Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALIZATSIYA JARAYONINING SAN’AT VA BADIIY ADABIYOT VOSITASIDA MILLIY QADRIYATLARGA TRANSFORMATIV TA’SIRI
TRANSFORMATIV TA’SIRI · Xoliqulov M.Q. (O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi) · Jumanov H.N. (O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi,)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining san’at, badiiy adabiyot, milliy ma’naviyat va qadriyatlar shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. O‘zbek milliy ma’naviyatining tarixiy rivojlanishi, turli davrlarda boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro ta’siri, shuningdek, globallashuvning transformatsiyalashuvi milliy an’analar va qadriyatlarning boyishi va o‘zgarishiga olib kelishi, uning ijobiy hamda salbiy oqibatlari to‘g‘risida ijtimoiy- falsafiy muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: globallashuv, milliy ma’naviyat, madaniy integratsiya, san’at, badiiy adabiyot, milliy qadriyatlar, til taraqqiyoti, teatr san’ati, ilm-fan, o‘zaro ta’sir, tarixiy meros, zamonaviylik. Globalizatsiya zamonaviy dunyoning eng muhim jarayonlaridan biri bo‘lib, u iqtisodiyot, siyosat, fan, san’at va adabiyot kabi sohalarga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu jarayon milliy madaniyat va qadriyatlarning shakllanishida kotolizator vazifasini o‘tamoqda. Ayniqsa, san’at va badiiy adabiyot globalizatsiya ta’sirida turli o‘zgarishlarga uchrab, milliy ma’naviyat va identifikatsiyani https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 3 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 boyitishda vosita sifatida xizmat qilmoqda. Globalizatsiyaning san’at va badiiy adabiyot vositasida milliy qadriyatlarga transformativ ta’siri oshib bormoqda. Dunyoda kechayotgan globallashuvning kechish qonuniyatlari XXI asrga kelib o‘zining misli ko‘rilmagan cho‘qqisiga ko‘tarilgani, jahon siyosiy sahnida joy olgan davlatlarda birlamchi ko‘zga tasshlanayotganligini kuzatish mumkin. Yurtimizda globallashuvning transformatsiyalashuv jarayoni jadal rivojlanar ekan, ma’naviyatimizga, qadriyatlarimizga yod zararli unsurlarning kirib kelishi, uning jamiyat strukturasiga salbiy ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bu orqali, yoshlarning dunyoarashi shaklanish jarayonida milliy qadriyatlar va umumbashariy ma’naviyat orqali tarbiyalashga oid davlat siyosati amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”1gi Qonuni, Prezidentning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”2gi Farmonining V. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, deb nomlangaan bobida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish mexanizmlarni ishlab chiqish hamda amalga ochirish usul va vositalari keltirilgan3. Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari ma’naviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o‘rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma’naviyat cho‘qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Milliy ma’naviyatlar o‘zaro ta’sir jarayonida rivojlanadi. Har qanday xalq ma’naviyati rivojiga nazar tashlansa, uning bashqa xalqlar udum va an’analarini qanchalik o‘zlashtirib va rivojlantirib borganini ko‘rish mumkin. O‘zbek milliy ma’naviyati ham uzoq va yaqingi qo‘shnilarning ilg‘or 1 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son. [https://lex.uz/docs/-3026246] 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. [https://lex.uz/uz/docs/- 5841063#-5844411] 3 Mirziyoyev Sh. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T:. “O’zbekiston” nashriyoti. 2022-yil. –B.247-279. https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 4 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 an’analarini o‘zlashtirish natijasida boyib bordi. Ma’naviyatimizning rivojlanish tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin. XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniyati va ma’naviyati hamda uning asr oxiridagi holati o‘rtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san’at, fan, hatto oddiy yurish - turish va kiyim - kechak, turmush sohalarida ham kuzatish mumkin. XX asr boshida o‘zbek adabiyotida dramaturgiya janri hali shakllanmagan edi. Demak, milliy teatr san’ati to‘g‘risida so‘z ham yuritish mumkin emas edi. Keyinchalik hayotimizga sarhadning biz uchun yangi janrlari: opera, balet, simfonik musiqa kabilar kirib keldi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat singari ma’rifatparvarlarning sa’y - harakatlari tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va keyinroq teatr san’ti vujudga keldi. O‘sha paytlarda teatr san’atini o‘zbek millati uchun yod begona g‘oya deb e’lon qilganlar oz emas edi. Dramaturgiya va teatrni rad qilish faqat dahanaki tanqid bilan chegaralanmagan. San’atning bu turini O‘zbekistonga olib kirishga harakat qilayotgan insonlarni mazah qilish, hatto sazoyi qilish o‘zlarini milliy ma’naviyat himoyachilari, deguchilar tomonidan amalga oshirilgan edi4. Hamma narsa uchun oliy hakam hisoblanadigan vaqt esa, teatr san’ati milliy ruhiyatimiz va ma’naviyatimizga yod, deguchilarning o‘zlari milliy ma’naviyat rivojiga g‘ov bo‘lganini. Hozirgi kunda har million kishiga hisoblaganda teatrlar soni bo‘yicha ko‘rsatdi. O‘zbekiston dunyodagi eng ilg‘or o‘rinlardan birini egallaydi va teatr milliy ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylangan. Globallashuv jarayoni milliy tillarga ham ijobiy ta’sir qiladi. Uning ta’sirida milliy tillar boyiydi. Milliy tilda ilg‘or fan, tex
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada globallashuv jarayonining san’at, badiiy adabiyot, milliy ma’naviyat va qadriyatlar shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada globallashuv jarayonining san’at, badiiy adabiyot, milliy ma’naviyat va qadriyatlar shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zamonaviylik., tarixiy meros, milliy ma’naviyat, badiiy adabiyot, Kalit so‘zlar: globallashuv, madaniy integratsiya, milliy qadriyatlar, teatr san’ati, til taraqqiyoti, ilm-fan, o‘zaro ta’sir, san’at
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025