Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DINIY BAG‘RIKENGLIK MASALASI: HUQUQIY VA ISLOM MANBAALARIDA
Sultonova Durdona Shuxratilla qizi · Po‘latova Dildora Aziz qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada diniy bagʻrikenglik masalasi huquqiy va islom manbalarida qanday yoritilganligi tahlil qilinadi. Diniy bagʻrikenglik, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda muhim omillardan biri boʻlib, uning huquqiy asoslari xalqaro va milliy qonunchilikda mustahkamlab qoʻyilgan. BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va din erkinligiga oid xalqaro konvensiyalar diniy bagʻrikenglik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada islom manbalarida, xususan, Qurʼon oyatlari va Paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ning hadislarida diniy bagʻrikenglikka berilgan eʼtibor, islom dinida boshqa din vakillari bilan totuvlikda yashash, ular bilan adolatli munosabatda boʻlish, majburlashdan voz kechish tamoyillari, paygʻambarimizning Madina konstitutsiyasi misolida diniy bagʻrikenglik amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: diniy bagʻrikenglik, islom manbalari, Qurʼon, hadis, huquqiy asoslar, din erkinligi, inson huquqlari, totuvlik. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e’tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish, ularning kuchi va iste’dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 7 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 xizmat qiladi. Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir1. Vijdon erkinligi masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida har bir insonning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10- dekabrda qabul qilingan “Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”ga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: “Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak”,- deyilgan. Dinlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Diniy bag’rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, g‘oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi. XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yigadi, ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli 1 Российская соцсиологическая энциклопедия. – М. Наука 1998. –С.278. https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 8 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do’stona aloqalami mustahkamlashni tayinlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida “O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, deb aniq belgilab qo’yilgan. Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ulaming turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda. Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Dinlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda2. O’zbekistonda tom ma’noda diniy bag‘rikenglikning yuksak an’analariga amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Tolerantlik, millatlararo va dinlararo bag’rikenglikning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat hayoti uchun zarur ekanligi, tolerantlikn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada diniy bagʻrikenglik masalasi huquqiy va islom manbalarida qanday yoritilganligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada diniy bagʻrikenglik masalasi huquqiy va islom manbalarida qanday yoritilganligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qurʼon, hadis, Kalit so‘zlar: diniy bagʻrikenglik, huquqiy asoslar, din erkinligi, inson huquqlari, islom manbalari, totuvlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025