Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUV JARAYONIDA ONLAYN SO‘ROVNOMA VA TEST TOPSHIRIQLARINI YARATISH PLATFORMALARIDAN FOYDALANISH
TOPSHIRIQLARINI YARATISH PLATFORMALARIDAN
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada onlayn so‘rovnoma va test topshiriqlarini yaratish platformalari va ularning o‘quv jarayonida foydalanish afzalliklari, o‘quvchilarni darsga qiziqtirishdagi ahamiyatlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar. Onlayn topshiriqlar, so‘rovnomalar, quizizz, kahoot, pedagogik dasturiy vositalar. Ta’lim jarayonini takomillashtirishga ta’lim mazmuniga mos bo‘lgan raqamli texnologiyadan foydalanish, raqammli texnologiyadan o‘qitish vositasi sifatida ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli samarali strategiya va yondashuvlari muhim ahamiyatga egadir. Zamonaviy texnologiyalar yordamida onlayn test topshiriqlari va so‘rovnomalar asosida darslarni olib borish o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Shunday ekan raqamli texnologiyalarining faol rivojlanishi, har bir sohada raqamlashtirish jadallashib borayotgan bir paytda ta’lim jarayoniga tobora ko‘proq yangi o‘qitish usullarini yaratish va joriy etishni nazarda tutadi. Kompyuterlar, smartfonlar va Internet bizning kundalik va professional hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Hozirgi davrda an’anaviy o‘qitish usullari bilan o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shu munosabat bilan ta‘lim tizimi zamonaviy talablarga moslashishi, axborot texnologiyalari yutuqlarini hisobga https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 olgan holda o‘qitishning faol usullaridan foydalangan holda yangi o‘qitish usullarini shakllantirishi va rivojlantirishi zarur. Ta’lim jarayoniga o‘yin usullarini joriy etish amaliy malakalarni, fikrlash va mantiqni rivojlantiradi, shuningdek, materialni o‘rganish samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, o‘yin elementlari o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga jalb qilish darajasini oshiradi. Internet resurslari va o‘quvchilar smartfonlari yordamida samarali interaktiv ta‘lim muhitini tashkil etish mumkin. So‘rovnoma va test topshiriqlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, topshiriqlar yaratishda foydalaniladigan maxsus darsturlar va online tizimlardan foydalanishimiz mumkin. Bugungi kunda barcha sohalarini raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanish jarayonida internet tarmog‘i imkoniyatlaridan muhim ahamiyat kasb etadi. So‘rovnoma va test topshiriqlari bir necha usulda taqdim etilishi mumkin, jumladan: qog‘oz ko‘rinishida, komputerda oflayn rejimda va internet tarmog‘ida so‘rovnoma havola (link) lar. Onlayn so‘rovnomalardan quyidagi maqsadlarda foydalanishimiz mumkin: − Fan yo‘nalishida o‘quvchilar bilimlarini aniqlash − Seminar va o‘quvlarda teskari aloqa tizimini yaratish − Tinglovchilar ehtiyojlarini aniqlash − Interaktiv topshiriqlar tayyorlash Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; mashq qildirgichlar – avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi; Internet tarmog‘ida online so‘rovnoma yoki test topshiriqlarini yaratishga mo‘ljallangan ko‘pgina tizimlarni uchratishimiz mukin. Buning uchun qidiruv tizimlariga “online so‘rovnoma”, “online survey” kabi kalit so‘zlar orqali osongina topib olishimiz mumkin. Onlayn so‘rovnoma tizimlaridan foydalanishning ustunlik taraflari: − Tezkorlik; − Tahlil qilish osonligi; − Shaffoflik; − Tinglovchilar uchun foydalanish osonligi; − Moslashuvchanligi; − Tanlash imkoniyati; − So‘rovnoma shaklini oson o‘zgartirish imkoniyati. Onlayn so‘rovnoma va test topshiriqlarini tayyorlashda tizimlarga Kahoot (kahoot.it), Quizizz (quizizz.com), strawpoll (strawpoll.com), LearningApps (LearningApps.org) va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. Kahoot oʻyinga asoslangan oʻquv platformasi boʻlib, maktablar va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim texnologiyasi sifatida foydalaniladi. Uning o‘quv o‘yinlari “kahoots” foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ko‘p tanlovli viktorinalar bo‘lib, ularga veb-brauzer yoki Kahoot ilovasi orqali kirish mumkin. O‘quvchilar bilimini tekshirish, formativ baholash, o‘quvchilar o‘rtasida viktorinalar o‘tkazishda foydalanish mumkin. Ushbu platforma istalgan mavzuda va istalgan tilda topshiriqlaringizni tuzish imkonini beradi, yoki ilovaning boshqa foydalanuvchilar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada onlayn so‘rovnoma va test topshiriqlarini yaratish platformalari va ularning o‘quv jarayonida foydalanish afzalliklari, o‘quvchilarni darsga qiziqtirishdagi ahamiyatlari haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada onlayn so‘rovnoma va test topshiriqlarini yaratish platformalari va ularning o‘quv jarayonida foydalanish afzalliklari, o‘quvchilarni darsga qiziqtirishdagi ahamiyatlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- quizizz, kahoot, Kalit so‘zlar. Onlayn topshiriqlar, so‘rovnomalar, pedagogik dasturiy vositalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026