Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XXI ASR TALABI – KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH
Iqboloy Ummatova
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В рамках данной статьи автором были освещены понятие и сущность кибербезопасности, законодательные акты страны по кибербезопасности. Также анализируется состояние кибербезопасности на основе статистических данных и освещаются основные причины киберпреступлений в стране и меры по их предотвращению. Ключевые слова. Кибер, кибербезопасность, взлом, информационные коммуникации, киберпреступность, цифровая гигиена. Annotation. Within the framework of this article, the author covered the concept of cyber security and its essence, legislative acts in the country on cyber security. In addition, the state of cyber security was analyzed based on statistics and covered the main causes of cybercrime in the country and measures to prevent them. Keywords. Cybersecurity, hacking attack, Information Communication, cybercrime, digital hygiene. https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 4 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 Axborotlashgan hozirgi zamonaviy dunyomizni turli xildagi gatjetlarsiz va internet aloqalarisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Zamonaviy axborot texnalogiyalari, elektron xizmatlar hayotimiz ajralmas qismiga tobora aylanib bormoqda. Bularning barchasi insoniyat hayotini birmuncha osonlashtirayotgani rost. So‘nggi vaqtlarda “kiberxavfsizlik” tushunchasi juda ko‘p ishlatilmoqda. Ammo bu tushunchaning nimaligi haqida ko‘pchilik aholimizda aniq fikrlar mavjud emas. Birinchi navbatda mazkur tushunchani ta’riflab o‘tishimiz maqsadga muvofiq. “Kiber” atamasi odatda kompyuterlar, axborot texnologiyalari yoki internet bilan bog’liq narsalarni anglatadi. Buni yaxshiroq tushunish uchun uni kompyuterlar va internetga tegishli maxsus so’z sifatida tasavvur qilish maqsadga muvofiq. Xavfsizlik – bu xavf yoki tahdiddan xoli bo’lish va xavfsiz bo’lish holatini anglatadi. Shunday qilib, agar ikkita so’zni birlashtirsak, “kiberxavfsizlik” kompyuterlarni, tarmoqlarni va internetga ulangan har qanday qurilmani har qanday xavf yoki tahdiddan xavfsiz saqlashni anglatadi. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force (CSEC2017 JTF) kibyerxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: kiberxavfsizlik – hisoblashga asoslangan bilim sohasi bo‘lib, buzg‘unchilar mavjud bo‘lgan sharoitda amallarni kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va jarayonni mujassamlashtirgan. Bugungi kunda kiberxavfsizlikni ta’minlash xalqaro tusdagi asosiy vazifalardan biri hisoblannadi. Kiberxavfsizlikning ta’minlanmasligi katta hajmdagi axborotlarning xavf ostida qolishini ya’ni kiberjinoyat qurboniga aylanishini anglatadi. Shu o'rinda «Kiberjinoyatchilik» tushunchasiga kelsak, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi. Bugungi kunda https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 5 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 aholimiz orasida kiberxavfsizlik bo‘yicha huquqiy ongning yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli kiberjinoyat qurbonlari ko‘paymoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili. Mazkur munosabat yangi kirib kelganligi bois mamlakatimizda uni huquqiy jihatdan tartibga solish talab etildi. Shuning uchun 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining ,,Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi” qonuni qabul qilindi. Qonunga binoan, Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi.1 Mazkur qonunda binoan kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy prinsiplar – qonuniylik, shaxs va davlat manfaatlarini himoya qilish, sohaga yagona yondashuv, tizimni yaratishda (davlat xaridlarida) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ustuvorlik berish, xalqaro hamkorlik uchun ochiqlik hisoblanadi. Shuningdek, 22.09.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash darajasini baholash tartibini belgiladi. Ushbu hujjatga muvofiq kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini, shuningdek texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. "Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasi nomi bilan 14.09.2019 yildagi PQ-4452-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni 1 O‘zbeki
Доказательный фрагмент
«В рамках данной статьи автором были освещены понятие и сущность кибербезопасности, законодательные акты страны по кибербезопасности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ рамках данной статьи автором были освещены понятие и сущность кибербезопасности, законодательные акты страны по кибербезопасности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cybersecurity, hacking attack, Information Communication, информационные коммуникации, киберпреступность, digital hygiene., kiberjinoyat, цифровая гигиена., axborot-kommunikatsiya, xakerlik hujumi, kiberxavfsizlik, Keywords. Cybersecurity, взлом, кибербезопасность, cybercrime, raqamli gigiyena., Ключевые слова. Кибер, Kalit so‘zlar. Kiber
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014