К содержанию
РецензированоRU2025

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARINI TASHKIL QILISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Rо‘zibayeva Muhabbat Rо‘zimetоvna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqоlada Kichik maktab yoshidagi bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilishning maqsad va vazifalariga tо‘xtalib о‘tilgan. Kalit so’zlar: kichik maktab yоshi, pedagogik-psixologik qo‘llab- quvvatlash, ijtimoiylashuv, o‘quv faoliyati. Kichik maktab yoshidagi bola rivojlanishida qator psixofiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: ularning yetakchi faoliyat turlari almashadi, u mansub bo‘lgan ijtimoiy guruhi, pozitsiyalari mohiyati, tengdoshlari orasidagi xususiy mavqei o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarni inobatga olmasdan turib, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi ijtimoiylashuviga jamiyat tomonidan qo‘yiladigani talablarning muvofiqligini, ularning asosliligini hamda ijtimoiylashish ko‘rsatkichlarini obyektiv baholashning imkoni bo‘lmaydi. Pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash — bu bolalar va o‘quvchilarning ta’lim jarayonida duch keladigan psixologik va pedagogik muammolarini hal qilish, ularni rivojlantirish va yanada samarali o‘qish uchun ko‘rsatiladigan yordamdir. Bu jarayonda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya'ni o‘qituvchilar, psixologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar hamkorlikda ishlaydi. Pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadi – https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 7 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 o‘quvchilarni nafaqat ilmiy jihatdan, balki ruhiy, emotsional va ijtimoiy jihatdan ham to‘liq rivojlantirishdir. Bu yordamning turli shakllari va usullari mavjud. Pedagogik qo‘llab-quvvatlash - bu bolaning qiziqishlari, maqsadlari, imkoniyatlari va inson qadr-qimmatini saqlashga to‘sqinlik qiladigan to‘siq, muammolarni engish, o‘rganish, ishlash, muloqot va turmush tarzida ijobiy natijalarga erishish yo‘llarini birgalikda belgilash. Ijtimoiylashuvni pedagogik qo‘llab-quvvatlash ta’lim jarayonida, o‘quv muhiti imkoniyatlarini kengaytirib, o‘quvchilarning faoliyati, o‘zini o‘zi anglashi, muloqoti uchun qo‘shimcha vaziyat, imkoniyatlar yaratish orqali dars va sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi. Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimida pedagogning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar sanab o‘tiladi: Ijtimoiylashuv muammosiga urg‘u berish – tarbiyada pedagogik jarayonning barcha ishtirokchilari boshlang‘ich sinf o‘quvchisini individuallashtirish (kasbiy pedagogik faollik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi yaxlitligi tamoyilini amalga oshirish. Maktab pedagogik jamoasi, o‘quvchilarning ota-onalari yangi ta’lim texnologiyalari imkoniyatlari, jumladan, pedagogik qo‘llab-quvvatlash texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi. Ota-onalarning ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish. Ota-onalarga pedagoglar va bolalar bilan o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan u yoki bu qiyinchiliklar, shuningdek ushbu yo‘nalishdagi tarbiyaviy ishlarda amaliy yordam ko‘rsatish. Pedagogik jarayon ishtirokchilari o‘rtasida pedagogik faoliyat natijalariga nisbatan yagona talabni shakllantirish maqsadida samarali o‘zaro hamkorlikka asoslangan munosabatlarni o‘rnatish. Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi ishtirokchilarining e’tirof etilayotgan shaklini qurish uchun maktab psixologik xizmati faoliyatini ilmiy asosda to‘g‘ri https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 8 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 tashkil qilish zarur. Bu masalani hal qilish maqsadida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari rivojlanishi va ijtimoiylashuviga tayyorligini aniqlashning asosiy pedagogik va psixologik xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz: Kichik maktab o‘quvchilari yoshi bilish jarayonlari intinsiv rivojlanishi hamda sifat o‘zgarishlarining muhim davri sanaladi, ular bevosita ongli va erkin xarakter kasb etadi. Bolaning muntazam ta’lim jarayoniga kirishishi natijasida uning diqqatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning irodaviy diqqati jadal sur’atlarda rivojlana boradi va bu uning o‘z-o‘zini nazorat qilish va tartibga solish ko‘nikmalarining rivojlanishiga olib keladi. O‘quv faoliyati bolaning xotirasiga nisbatan yuqori talablarni qo‘ya boshlaydi. Ta’lim jarayoni bola oldiga o‘zida mavjud turli xotira imkoniyatlarini ishga solish, tinimsiz mashq qildirish zaruratini keltirib chiqaradi. O‘quv materiallaridagi aloqa va munosabatlarning mazmuni tahlillari o‘quvchi xotirasining tezligi va sermahsulligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday tahlil asosidagi yodlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv jarayonini intensiv ravishda shakllanadigan “yaxshi xotira”ning asosini tashkil qiladi. Pedagogik qo‘llab-quvvatlashning asosiy vazifasi o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishiga yordam berish, uning o‘ziga xosligini tan olish, mavjud va potentsial imkoniyatlarini ochib berish va qo‘llab-quvvatlash, ularni imkon qadar amalga oshirish uchun sharoit yaratishdir. Bunday ishni har bir bolaga nisbatan amalga oshirish, o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, shu bilan birga, iqtidorli bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash muammosini alohida ta’kidlash kerak. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ahloqiy va xulq atvor hislatlarini shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqоlada Kichik maktab yoshidagi bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilishning maqsad va vazifalariga tо‘xtalib о‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqоlada Kichik maktab yoshidagi bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilishning maqsad va vazifalariga tо‘xtalib о‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: kichik maktab yоshi, o‘quv faoliyati., ijtimoiylashuv, pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники