Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHINGIZ AYTMATOVNING “KASSANDRA TAMG’ASI” ASARI TAHLILI
Quqonboyeva Moxlaroyim Elmurodjon qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 1928
Аннотация
Chingiz Aytmatov o‘zining takrorlanmas iste’dodi, o‘ziga xos yo‘nalishi hamda beqiyos ijod namunalari bilan butun jahonda e’tirof etilgan yozuvchilar qatoriga kiradi. Uning har bir yaratgan asari alohida bir olam. Shunday asarlaridan biri “Kassandra tamg‘asi” asari bo‘lib, quyidagi maqolada ushbu asar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: adabiyot, ilmiy fantaziya, falsafiy, Filofey, qizil dog‘, insoniylik. XX asrning buyuk donishmandlaridan deya ta’riflangan, betakror adib Chingiz Aytmatov 1928-yil Qirg‘izistonda tavvallud topgan. Hozirgi kunning ko‘pdan- ko‘p taniqli adabiyotshunos olimlari uni L.N.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, Folkner kabi jahon adabiyotining yirik namoyandalari qatoriga qo‘yadilar. Adib o’z hayoti davomida ibratli faoliyat yuritdi. Yoshligidan ilm oshnosi bo’lgan adib ijod bilan birgalikda ta’lim olishga ham alohida e’tibor qaratdi. Oliy o’quv yurtini tamomlab, ijod bilan yanada jiddiy shug’ullana boshladi. Ijodkor sifatida haqiqy san’at asarlarini yaratib, butun dunyoni lol qoldira oldi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Adib ijodini o’rganar ekansiz, bir-birini takrorlamas, har biri yangi bir olam bo’lgan, insonning qalbiga kirib borib, hatto ba’zida, chuqur mulohaza qilishga majbur etadigan oltindek zanglamas asarlar yozib qoldirganining guvohi bo‘lasiz. Shunday nodir asarlardan biri bu “Kassandra tamg‘asi” (“Oxirzamon nishonalari”) asari hisoblanadi. Mazkur asar ilmiy fantaziya sanalib, Chingiz Aytmatovning https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 5 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 butun borliqda kechayotgan xunrezliklar, insoniyatning tobora tubanlashib borayotgani, butun sayyorani halokatga olib boruvchi shafqatsizliklar hamda haqidagi chuqur mushohadaga asoslangan o’ylari mahsuli hisoblanadi. Asar falsafiy roman bo‘lib bir marta o’qish bilan uning mohiyatini anglash biroz murakkabdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asarni shunchaki o’qib bo’lmaydi. Avval boshida qiziq tuyilmagan, bir qarashda zerikarlidek ko’ringan asar mutolaa davomida sizni o’ziga bog’lab qo’yadi. Agar kimdir asarning bir qismini o’qib, so’ngra zerikib uni yopib qo’ysa, bu asarning kamchiligidan emas, balki o’sha insonning faqat yuzaki xulosalar qiluvchi, narsa va hodisalarning tag ma’nosi haqida fikr yuritib ko’ra olmaydigan, ma’naviy dunyoqarashi tor shaxs ekanligidan dalolat beradi. Negaki, ushbu asardagi har bir fikr sizni o’ylab mag’zini chaqishga da’vat qiladi. Romanning asosiy qahramoni rohib Filofey bo’lib, Chingiz Aytmatovning qarashlari mana shu obraz tomonidan aytiladi. Uning kosmosdan turib jo’natgan nomasi insoniyatni larzaga soladi. Sababi, u bu nomada o’zining inson aqli bovar qilmas kashfiyoti haqida yozadi. Uning kashfiyoti shundan iborat ediki, u embrion faoliyatini o’rganish borasida ayollarning homiladorlik paytida yuziga chiqadigan dog’ning sababini aniqlaydi. Uning fikriga ko’ra, bu qizil dog’ dunyoga kelishni istamayotgan bolaning ota-onasiga, qaysidir ma’noda butun insoniyatga jo’natgan signali ekan. Shu sababli Filofey o’z izlanishlari orqali bu dog’ni yanada bildirib ko’rsatish yo’lini taklif etadi, bu orqali barcha odamlar embrionning kelajakda qanday inson bo’lishi, achchiq taqdiri, nafaqat o’zi, balki boshqalarga ham yetkazishi mumkin bo’lgan zararlaridan boxabar bo’lishadi. Bo’lajak fojialarning oldini olish uchun esa bunday farzandlardan voz kechish, ya’ni, abort qilish lozim bo’ladi. Asar davomida bu kashfiyot nega kerak va dolzarbligi ko’plab misollar bilan tushuntirib beriladi. Dunyoning turli burchaklarida bo’lgan va bo’layotgan nohaqliklar va falokatlarning o’quvchi ko’z oldiga keltirilishi asarning badiiy ta’sirini oshirib, asar mohiyatini yanada yaqqolroq ochib berishga yordam beradi. Odatda, biror badiiy asarni o’qib, inson https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 6 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 qalbi orom oladi, o’zgacha bir zavqnni his qiladi. Biroq, bu asarni o’qigan insonning qalbida allaqanday hislar tug’yon ura boshlaydi. Hattoki, hech kimsiz qolib o’zi yolg’iz qolgan holda tafakkurga sho’ng’iydi. Asarni tugatgan onimda hazrat Navoiyning mazkur bayti xayolimga keldi: Odami ersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami Chizgiz Aytmatovning boshqa asarlari menda asarda ko’tarilgan ma’lum mavzu haqida fikr yuritib o’ylantirgan bo’lsa, “Kassandra tamg’asi” esa men uchun Chingiz Aytmatov shaxsini yangidan kashf etishga imkon berdi. Nega deganda, faqat o’zining halovatini emas, balki butun insoniyatning g’ami bilan yashagan, ular uchun qayg’urgan insongina mana shunday asar yoza oladi. “Qalbdan chiqqani qalbga boradi”, deganlaridek, yozuvchining o’z qalbida mana shunday insonparvarlik jo’sh urmaganda bu asar millionlab qalblarning yuragiga kirib bormas edi. Kasallikni davolashdan ko’ra, oldini olish yaxshi, albatta. Darhaqiqat, dunyo tarixida qonli yozuvlar bilan muxrlanib qolgan yovuz insonlar bo’lmaganida, balki milliardlarni yig’latgan urushlar bo’lmasmidi yoki sayyoramiz ekologik jihatdan mana shunday og;ir holga kelib qolmasmidi? Lekin masalaning boshqa tarafi ham bor. Umuman olganda, yomonliklar,
Доказательный фрагмент
«Chingiz Aytmatov o‘zining takrorlanmas iste’dodi, o‘ziga xos yo‘nalishi hamda beqiyos ijod namunalari bilan butun jahonda e’tirof etilgan yozuvchilar qatoriga kiradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюChingiz Aytmatov o‘zining takrorlanmas iste’dodi, o‘ziga xos yo‘nalishi hamda beqiyos ijod namunalari bilan butun jahonda e’tirof etilgan yozuvchilar qatoriga kiradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insoniylik., Filofey, ilmiy fantaziya, Kalit so‘zlar: adabiyot, qizil dog‘, falsafiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024