Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIM PEDAGОGLARINING SALОMATLIK KОMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, METOD VA SHAKLLARI
KОMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI · METOD VA SHAKLLARI · Jumaniyazova Tupajon Alimovna · Tursunov Shixnazar Saparbayevich
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining salomatlik kompetensiyasini shakllantirish masalasi ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Pedagoglarning kasbiy faoliyatida jismoniy va psixologik farovonlikning ahamiyati, uni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metod va shakllar tahlil qilingan. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida pedagoglarning salomatlik kompetensiyasini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning samaradorligi baholangan. Kalit so‘zlar: salomatlik kompetensiyasi, psixologik omillar, motivatsiya, psixologik farovonlik, kasbiy charchash, sog‘lom turmush tarzi, psixologik treninglar, emotsional barqarorlik, kasbiy samaradorlik. Annotation. This article covers the issue of the formation of Health competence of Educators of higher educational institutions in a scientific and theoretical way. In the professional activities of educators, the importance of physical and psychological well-being, methods and forms aimed at its development were analyzed. Based on modern scientific research, the effectiveness of innovative approaches to the formation of Health competence of educators is evaluated. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 6 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 Keywords: health competence, psychological factors, motivation, psychological well-being, professional fatigue, healthy lifestyle, psychological training, emotional stability, professional efficiency. Kirish. Oliy ta’lim tizimida pedagoglarning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash muhim ijtimoiy va ilmiy masala hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim jarayonining yuqori sur’atda rivojlanishi, pedagogik faoliyatdagi dinamik o‘zgarishlar va stress omillarining ortib borishi o‘qituvchilarning jismoniy va psixologik holatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida salomatlik kompetensiyasini shakllantirishning mazmuni, metod va shakllarini chuqur tahlil qilish zarurdir. Antiq tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pedagoglarning sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tizimli yondashuv ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda bu konsepsiya yanada dolzarb bo‘lib, ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan yangicha metodlar asosida o‘rganilmoqda. Salomatlik kompetensiyasi pedagogning: - Jismoniy farovonligi – kasbiy faoliyat davomida sog‘lig‘ini saqlash va rivojlantirish qobiliyati, - Psixologik barqarorligi – stress, charchoq va psixo-emotsional yuklamalarni boshqarish ko‘nikmasi, - Ijtimoiy moslashuvchanligi – kasbiy faoliyatda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda salomatlik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini biopsixososial model asosida tahlil qilish mumkin (Engel, 1977). Ushbu modelga https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 7 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 ko‘ra, inson sog‘lig‘i biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Salomatlik kompetensiyasini rivojlantirish metodlari. Pedagoglarning sog‘lig‘ini mustahkamlashga xizmat qiluvchi metodlar uch asosiy guruhga bo‘linadi: Psixologik metodlar: - Stress menejment texnikalari – meditatsiya, autogen mashqlar, mindfulness yondashuvi. - Kognitiv-bihevioral terapiya elementlari – o‘z-o‘zini motivatsiyalash va psixologik barqarorlikni oshirish mashg‘ulotlari. - Professional refleksiya – pedagoglar o‘z faoliyati va hissiyotlarini baholash orqali psixologik holatini tahlil qiladi. Jismoniy metodlar: - Jismoniy faollik dasturlari – haftalik jismoniy mashqlar rejimi, yoga, aerobik mashg‘ulotlar. - Tibbiy-profilaktik choralar – to‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha yuklamalardan qochish, yillik tibbiy ko‘riklardan o‘tish. Pedagogik metodlar: - Kasbiy rivojlanish bo‘yicha treninglar – sog‘lom pedagogik muhit yaratish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari. - O‘zaro tajriba almashish – sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha ustoz-shogird tizimi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 8 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 - Raqamli texnologiyalardan foydalanish – onlayn psixologik maslahat tizimlari va sog‘liqni saqlash ilovalari. Salomatlik kompetensiyasini rivojlantirish shakllari. Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglarning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash bo‘yicha quyidagi tashkiliy shakllardan foydalanish mumkin: - Kasbiy rivojlanish markazlari – pedagoglar uchun maxsus psixologik va jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etish. - Sog‘lom turmush tarzi klublari – oliy ta’lim muassasalarida sport va dam olish mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish. • Onlayn maslahat tizimlari – pedagoglarga stressni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar beruvchi platformalar yaratish. Tadqiqot metodlari. Oliy ta’lim pedagoglarining salomatlik kompetensiyalarini shakllantirish masalasini o‘rganish uchun turli xil ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Ushbu metodlar tadqiqotning obektivligi va natijalarining ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Nazariy tadqiqot metodlari. Ushbu metodlar salomatlik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha mavjud ilmiy yondashuvl
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining salomatlik kompetensiyasini shakllantirish masalasi ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining salomatlik kompetensiyasini shakllantirish masalasi ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- health competence, psychological factors, motivation, emotsional barqarorlik, psixologik treninglar, professional fatigue, psixologik farovonlik, psychological training, professional efficiency., psixologik omillar, healthy lifestyle, Kalit so‘zlar: salomatlik kompetensiyasi, psychological well-being, emotional stability, motivatsiya, kasbiy charchash, kasbiy samaradorlik., sog‘lom turmush tarzi, Keywords: health competence
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025