Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOYATCHILIK TUSHUNCHASINING KRIMINOLOGIK XUSUSIYATLARI.
JINOYATCHILIK TUSHUNCHASINING KRIMINOLOGIK · Otayev O‘tkirbek Matyoqubovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article provides scientifically based descriptions of the theoretical and practical aspects of crime, the criminal, the causes and conditions of crime, methods and means of its prevention, as the concept of crime is the most important and at the same time the most comprehensive concept in criminology. https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 2 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 Keywords: crime, criminal, criminal behavior, causes of crime, conditions, crime prevention. Kriminologiya («jinoyat haqidagi fan»,lotincha krimina- jinoyat va qadimgi yunoncha lós- ta'limot) -jinoyatni, jinoyatchi shaxsini, jinoyatning sabablari va shartlarini, uning oldini olish usullari va vositalarini o'rganadigan sotsiologik va huquqiy fan. «Kriminologiya» atamasi birinchi marta 1879 yilda frantsuz antropologi Pol Topinard tomonidan ishlatilgan deb ishoniladi. Kriminologiya sohasida ixtisoslashgan olim kriminolog deb ataladi1. Demak, «Kriminologiya» so‘zi ikki o‘zakdan iborat: srimen (lotincha) – jinoyat, jinoiy xulq-atvor, logos (yunoncha) – fan, ta’limot, bilim. Binobarin, «kriminologiya» - bu jinoyat yoki jinoiy xulq-atvor haqidagi fan. Kriminologiyaning paydo bo‘lish tarixi diqqatga sazovor. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, kriminologiyaning vujudga kelishi 1764 yilda italiyalik 26 yoshli insonparvar, publisist va yurist Chezare Bekkariyaning «Jinoyatlar va jazolar haqida» degan kichkina, biroq sermazmun kitobi nashr etilishi bilan bog’liq. Oradan 120 yil o‘tgach, 1884 yilda Turin shahri (Shimoliy Italiya) sudyasi R.Garofalo «Kriminologiya» yoki «Jinoyatchilik tabiati hamda jazo nazariyasi» deb nomlangan kitobni chop etdi. Bu kitob uch qismdan iborat bo‘lib, unda «Jinoyatchilik», «Jinoyatchi» va «Jazo» masalalari ko‘rilgan. Shunday qilib, kriminologiya fanining paydo bo‘lishida italyanlar o‘z peshqadamligi bilan faxrlanishlari mumkin. Fikrimizcha, kriminologiyaning mazkur dastlabki talqini amaliyotga mosdir, chunki «jinoyat huquqi» fani amalda asosan jinoyat hamda jinoiy jazo tushunchalari, ularning belgilari va ro‘yobga chiqarish omillarini ta’riflash bilan shug’ullanishi lozim. Amerikalik kriminolog professor Veron Foks dunyoni to‘liq bilib bo‘lmasligini qayd etib, kinoya bilan shunday deb yozadi: 1 Қаранг: https://ru.wikipedia.org/wiki/% https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 3 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 «Inson xulq-atvorini biron-bir fan nuqtai nazaridan tushunib yetishga harakat qilish besh nafar ko‘rning filni tavsiflashga urinishini eslatadi»2 . Kriminologiya predmeti – har qanday va oddiy xulq-atvor emas, balki alohida xulq-atvor. Bu xulq-atvor jinoiy xususiyatga ega, shu bois u jinoiy xulq- atvor deb ataladi, ya’ni xulq-atvor avvalo jinoyat qonunini, uning normalarini buzish bilan bog’lanadi. Kriminologiya inson xulq-atvorini o‘rganuvchi boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlardan asosan shu jihati bilan farq qiladi. Ayni shu sababli jinoiy xulq-atvor jinoyat bilan bevosita bog’liq, chunki muayyan jinoiy qilmish sodir etilganligi tufayligina xulq-atvor jinoiy deb e’tirof etiladi. Biroq hozirgi talqindagi kriminologiya ayrim jinoyatni emas, balki ularning majmui – «jinoyatchilik»ni o‘rganadi. Kriminologiya uchun jinoyat – bu jinoyatchilikning individuallashtirilgan (muayyanlashtirilgan) ko‘rinishi. Shu bois jinoyatchilik jinoyatlarning oddiy yig’indisi emas, balki ayrim jinoyatlardan farq qiladigan, yangi, yaxlit va uzviy hodisadir. «Jinoyatchilik» tushunchasi kriminologiyaning eng muhim va ayni vaqtda eng qamrovli tushunchasidir. Unga kamida ikki nuqtai nazardan: formal miqdoriy (statistik) va sifat (sosiologik) tomonlardan yondashish mumkin. Miqdoriy (statistik) nuqtai nazardan jinoyatchilik bir emas, ko‘plab jinoyatlar, ularning muayyan yig‘indisi, ya’ni g‘ayriijtimoiy va xavfli qilmishlarning qandaydir majmui mavjudligini anglatadi. Gap shundaki, hodisalar harakatining har qanday ichki qonuni muayyan hodisalar keng miqyosda ro‘y bergan holdagina muayyan tarzda namoyon bo‘ladi. Ayrim g‘ayriijtimoiy qilmishlar jinoyatchilik hodisasini vujudga keltirishi mumkin emas. Jinoyatchilikning miqdor jihati muhim ahamiyatga ega. Lekin unga ortiqcha ahamiyat yuklash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, professor V.M.Kogan jinoyatchilikning ijtimoiy xossalarini o‘rganib chiqib, unga: «Muayyan joyda muayyan vaqtda sodir etilgan barcha jinoyatlar 2 Қаранг:Введение в криминологию. – М.: «Прогресс», 1985. – 17-б. https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 4 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 majmui hamda ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor barcha jinoyatchilar majmui»3, deb ta’rif beradi. Shu bilan birga, «jinoyatchilik» tushunchasini uning sifati va mazmuni nuqtai nazaridan o‘rganish muhimroqdir. Bu kriminologiya predmeti bilan uzviy bog‘liq. Jinoyat huquqi, jinoyat prosessi va umuman kriminalistika jinoyat shakllarini o‘rganish bilan cheklanadi va shu boisdan muayyan qilmishni davlat tomonidan tartibga solish va uni jinoyat-huquqiy, jinoyat-prosessual va kriminalistika mezonlariga ko‘ra baholash muammolarini ishlab chiqadi. Kriminologiya esa, asosan jinoyat
Доказательный фрагмент
«This article provides scientifically based descriptions of the theoretical and practical aspects of crime, the criminal, the causes and conditions of crime, methods and means of its prevention, as the concept of crime…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides scientifically based descriptions of the theoretical and practical aspects of crime, the criminal, the causes and conditions of crime, methods and means of its prevention, as the concept of crime… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- crime, criminal, criminal behavior, causes of crime, conditions, jinoiy xulq-atvor, обстоятельства, преступное поведение, профилактика преступлений., преступные причины, Ключевые слова: преступление, sharoit, преступник, jinoyatchilik sabab, jinoyatning oldini olish., Keywords: crime, Tayanch so‘zlar: jinoyat, crime prevention., jinoyatchi shaxs
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024