К содержанию
РецензированоRU2025

BADIIYATDA HAYOTIY ZIDDIYAT AKSI

Qurbonova Gulbahor Safarovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

В данной статье роль конфликта в художественных произведениях анализируется на примере рассказов Нурали Кабула. Показано, что конфликт, противоречия века являются средствами, движущими работу. Ключевые слова: литература, жизнь, двойственность, психика, конфликт, персонаж, сравнение, трагедия, друг, окружение. Annotation: In this article, the role of conflict in artistic works is analyzed on the example of Nurali Kabul stories. It is shown that the conflict, the contradictions of the century are the means that move the work. Key words: literature, life, duality, psyche, conflict, character, comparison, tragedy, friend, environment. Adabiyot yaralibdiki, unda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik kabi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar mavjud. Chunki hayot o‘zi ikkilikdan mavjud. olam va odam yaratilishi ikkilikdan iborat. Hattoki, bir inson ruhiyatida ikki xil kechinma mavjud. Shunday ekan “Zotan adabiyotning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi bosh maqsadi ham insonning turli xil ruhiy kechinmalari, uning https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 0 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 ma’naviy olami, hayotda tutgan o‘rni va orzu intilishlarini tasvirlashdan iboratdi[1:8-b.]. “Tubsiz osmon” qissasi bola tilidan bayon qilinadi. Asar bola ruhiyati, uning dardli kechinmalari va jamiyat (tashqi muhit)ning bola ruhiyatiga ta’siri natijasida kelib chiqadigan ziddiyatlar asosiga qurilgan. Ziddiyat, konflikt badiiy asar uchun ahamiyatli. Chunki hayot ham, voqeliklar ham ziddiyatlar majmuidan iborat. Shunday ekan, hayotning badiiy in’ikosi bo‘lmish badiiy asarda ham ziddiyat va qarama-qarshiliklar bo‘lishi tabiiy hol. Akademik Izzat Sulton bu borada “Syujetida konflikt bo‘lmagan asar ta’sirchan emas, chunki unda hayotiy haqiqat to‘la va izchil ifodalanmaydi. Faqat hodisalar to‘qnashuvi natijasidagina ularning ichki dunyosi eng to‘la ravishda ochiladi”,[2:174-b.] - degan edi. Birgina bolaning hayoti, qarashlari, uning atrofida bo‘layotgan ziddiyatlar orqali ijtimoiy muammolarni ko‘tarib chiqishga erisha olganligi yozuvchining mahoratidan dalolat beradi. Asar “Men otarimizning ko‘p yillik qo‘riqchisi – qadrdon Bo‘ynog‘imning bolalashini har galgidek sabrsizlik bilan kutardim” deb boshlanadi. Shu jumlaning o‘zidayoq bolalarcha beg‘uborlik, hayvonlarga bo‘lgan qiziqish va sevish tuyg‘ulari sezilib turibdi. Asar qahramonlari 7 yoshli Norbo‘ta, otasi - Jo‘raboy, onasi-Norxol, singlisi-Mo‘tabar, ena, savxoz direktori, cho‘ponlar-Hamro, Mamadazim. Bola bola qalbi bilan Bo‘ynoqning bolalashini sabrsizlik bilan va zo‘r quvonch bilan kutardi. Bola uchun quvonchli bo‘lgan bu holat, oila uchun aksi edi. “-He, tug‘may tug‘uqsiz ket! Yana hammayoqni bosib ketadigan bo‘ldi! Necha marta aytdim sizga, shu qari qanjiqni yo‘qoting, deb! Usiz ham yetim qo‘zilarni boqish jonimga tegib ketdi!- deb nolirdilar achchig‘i chiqqan paytlarda ayam dadamga”. [3:182-b.] Onasi bu gapni Norbo‘taga eshittirmay aytishga harakat qiladi. Bolaning yonida Bo‘ynoqni deyarli jerkimaydi ham. Lekin nochora bolasi https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 1 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 uchun qadrdon do‘stdek bo‘lib qolgan, uning quvonchiga aylangan hayvon haqida bir nima deyolmasa ham vaziyat, o‘sha davrdagi ijtimoiy muhit shuni – Bo‘ynoqni, uning endi tug‘ilajak bolalarini yo‘qotishga majbur qiladi. Aholi gavjum yashaydigan qishloqdan uzoqda, qir-adirlar bag‘rida cho‘ponlik qilib kun ko‘radigan bu oilaning farzandi, albatta, atrofda tengqurlari bo‘lmaganligi sababli it bilan, qo‘zi bilan, tabiat bilan do‘st bo‘lishi tabiiy hol. “U bilan qachon bunchalik qadrdon bo‘lib qolganimni eslayolmayman. Nazarimda, esimni tanib ko‘zimni ochibmanki, Burguttepaning yonidagi qo‘tonimizda Bo‘ynoqni ko‘rgandayman. Shundan beri bir-birimizni ko‘rmasak turolmaymiz”. Bola Bo‘ynoqni qanchalar yaxshi ko‘rsa, unga mehr bersa, Bo‘ynoq ham Norbo‘taga xuddi shunday iliq munosabatda bo‘lardi. U bilan o‘ynardi, hatto bola yiqilib tushayotsa yumshoq tushsin deb tagiga o‘zini tashlardi, bola toqqa chiqsa unga hamrohlik qilib, uni qo‘rib borardi. Xullas, haqiqiy ajralmas do‘stlar edi. Norbo‘ta bilan Bo‘ynoqning davrasiga keyinchalik yetim qo‘zi qo‘shiladi: “Keyin bizga onasini Jiydalining dashtida jondor tortib ketgan, ayam shishada sut beradigan, dadam duch kelgan sovliqni ushlab emizadigan ko‘k yetim qo‘zi qo‘shildi… Shu kundan boshlab u doim orqamizdan ergashib yuradigan, kun bo‘yi Burguttepada yoki Teraklisoydagi kattakon oq terak ostida biz bilan o‘ynaydigan bo‘ldi” [3:184-b.]. Shunday qilib do‘stlar safi kengaydi. Onaning tashvishi esa ko‘paydi. Bolalariga, itlarga, yetim qo‘zilarga qarash, ularni ovqatlantirish kerak. Shundoq ham ro‘zg‘orni bazo‘r tebratib, naridan beri kun ko‘rayotgan oila uchun bu og‘irlik qilardi. Shu sababli ona turmush o‘rtog‘iga hech bo‘lmasa yaqinda bolalaydigan Bo‘ynoqdan qutilish haqida tez-tez diydiyo qila boshlaydi. Aslida Bo‘ynoqning bu uyda qolishiga onasining o‘zi sababchi. Chunki Mamadazim cho‘ponning qo‘lida ishlab yurgan vaqtda otasi kuchukcha olib keladi. Uning hamma

Доказательный фрагмент

«В данной статье роль конфликта в художественных произведениях анализируется на примере рассказов Нурали Кабула.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье роль конфликта в художественных произведениях анализируется на примере рассказов Нурали Кабула. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literature, life, duality, psyche, conflict, character, comparison, конфликт, друг, qiyos, персонаж, окружение., xarakter, tragedy, friend, ruhiyat, трагедия, environment., сравнение, muhit., Key words: literature, fojia, жизнь, konflikt, психика, двойственность, do‘st, Kalit so‘zlar: adabiyot, ikkilik, hayot, Ключевые слова: литература
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники