Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XODIMNING SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARINI XIMOYA QILISH TUSHUNCHASI
QILISH TUSHUNCHASI · Abdug‘ofurov Baxriddin Abdug‘ani o‘g‘li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish tushunchasi, bugungi kunda xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga bo’lgan ehtiyoj va sabablar, shaxsga doir ma’lumotlarga nimalar kirishi, ushbu ma’lumotlarni himoya qilishda qanday nazariya, doktrina va kosepsiyalarga asoslanishi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kundа zаmonаviy texnik vositаlаr inson, jаmiyаt vа dаvlаt hаyoti uchun zаrur bo‘lgаn muhim miqdordаgi ijtimoiy аhаmiyаtgа egа mа’lumotlаrni to‘plаsh vа qаytа ishlаsh imkonini berаdi. Kompyuter texnologiyаlаrining jаdаl rivojlаnishi аxborot munosаbаtlаrining deyаrli hаr qаndаy sub’ekti uchun turli mа’lumotlаr ba’zalarigа kirish vа ulаrdаn foydаlаnish imkonini berаdi, shu bilаn birgа аxborotni olish vа tаrqаtish tezligi so‘ngi yillarda o‘tgan asrga nisbatan ham sezilаrli dаrаjаdа oshdi. Аxborot odаmlаr hаyoti vа ijtimoiy fаoliyаtining аjrаlmаs shаrti, ulаrning doimiy e’tiborining predmetidir, jаmiyаt mаvjud ekаn, u hаm mаvjud bo‘lаdi. U hаr qаndаy ijtimoiy munosаbаtlаrgа hаmroh bo‘lаdi, shаxsning qаrorlаri vа hаrаkаtlаrini belgilаydi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 1 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 Insonlаr hаqiqiy аxborot muhitidа yаshаmoqdаlаr. Аxborot texnologiyаlаri hаmmа uchun mаvjud bo‘lib, ulаr jаmiyаt fаoliyаtining аxborot bilаn bog‘liq deyаrli bаrchа sohаlаrigа tаrqаldi1. Ushbu jarayonda xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish axborot zamonining dolzabr masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Shunday ekan avvalo xodimning shaxsga doir ma’lumotlariga nimalar kiradi?, qanday nazariya, konsepsiya va doktrinalar ularni himoya qilishning asosi hisoblanadi? - degan savollarga javob topmoq zarur. Savollarga turli manbalar asosida javob berilishi mumkin. Xususan, Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari (https://gdpr- info.eu), Xalqaro mehnat tashkiloti (https://www.ilo.org), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(OECD)ning maxfiylik siyosati (https://www.oecd.org), Xalqaro maʼlumotlarning maxfiyligi toʻgʻrisidagi qonun yoki “Journal of Data Protection & Privacy” kabi jurnallardagi maqolalarda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi. Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishda quyidagi nazariyalar mavjud. 1. Raqamli suverenitet nazariyasi Davlatlar va kompaniyalar xodimlarning ma’lumotlarini avtonom himoya qilishni ta’minlashi, xorijiy xizmatlar va texnologiyalarga qaramlikni minimallashtirishi kerak. 2. Axborot assimetriyasi nazariyasi Ish beruvchilar xodimlar haqida aksincha ko‘proq ma’lumotga ega, bu esa shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun qo‘shimcha choralarni talab qiladi. 3. Kiberxavf nazariyasi (Cyber Risk Theory) 1 Sultonmurodov S. D. O. G. L. Аxborot sohаsidа milliy xаvfsizlikni tа’minlаshning omillаri vа o’zigа xos jihаtlаri //Centrаl Аsiаn Аcаdemic Journаl of Scientific Reseаrch. – 2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 339-346. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 2 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 Raqamli texnologiyalar xodimlarning shaxsiy ma'lumotlariga yangi tahdidlar yaratishini taklif qiladi, bu esa kiberxavfsizlik nazoratini kuchaytirishni talab qiladi. 4. Ishonchga asoslangan tizimlar nazariyasi (Trust-Based Systems Theory) Ma’lumotlarni himoya qilish nafaqat qat’iy qonuniy mexanizmlar, balki ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi ishonch asosida qurilishi kerakligini anglatadi. 5. Raqamli izlar nazariyasi (Digital Footprint Theory) Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari qanday qilib onlayn iz qoldirishi va ularni qanday nazorat qilish va himoya qilish mumkinligini ko‘rib chiqadi. Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha bir nechta doktrinalar mavjud hisoblanadi. Ulardan asosiy doktrinalarini quyida ko‘rib chiqamiz. 1. Raqamli mehnat xavfsizligi doktrinasi; Xodimlarning shaxsiy ma'lumotlarini raqamli muhitda himoya qilishning asosiy ob’ektlaridan biri sifatida belgilaydi va ularning xavfsizligi uchun maxsus choralar ko‘rishni talab qiladi. 2. Xodimlar haqida ma’lumot avtonomiyasi doktrinasi; Bu shuni anglatadiki, xodim o‘z ma’lumotlarini to‘liq nazorat qilish huquqiga ega, shu jumladan ularni qayta ishlashga rozilik berish va bekor qilish ham uning ixtiyorida. 3. Ma’lumotlarni minimallashtirish doktrinasi; Unda aytilishicha, ish beruvchilar faqat mehnat funktsiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashlari kerak bo‘ladi. 4. Korporativ ma’lumotlar uchun javobgarlik doktrinasi; Kompaniyalar o‘z xodimlarining shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligi va himoyasi uchun to‘liq huquqiy va axloqiy javobgarlikni belgilaydi. 5. Mehnat doktrinasida maxfiylik; https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 3 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 Ish beruvchining o‘zining manfaatlari va xodimlarning huquqlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatish va to‘plash imkoniyatini cheklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 12-bob, 6-paragrafi Xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga bag‘ishlangan. Mehnat kodeksi 175-moddasida “Mehnatga oid munosabatlar sababli ish beruvchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish tushunchasi, bugungi kunda xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga bo’lgan ehtiyoj va sabablar, shaxsga doir ma’lumotlarga nimalar ki…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish tushunchasi, bugungi kunda xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga bo’lgan ehtiyoj va sabablar, shaxsga doir ma’lumotlarga nimalar ki… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- himoya qilish, shaxsga doir, lumotlarini himoya, xodimlarning shaxsiy, xodimning shaxsga, doir lumotlarini, lumotlarni himoya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024