К содержанию
РецензированоUZ2025

CROCUS SATIVUS NING BIOKIMYOVIY VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

A.N.Zulfikorov.

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

In this article, the distribution areas of the saffron plant and the climate adaptation of the species in each distribution area, and the change in medicinal properties are highlighted. Also, information about the saffron plant, its systematic place, and alleged diseases were disclosed. Key words: saffron flower, saffron oil, zotiljam, liquor, crocetin, kaempferol, shafranal. Annotatsiya: Ushbu maqolada za’faron o’simligining tarqalish maydonlari va har bir tarqalgan hududdagi turlarning iqlimga moslanishi, dorivorlik xususiyatlarining o’zgarishi yoritilgan. Shuningdek, za’faron o’simligi, uning sistematik o’rni, da’vo bo’lgan kasalliklari haqida ma’lumotlar ochiqlangan. Kalit so’zlar: za’faron guli, za’faron yog’i, zotiljam, likyor,krosetin, kempferol,shafranal. Qadimda insonlar dasturxoni bezagi, ziravorlar sultoni, bir urug’palli o’simliklar sinfi Gulsafsardoshlar Iridaceae oilasi vakili bo’lgan beqiyos hidga va ta’mga ega bo’lgan za’faron o’simligi O’rta yer dengizining noma’lum turidan kelib chiqqan deb tahmin qilinadi. Zaʼfaron (Crocus sativus – lotin.) – sapsarguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 9 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa. Koʻsagi choʻziq, eni 6-7 mm. Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli. 90-100 ming dona zaʼfaron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Zaʼfaron gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyogʻ, likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir- upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda dori-darmon sifatida qoʻllaniladi. Zaʼfaron o‘simligi tibbiyotda onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning oxirgi bosqichida saraton o‘simtalariga qarshilik ko‘rsatadi va ularning hujayralari o‘sishini to‘xtatadi), qonni tozalashda (uni yangilaydi va tozalaydi, demak yurak qon tomir tizimini mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi), miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya to‘qimalarini o‘stiradi, xotirani yaxshilaydi), nevrozdan forig‘ qiladi, bosh og‘rig‘i va uyqusizlikdan xalos etadi, oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi, organizmni quvvatlaydi, ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, ko‘z to‘rpardasidagi illatlarni davolaydi, butun organizmni yoshartiradi. Za’faron – crocus sativus o’simligi uchta gomologik xromosomalar yig’indisini o’zida jamlaganligi (24 ta xromosoma) va har bir xromosoma to’plami o’ziga xos shaklga va hajmga ega ekanligi sababli uni urug’idan ko’paytirish imkoni mavjud emas. Za’faron piyozchalari orqali vegetativ usul orqali ko’paytiriladi. Juda erta asrlardan tabiblar za’faron o’simligini tinchlantiruvchi, og’riq qoldiruvchi vosita sifatida qo’llab kelganlar. Buyuk ajdodimiz Ibn Sino za’faron haqida: «…Burishtiruvchi va erituvchidir. Bunda burishtirish va yelimlar xususiyati bo‘lganidan yetiltiruvchi hamdir. Issiqligi mo’tadil bo‘lib, tiqilmalarni ochadi: Sasishni tuzatib, ichki a’zolarni kuchaytiradi. Za’faron ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg‘am ko‘chishini osonlashtiradi va nafas a’zolarini kuchli qiladi». Kundalik ovqat tarkibiga o’simlik https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 0 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 ziravoridan solish orqali aqliy faoliyatni faollashtirish, terlashni pasayishiga erishish, ishtahani yaxshilash, ovqat hazm qilishni yaxshilash va metabolizmni jadallashtirishga erishish mumkin. Muntazam ravishda za’faronli choydan ichib borish jigar va buyrakni tozalanishiga va ish faoliyatini yaxshilanishiga, jigar sohasidagi shishlarni qaytishiga ko’mak beradi. Hatto za’faron suvini asal bilan qo’shib tayyorlangan darmon yordamida buyrak va o’t qopidagi toshlarni erishiga ham guvoh bo’lishimiz mumkin. Za’faron o’simligidan tayyorlangan damlamani doimiy qabul qilish bosh og’riqlari, yurak va jigar sanchiqlarini kamayishiga va qolib ketishiga olib keladi. Organizmda serotonin garmoni ishlab chiqarilishini jadallashtirganligi sababli xursandchilik kayfiyatini hosil qiladi va yurak siqilishi, g’ashlikni ketkazadi. Stress holatidan chiqishga yordam beradi, miyadagi turli hayollar va qo’rquv, vasvasa holatlarini bosilishiga sabab bo’ladi. Za’faron tarkibida eng muhim biologik faol moddalardan krosetin va glikozid krosein mavjudligi sababli tezda so’riladi va miya, qontomirlar tiqinlarini ochadi, qotib qolgan qonlarni eritadi, natijada qon bosimi mo’tadillashadi, umumiy tana qon aylanishi yaxshilanadi, miyaga toza qon va kislorodning yetib borishi qulaylashadi. Za’faron tarkibida krotsin karatinoid krosetinning digentibiyoz efiri borligi sababli uni xushbo’yligi

Доказательный фрагмент

«In this article, the distribution areas of the saffron plant and the climate adaptation of the species in each distribution area, and the change in medicinal properties are highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the distribution areas of the saffron plant and the climate adaptation of the species in each distribution area, and the change in medicinal properties are highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
saffron flower, saffron oil, zotiljam, liquor, crocetin, kaempferol, shafranal., krosetin, kempferol, likyor, Key words: saffron flower, Kalit so’zlar: za’faron guli, za’faron yog’i
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники