Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILLARI TADQIQOTCHILARINING ASARLARIDA XORAZMNING ILK O‘RTA ASR QISHLOQLARI TARIXSHUNOSLIGI
Abdullayeva Maftuna · Kalit so‘zlar: Xorazm · M. M. Mambetullayev · A. Sagdullayev · Janubiy Xorazm. · Abdullayeva Maftuna · Key words: Khorezm (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of) · M. M. Mambetullayev (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of) · A. Sagdullayev (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of) · Southern Khorezm. (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В статье говорится об оборонной системе, общественных отношениях, экономической жизни и географическом положении хорезмийских сел в раннем средневековье. Ключевые слова: Хорезм, М.М. Мамбетуллаев, А. Сагдуллаев, Сарыкамышбойи, Южный Хорезм. Kirish. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, hayotimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohasida chuqur o'zgarishlar yuz berdi, yangicha qarashlar asosida yechimi zarur bolgan ilmiy muammolarni hayotimiz kun tartibiga qoymoqda. Vatan tarixini ilmiy asosda organish, o'zlikni anglash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy manaviy xazinani avaylab saqlash va kelajak avlodga yetkazish ana shunday masalalardan biridir. Ko‘hna Xorazm o‘zining boy tarixi, moddiy va manaviy madaniyati, ulkan ilmiy merosi bilan jahon tarixiy taraqqiyotida munosib o‘rin tutadi. Shu jihatdan olganda bu o'lka tarixi va madaniyatini o‘rganishga qiziqish hamma vaqt yuqori bolgan. Ayniqsa, ilk o'rta asrlar davrida (milodiy IV — X asrlar) Xorazmning nafaqat O'rta Osiyo, balki jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni va ro‘li beqiyosdir[4]. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 4 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 Xorazm vohasi va unga tabiiy jihatidan ulanib ketgan Sariqamishbo’yi, Uzboy sarhadlarida ilk o’rta asr jamiyatida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlarning rivojlanishi asnosida vujudga kelgan qishloqlarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish jarayoni, ularning tarixini aks ettirgan tarixiy adabiyotlar va yozma manbalardagi ma’lumotlarning mazmun va mohiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:[3] 1. Sobiq Sovet tuzumi davrida chop qilingan tarixiy adabiyotlar( S. P. Tolstov, Ya. G’. G’ulomov, M. A. Itina, A. V. Vinogradov, B. I. Andrianov, Ye. Ye. Nerazik, M. G. Vorob’eva, Yu. A. Rapoport, Yu. P. Manilov, N. N. Vakturskaya, V. N. Yagodin, M. M. Mambetullaev, G’. K. Xodjaniyazov, A.. Sagdullaev). 2. Mustaqillik yillarida voha tarixiga oid tarixiy adabiyotlar, maqola va tezislardagi ma’lumotlar(V. N. Yagodin, M. M. Mambetullaev, G’. K. Xodjaniyazov, M. Turabekov, A. Sagdullaev, A. Asqarov, X. Matyaqubov, S. Baratov). Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari sifatida taniqli arxeolog, tilshunos, o‘lkashunos, adabiyotshunos, manbashunos, tarixchi olimlarning asarlari hamda ilmiy tadqiqotlari xizmat qiladi.Tanlangan mavzuning mohiyatidan kelib chiqqan holda uni yanada chuqurroq va batafsilroq yoritish uchun bir qator tadqiqot usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat bo‘lib, jahon taraqqiyotida o‘z o‘rnini topishi bilan bu davrda tarixiy obidalarni har tomonlama ilmiy asosda chuqur o‘rganish imkoniyati vujudga keldi.Bu davrda Xorazmning ilk o‘rta asr madaniyati tarixiga oid bir qator ilmiy tadqiqot ishlari keng jamoatchilikka taqdim etildi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 5 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlarining Janubiy Xorazm hududida olib borgan arxeologik qazish ishlari natijasida olingan ashyolar asosida yakunlangan tadqiqot ilmiy jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi. "Drevnosti yujnogo Xorezma" (1991) asarida Janubiy Xorazm hududidagi qadimgi va ilk o‘rta asrga doir yodgorliklar, ularning tuzilishi, mudofaa tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. M.Mambetullayevning Janubiy Xorazm hududidagi qishloq va shaharlarida olib borgan arxeologik izlanishlari natijasiga bag‘ishlangan tadqiqotida Xorazm vohasida urbanizasiya jarayoni natijasida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shaharsozlik madaniyatining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi, qadimgi shaharlar va ularning reja-lashtirilishi, qisman mudofaa tizimi yoritilgan[1]. Shu bilan birga, qadimgi shaharlarning tasnifi ko‘rsatib berilgan. Lekin, qadimgi qishloqlarning mudofaa tizimi mahalliy manbasi va uning rivojlanish tarixi, qo‘shni hududdagi qabilalar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari, qadimgi mudofaa tizimi tarixi va ilk o‘rta asr qishloqlari mudofaa tizi-mining vujudga kelishi jarayonidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorlik masalalari, Xorazm mudofaa tizimining jahon me’morchiligi bilimida tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda yoritilmagan[2]. Ayrim tadkovotchilarning Xorazmning qadimgi qishloq va shaharlarining geografik joylashishi, rejalashtirilishi, qurilish texnikasi va mudofaa tizimi tarixiga bag‘ishlangan tadqiqoti keng ilmiy jamoatchilik e’tiboriga taqdim qilingan[5]. Xulosa va takliflar. Xorazm hududida ilk o‘rta asr qishloqlarining joylashishi, ularning nomlari to‘g‘risida yetarli manbalar yoqligi sababli ularni joylashtirish muammoligicha qolmoqda. Xorazm hududining ilk o‘rta asr tarixi sahifalarini yoritishda shu davrga oid manbalardagi malumotlar va tarixiy yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik izlanishlar natijasida olingan ashyolar ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ilk o‘rta asr yodgorliklarida keng arxeologik tadqiqotlar olib borishni talab qiladi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 6 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 Foydalanilgan adabiyotlar [1]
Доказательный фрагмент
«В статье говорится об оборонной системе, общественных отношениях, экономической жизни и географическом положении хорезмийских сел в раннем средневековье.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье говорится об оборонной системе, общественных отношениях, экономической жизни и географическом положении хорезмийских сел в раннем средневековье. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khorezm, M. M. Mambetullayev, A. Sagdullayev, А. Сагдуллаев, Sarikamishboyi, Janubiy Xorazm., Key words: Khorezm, Южный Хорезм., Sariqamishbo'yi, М.М. Мамбетуллаев, Southern Khorezm., Сарыкамышбойи, Ключевые слова: Хорезм, Kalit so‘zlar: Xorazm
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийAND NOWROZ”, Fozilova OgiloFayoz kizi2025