Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHI VA TALABALARNING BILIM OLISHIDA SUN’IY INTELLEKTNING TA’SIRI VA UNING AFZALLIKLARI
Ravshanova O‘g‘ilshod
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Maqolada sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri va afzalliklari, u bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil yoritilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalari o‘quv jarayonini moslashtirish, samaradorlikni oshirish va o‘qituvchilarning ish yukini kamaytirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ta’limda yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonidagi to‘siqlar va ularning yechimlari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, ta’lim tizimi, texnologik rivojlanish, masofaviy ta’lim, axloqiy masalalar, individual yondashuv, innovatsiya. Kirish. Hozirgi globallashuv davrida sun’iy intellekt dunyo iqtisodiyoti, sog‘liqni saqlash, sanoat va ta’lim sohalarida inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali yangicha ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Bu texnologiyalar o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish, o‘quvchilarga individual yondashuvni ta’minlash, bilimlarni yanada qiziqarli va samarali shaklda yetkazish imkonini beradi. Shu bilan birga, ushbu texnologiyalarni joriy etishda bir qator texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin.Mazkur maqolada sun’iy intellektning ta’lim tizimiga kiritilishining afzalliklari, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish usullarini tahlil qilamiz. Sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi afzalliklari juda ham keng qamrovli hisoblanadi.Sun’iy intellekt har bir o‘quvchining bilim darajasi, qiziqishlari va ehtiyojlarini tahlil qilib, ularga moslashtirilgan ta’lim materiallarini taklif qiladi. https://scientific-jl.com/luch/ 9 1 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 Bu o‘quv jarayonini yanada samarali va moslashuvchan qiladi.Misol uchun, Khan Academy, Coursera va Duolingo kabi platformalar sun’iy intellekt yordamida talabalarning qobiliyatini tahlil qiladi va moslashtirilgan topshiriqlar beradi. Matematikadan murakkab masalalarni yechishda yordam beruvchi Photomath kabi dasturlar bu jarayonni soddalashtiradi. Masofaviy ta’lim sun’iy intellekt bilan yangi bosqichga chiqmoqda deb bemalol takidlashimiz mumkin. Bunda o‘quvchilar geografik joylashuvdan qat’i nazar, bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.Zoom, Google Classroom, va Microsoft Teams kabi platformalar darslarni tashkil etishda muhim vositaga aylanib kelinmoqda.Virtual yordamchilar va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan dasturlar talabalarning qiziqtirgan savollariga tezkor javob beradi.Sun’iy intellekt faqat o‘quvchilarga emas balki o‘qituvchilarga ham qulaylik olib keladi. O‘qituvchilar uchun vaqtni tejash maqsadida testlarni avtomatik baholash tizimlari joriy etilmoqda. Masalan, Google Forms orqali talabalarning bilim darajasi tezkor va aniq baholanadi. Talabalar faoliyatini kuzatish va tahlil qilish sun’iy intellekt yordamida osontirilmoqda.Sun’iy intellekt nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qulay sharoitlar yaratishda yordam beradi: ko‘rish qobiliyati cheklangan talabalar uchun ekran o‘qish dasturlari mavjud,eshitish qobiliyati cheklangan talabalar uchun esa nutqni matnga aylantirish texnologiyalari ishlatilib kelinmoqda. Sun’iy intellekt yordamida til o‘rganish jarayoni interaktiv va samarali bo‘lib bormoqda. Duolingo, Babbel kabi platformalar o‘quvchilarga yangi tillarni o‘rganishda moslashtirilgan mashqlarni taqdim etadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda ba’zi muammolar mavjud. Ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy kompyuter texnikasi yetishmaydi. Bu texnologiyalarni to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiladi. O‘qituvchilar va ta’lim tizimi xodimlarining Sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha malakalari yetarli darajada emas. Bu esa texnologiyalarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qiladi. Sun’iy https://scientific-jl.com/luch/ 9 2 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 intellekt texnologiyalari katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘adi. Ushbu ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va noto‘g‘ri ishlatilishining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ta’lim tizimiga joriy etish katta miqdorda mablag‘ talab qiladi. Bu esa rivojlanmagan hududlarda jiddiy muammo hisoblanadi. Yana bir muammolardan biri ba’zi jamiyatlarda texnologiyaga ishonchsizlik, an’anaviy yondashuvlar va yangi texnologiyalarni qabul qilishda ehtiyotkorlik mavjud. Sun’iy intellektdan samarali foydalanish uchun o‘quv muassasalarini yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash zarur, o‘qituvchilar va xodimlar uchun Sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha trening va kurslarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorni jalb qilib, investitsiyalarni ko‘paytirish, talaba va o‘qituvchilarning ma’lumotlarini himoya qilish tizimini yaratish, Sun’iy intellekt texnologiyalarining afzalliklari va imkoniyatlarini targ‘ib qilish lozim bo‘ladi. Kelajakda sun’iy intellekt ta’lim jarayonini butkul o‘zgartirib yuborishi mumkin.Bunda virtual haqiqat (VR) va kengaytirilgan haqiqat (AR
Доказательный фрагмент
«Maqolada sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri va afzalliklari, u bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri va afzalliklari, u bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim, individual yondashuv, texnologik rivojlanish, ta’lim tizimi, axloqiy masalalar, innovatsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025