimon Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodiy merosi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy tahlil, o‘zbek adabiyoti, she’riyat, adabiy meros., rus adabiyoti, falsafiy she’r, Kalit so‘zlar: Aleksandr Faynberg, tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026