Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
REFLEKSIV TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TALABANING O‘QUV JARAYONI BILAN BOG‘LIQ YUTUQ VA KAMCHILIKLARINI MUSTAQIL ANGLAB YETISHI.
MUSTAQIL ANGLAB YETISHI. · Babayeva Hulkaroy Usmon qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается применение рефлексивных технологий в преподавании биологии и их роль в самостоятельном осознании студентами своих достижений и недостатков в учебном процессе. Кроме того, анализируется влияние рефлексивных технологий на повышение эффективности обучения, а также их основные методы и подходы. https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 0 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 Ключевые слова: рефлексия, рефлексивные технологии, биологическое образование, учебный процесс, способность студентов к самостоятельному осмыслению. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim jarayonida talabalarni faollashtirish, ularning bilimlarni faqat o‘zlashtirishi emas, balki mustaqil ravishda tahlil qilishi, anglash va o‘zining yutuq va kamchiliklarini baholash qobiliyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, refleksiv texnologiyalar pedagogik jarayonni takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Refleksiv texnologiyalar – bu o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, o‘z bilim darajasini baholash, o‘z faoliyatini tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvdir. Ushbu texnologiyalar yordamida talabalar o‘z bilimlarini chuqurroq anglab yetish, mustaqil ta’lim olish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Biologiya ta’limida bu texnologiyalarni qo‘llash talabalarning fanni chuqurroq o‘rganishiga, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga va atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishiga yordam beradi. Biologiya tabiiy fanlar orasida o‘ziga xos o‘rin tutib, inson hayoti, tabiat va organizmlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Shu boisdan, ushbu fandagi bilimlar nafaqat nazariy jihatdan o‘zlashtirilishi, balki amaliyotda qo‘llanishi ham talab etiladi. Biroq, an’anaviy o‘qitish usullari ko‘pincha talabalarni faqat tayyor bilimlarni qabul qilishga o‘rgatadi, natijada mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalari yetarlicha rivojlanmaydi. Refleksiv texnologiyalar esa talabalar o‘quv jarayonida faol ishtirok etishiga, o‘z bilim darajasini o‘zlari baholashiga va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishini belgilashiga imkon beradi. Refleksiv texnologiyalarni biologiya ta’limiga tatbiq etish orqali talabalar o‘zlarining bilim olish jarayonidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlay oladilar. Ular nafaqat o‘zlari erishgan natijalarni baholaydi, balki qaysi jihatlarida https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 1 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 yaxshilanish kerakligini ham tushunib yetadilar. Bu esa talabalarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga undaydi, o‘quv jarayoniga qiziqishini oshiradi va fan bo‘yicha chuqurroq bilim olishga intilishga undaydi. Shu sababli, biologiya fanini o‘qitishda refleksiv texnologiyalarni tatbiq etish nafaqat talabalar bilimini oshirish, balki ularning umumiy shaxsiy rivojlanishini ham ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu maqolada refleksiv texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning asosiy metod va usullari hamda talabalar mustaqil fikrlashini rivojlantirishdagi roli chuqur tahlil qilinadi. Refleksiv texnologiyalar va ularning mohiyati. Refleksiya – bu shaxsning o‘z faoliyati, natijalari va bilim darajasi haqida fikr yuritishi va xulosa chiqarish jarayonidir. Ta’lim jarayonida refleksiv texnologiyalarni qo‘llash quyidagi natijalarga olib keladi: - Talabalarning o‘z bilimlarini ob’ektiv baholashi; - Mustaqil tahlil va fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi; - O‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsiyaning ortishi. Biologiya fanlarini o‘qitishda refleksiv texnologiyalarni qo‘llash metodlari Biologiya fanlarini o‘qitishda refleksiv texnologiyalarni qo‘llash metodlari Refleksiv suhbat – har bir mavzuni tugatgandan so‘ng talabalar bilan muhokama olib borish, ulardan o‘z yutuqlari va qiyinchiliklari haqida fikr almashish. Bu usul talabalarni dars jarayoniga faol jalb qilish va ularning bilim olish jarayoniga nisbatan mas'uliyat hissini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchi savollar berish orqali talabalarni o‘z bilimlarini tahlil qilishga, o‘z fikrlarini asoslashga va xulosa chiqarishga undaydi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu o‘quv jarayonining interaktiv va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash daftarlarini yuritish – talabalar darsdan keyin o‘z bilimlari va tushunish darajasi haqida yozma ravishda hisobot tayyorlash. Ushbu https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 2 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 metod talabalarga o‘z bilimlarining qay darajada chuqurligini anglash va o‘z kamchiliklarini aniqlash imkonini beradi. O‘z-o‘zini baholash jurnali orqali talabalar o‘zining o‘sish jarayonini kuzatishi, qaysi mavzularda muammolarga duch kelganini aniqlashi va kelajakdagi ta’lim strategiyalarini belgilashi mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchi bu jurnallar orqali talabalar o‘z bilimlarini qanday baholayotganini kuzatib borishi va ularga mos tavsiyalar berishi mumkin. Blits- tes
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается применение рефлексивных технологий в преподавании биологии и их роль в самостоятельном осознании студентами своих достижений и недостатков в учебном процессе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается применение рефлексивных технологий в преподавании биологии и их роль в самостоятельном осознании студентами своих достижений и недостатков в учебном процессе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reflection, reflective technologies, biology education, learning, Ключевые слова: рефлексия, students’ independent comprehension ability., учебный процесс, o‘quv jarayoni, talabaning mustaqil anglash qobiliyati., Keywords: reflection, способность студентов к самостоятельному осмыслению., learning process, Kalit so‘zlar: refleksiya, biologiya ta’limi, refleksiv texnologiyalar, рефлексивные технологии, биологическое образование
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014