Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIKDA ANTROPONIMLAR MUAMMOSI.
TILSHUNOSLIKDA ANTROPONIMLAR MUAMMOSI. · Ergashov Ulug’bek Akbarali o‘g‘li · Elektron pochta: Uergashefff@gmail.com
Лучшие интеллектуальные исследования · 1 · 68-69 · 2025
Аннотация
It is known that anthroponym (Greek: anthropos-anthropos + onoma-proper noun) is a proper noun of a person (name, surname, nickname, pseudonym, etc.). The history of the study of anthroponymy of the Uzbek language shows that it has been studied less than other Turkic languages. In comparison with Kazakh, Karakalpak, Uyghur, Kyrgyz and other Turkic languages, issues of anthroponymy began to be covered in Uzbek linguistics a little later. This situation is reflected in both the quantitative and qualitative aspects of the study of anthroponymy problems. Аннотация: Известно, что антропоним (греч. антропос-антропос + онома-имя собственное) – это личное существительное (имя, фамилия, прозвище, прозвище и т. д.). История изучения антропонимии узбекского языка показывает, что она менее изучена среди других тюркских языков. Применительно к казахскому, каракалпакскому, уйгурскому, киргизскому и другим тюркским языкам вопросы антропонимии в узбекском языкознании https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 2 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 стали освещаться несколько позже. Данная ситуация отражается как на количественном, так и на качественном аспектах исследования проблем антропонимии. Kalit so‘zlar: antroponim, kishi nomlari, laqablar etimologiyasi, etnografiya, til-lug‘at tizimi. Keywords: anthroponym, personal names, etymology of nicknames, ethnography, language-dictionary system. Ключевые слова: антропоним, личные имена, этимология прозвищ, этнография, языковая система. Tilshunosligimizning keyingi taraqqiyotida antroponimlarni ilmiy jihatdan o‘rganish qator ilmiy ishlarning obyekti bo‘lib kelmoqda. Jumladan, E.T.Smirnov, keyinchalik N.S.Likoshin va rus sayyohi va etimologi V.F.Oshanin, turkiyshunos olim A.Samoylovichlar o‘zbekcha ismlarni to‘plash va ularni ruscha transliteratsiyada ifodalash masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar. Shuningdek, N.Ostroumov, A.Samoylovich, S.Oldenburg, V.YA.Nalivkin, M.Nalivkina kabi tilshunos olimlar ishlarida ham o‘zbekcha ismlar va laqablar etimologiyasi, etnografiyasiga oid ayrim masalalar haqida fikrlar bayon qilingan, ularning urf-odati masalalari ham diqqat-markazida bo‘lgan. S.Ibrohimov, M.Rahmonlar esa o‘zbekcha ismlar va familiyalarning imlosiga doir kuzatishlar olib borsa, N.S.Malitskiy esa Toshkent shahridagi mahalliy aholi ismlarini o‘rgangan. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab o‘zbekcha ismlarning lisoniy xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganishga qiziqish boshlandi. Shu yillarda D.Abdurahmonov, O‘.Nosirov, F.Abdullayev, M.Shamsiyeva, A.Ishayev, X.Doniyorov kabi olimlarning o‘zbek antroponimikasiga doir ayrim ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari nashr qilindi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 3 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 E.A.Begmatov o‘zbek antroponimikasiga ulkan hissa qo’shgan nomshunos olimdir. U antroponimlarning lingvistik, ekstralingvistik xususiyatlari, ism, laqab, taxallus, familiya, ota ismlarning leksikasi, strukturasi, grammatik xususiyatlari bo‘yicha qator salmoqli maqolalar e’lon qildi va o‘zbek antroponimiyasi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar yig‘di. Olim 1965-yilda “O‘zbek tili antroponimikasi” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Uning ismshunoslikka oid “Nomlar va odamlar” (1966), “Kishi nomlari imlosi” (1970), “O‘zbek ismlari imlosi” (1972), “Литературные имена и фамилии узбекских авторов в русской транскрипции” (1981), “O‘zbek ismlari” (1992, 2000, 2007), “Ism chiroyi” (1994) kabi asarlari o‘zbek tilshunoslik ilmiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Zamonaviy o‘zbek antroponimiyasi tadqiqi o‘tgan asrning 20-yillari boshiga borib taqaladi. Bir asr davomida o‘zbek antroponimiyasining turli masalalari bo‘yicha o‘nga yaqin dissertatsiya yozilgan, jumladan: A.Ishayevning “Mang‘it shevasida so‘zlarning torayish formalari” (1962), E.Begmatovning “O‘zbek tili antroponimikasi” (1965), F.Abdullayevning “Xorazm shevalari” (1967), X.Doniyorovning “Qipchoq dialektlarining leksikasi” (1979), G‘.Sattorovning “Otoyi emas, Atoyi” (1984), Sh.Yoqubovning “Navoiy asarlari onomastikasi” (1994), I.A.Jurayevaning “Номинативные функции антропонимов (на материале английского, узбекского и русского языков)” (2012), N.A.Husanovning “XV asr o‘zbek adabiy yodgorliklaridagi antroponimlarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlari” (2000), I.Xudoynazarovning “Antroponimlarning til-lug‘at tizimi va ularning semantik uslubiy xususiyatlari: Ergash Jumanbulbul dostonlari asosida” (1998), Yu.N.Xojalepesovaning “Прозвища в системе Каракалпакской антропоними” (2014), R.Yu.Xudoyberganovning “O‘zbek antroponimiyasi tizimining variantdorligi” (2009), D.Andaniyozovaning “Badiiy matnda onomastik birliklar lingvopoetikasi” (2017), I.O‘.Darvishevning “Janubi-g‘arbiy Namangan shevalari fonetik-fonologik https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 4 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 xususiyatlarining areal tadqiqi” (2018) va boshqa qator tadqiqot ishlari hamda maqolalarni sanab o‘tish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu muammo bo‘yicha barcha adabiyotlar ko‘p qirralililgi, ham mazmunan,
Доказательный фрагмент
«It is known that anthroponym (Greek: anthropos-anthropos + onoma-proper noun) is a proper noun of a person (name, surname, nickname, pseudonym, etc.).»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is known that anthroponym (Greek: anthropos-anthropos + onoma-proper noun) is a proper noun of a person (name, surname, nickname, pseudonym, etc.). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- anthroponym, personal names, etymology of nicknames, language-dictionary system., личные имена, языковая система., Kalit so‘zlar: antroponim, etnografiya, laqablar etimologiyasi, ethnography, Ключевые слова: антропоним, этимология прозвищ, Keywords: anthroponym, этнография, til-lug‘at tizimi., kishi nomlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025