Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHUKUR XOLMIRZAYEVNING "O'N SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR" ASARINING TAHLILI
Ochilova Marjona Olimjon qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada adib Shukur Xolmirzayevning "O'n sakkizga kirmagan kim bor? " qissasidagi qahramonlar ma'naviyati, dunyoqarashi va davrning ijtimoiy masalalari va muammolari qay tarzda tasvirga olinganligi haqida fikr yuritiladi. Yozuvchi qissalarida o‘zbekka xos belgilar qanday aks ettirilgani,bbunda qanday badiiy-estetik tamoyilga tayanilganligi haqida ma`lumot berilgan. Qissaning bugungi kun yoshlar tarbiyasida tutgan o`rni va kitobxonlik masalasi qissa qahramonlarining ma'naviyatiga ne chog'li ta'sir ko'rsatgani ko'rib chiqilgan. Kalit so`zlar: Muhabbat, oqibat, adashish va qismat. Sangardak, Yetim tog`, Farhod tog`i, Ketmon chopti. Bu dunyoda insonning nomi to`rt narsada abadiy qoladi, bular yozilgan kitoblarida, qurilgan imoratlarida, ekilgan daraxtlarida hamda komil farzandlarni tarbiyalashda. Shukur Xolmirzayev ana shunday insonlardan biri edi. Bugungi adabiyotni Shukur Xolmirzayevsiz tassavur qilib bo`lmaydi. Shukur Xolmirzayev o`zbek adabiyotimizda tamomila yangicha maktab qurdi. Bu yangicha maktabni u o`zicha yaratgani yo`q, u dunyo adabiyotini ikir-chikirigacha o`rgandi, izlandi va chuqur izlanishlar natijasida yangicha bir maktabni barpo etdi va bu maktab proza adabiyotida chuqur bir tarix bo`lib muxrlanib qoldi. Prozani bir qarashda A.Qodiriydan o`rgansakda, bir qarashda Shukur Xolmirzayevdan o`rganish kerak. XX asr o'zbek hikoyachiligi an'analarini Shukur Xolmirzayev shu asrning so'nggi https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 0 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 choragida yanada boyitdi. O'zbek hikoyachiligini yangi bosqichga ko'targan uning qator asarlari bu janrning keng miqyosdagi manaman degan namunalari bilan haqli ravishda bo'ylasha oldi. Shukur Xolmirzayevning hikoyalari oddiy dardning ulug`vor ko`rinishlaridir. Adibning aksar qahramonlari oddiy kun kechirayotgan, bir qarashda, Vatanga, millatga, umuminsoniyatga daxli yo`q odamlardir. Ammo yozuvchining nigohi shu darajada o`qdirki, u ana shu daxlsizlik ortida yotgan millatga, Vatanga, bani basharga daxldor dardlarni ko`ra biladi, tasvirlay oladi, ko`rsatib bera oladi. Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq nasihatgo'ylik, shablon iboralarni deyarli uchratmaysiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi. Asar kompozitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar topishga urinadi. Bu borada tajribalar o'tkazishdan cho'chimaydi va ko'pincha, muvaffaqiyatlarga erishadi. O'zbek kishisi orzu-armonlarining, aksar hollarda, yashirin iztiroblarining yoritilmagan qirralarini, ruhiyatidagi evrilishlarni qalamga oladi. Bu qahramonlar o'zga yozuvchilarning qahramonlariga o'xshamagan: goh do'lvor, goh to'pori, goh dag'al va chapani, goh kichkinagina bir muhit vakili. Lekin barchasining ichki dunyosi o'ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e'tiqodidan qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan jonli va hayotiy kishilardir. Bu qahramonlar o'zligini, millatini, yurt tuprog'i-yu udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo'yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. Ular tashqaridan emas, ko'pincha, ichdan jozibali, istarali, mehrtortar bo'ladi. Shukur Xolmirzayev hikoyalari hayotda, inson qalbida yechilmay yotgan muammolarning badiiy tahliliga qaratiladi. Yozuvchi qahramonlari asar g'oyasini, badiiy topilmalarni kitobxon og'ziga chaynab solmaydi. Noshud, hayotda to'g'ri yo'l topolmagan, beo‘xshov yoki razil qahramonlarini asar nihoyasiga borib tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni o'zining https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 1 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 badiiy niyati amalga oshirilgan darajada hayotdagiday qoldirib, kitobxon hukmiga havola etadi. Yuksak badiiy asar haqqoniy hayot aksidir. Shuning uchun ham o`quvchi o`zini topadi, o`zining aksini ko`radi, hayajonlanadi, quvonadi, yig`laydi, iztirobga tushadi. Bir so`z bilan aytganda, asar qahramonlari bilan yashaydi. Shukur Xolmirzayevning ,,O'n sakkizga kirmagan kim bor» qissasi o`quvchi qalbiga ana shu tazda kirib boradi. Uning bu qissasi yigirma besh yoshli yozuvchiga o'zbek kitobxonlari orasida shuhrat keltirdi. Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga intilish va yoshlar xarakterining chiniqishi muammolariga bag'ishlangan bu qissa, mana, deyarli qirq yildan buyon, yoshlar tomonidan sevib o'qiladi. Bunday masalalarga bag'ishlangan asarlar o'zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham oz emas. Lekin ,,O'n sakkizga kirmagan kim bor» qissasi ulardan nainki sujet, qahramonlarning qismat-taqdiri, balki ularning o'ziga xos tarzda tepib turgan yuragidan taralayotgan nurning yozuvchi qalami ostida xuddi muhabbatning o'zidek samimiy ohanglarda jaranglashi jihatidan diqqatni tortadi. Garchi qissaning sarlavhasi asarning sevgi, muhabbat haqida ekaniga ochiq ishora qilgan bo`lsada, ammo qissaning dastlabki voqealarida ikki ko`ngli yarim bolalarning kechinmalari haqida so`z yuritilgani o`quvchini o`yga to`ldiradi. Yozuvchi qissada urushning insonlar taqdirida qoldirgan og`riqli iz
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada adib Shukur Xolmirzayevning "O'n sakkizga kirmagan kim bor?»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada adib Shukur Xolmirzayevning "O'n sakkizga kirmagan kim bor? Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yetim tog`, Kalit so`zlar: Muhabbat, adashish va qismat. Sangardak, Ketmon chopti., Farhod tog`i, oqibat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025