РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
IJTIMOIY TARMOQLARNING BREND JOYLASHUVIGA TA’SIRI
QONUNCHILIGIDAGI AKS ETISHI · Omonkeldiyeva Sevara Odiljon qizi · Omonkeldiyeva Sevara Odiljon qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2026
Аннотация
Ushbu ishda Yevropa Ittifoqining elektron tijoratga oid asosiy direktivalari tahlil qilinib, Germaniya va Fransiya qonunchiligi bilan qiyosiy asosda o‘rganildi. “Consumer Rights”, “E-Commerce”, “Unfair Practices” va “Unfair Terms” direktivalari iste’molchilarni chalg‘ituvchi, bosim o‘tkazuvchi va adolatsiz amaliyotlardan huquqiy jihatdan himoya qilishga qaratilgan. Tahlil natijasida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish uchun masofaviy shartnomalarni huquqiy belgilash, 14 kunlik qaytarish huquqini joriy etish, axborot berish majburiyatini kuchaytirish va mustaqil nazorat organi tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: Elektron tijorat, iste’molchi huquqlari, Yevropa Ittifoqi direktivalari, shartnoma erkinligi, adolatsiz amaliyotlar, chalg‘ituvchi reklama, masofaviy savdo. LEGAL STANDARDS OF THE EUROPEAN UNİON İN ELECTRONİC COMMERCE AND THEİR REFLECTİON İN THE LEGİSLATİON OF GERMANY AND FRANCE Omonkeldiyeva Sevara Odiljon qizi Student of Tashkent State University of Law, Tashkent, Uzbekistan ANNOTATION This paper analyzes the main directives of the European Union in the field of electronic commerce, comparing them with the legislation of Germany and France. The directives on Consumer Rights, E-Commerce, Unfair Commercial Practices, and Unfair Contract Terms aim to provide legal protection for consumers against misleading, aggressive, and unfair business practices. Based on the analysis, proposals have been developed to improve the legislation of Uzbekistan, including the legal definition of distance contracts, the introduction of a 14-day return period, strengthening the obligation to provide information, and the establishment of an independent supervisory authority. Keywords: electronic commerce, consumer rights, European Union directives, freedom of contract, unfair practices, misleading advertising, distance selling. Germaniya va Fransiya Yevropaning huquqiy sohadagi ilg‘or davlatlari hisoblanib, elektron savdo va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasida mukammal va chuqur o‘ylab yaratilgan qonunchilik tizimiga ega. Bu ikki mamlakat kontinental huquq oilasiga kiradi va huquqiy normalarni, asosan, fuqarolik kodekslari asosida shakllantiradi. Ularning elektron tijoratdagi huquqiy tartibga solish uslubi Yevropa Ittifoqi qabul qilgan direktivalarga tayansa- da, har bir davlat ushbu direktivalarni o‘z milliy qonunchiligiga uyg‘unlashtirishda o‘zining tarixiy huquqiy rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini e’tiborga olgan. Germaniyada elektron tijorat bilan bog‘liq masalalar asosan Bürgerliches Gesetzbuch (BGB) – ya’ni Fuqarolik kodeksi orqali tartibga solinadi. Ushbu hujjatda masofaviy savdolar, onlayn shartnomalar, iste’molchiga oldindan axborot berish majburiyati, shuningdek, 95 shartnomani bekor qilish huquqi kabi asosiy huquqiy prinsiplar aniq belgilangan. Bundan tashqari, bu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi va iste’molchilar manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil tashkilotlar, masalan, Verbrauerzentrale (Iste’molchilar markazi) mavjud. Fransiyada esa bu soha Code de la consommation – Iste’molchilar kodeksi orqali tartibga solinadi. Mazkur kodeksda elektron savdoda ishtirok etayotgan tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, sotuvchining iste’molchiga axborot berish majburiyati, tovarni qaytarish va pulni undirib olish tartibi, shuningdek, firibgarliklarga qarshi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Fransiyada ham davlat tomonidan iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga mas’ul bo‘lgan maxsus organlar faoliyat yuritadi, jumladan, DGCCRF (Directiоn générale de la concurrence, de la consommation et de la répression des fraudes) – iste’molchilarni aldovdan himoya qiluvchi muhim davlat organi hisoblanadi. Germaniya va Fransiyaning mazkur sohadagi tajribasi elektron savdo doirasida iste’molchilarning manfaatlarini ishonchli huquqiy asosda himoya qilish va raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda namuna bo‘la oladi. Bu tajriba boshqa davlatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham amaliy ahamiyat kasb etadi va foydali huquqiy model bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Endilikda, Germaniya va Fransiyaning tajribasini chuqur tahlil qilgan holda, elektron tijorat sohasidagi rivojlanishlar va yangilanishlarni o‘rganish zarur. Bugungi global raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron savdo iste’molchilar bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi asosiy iqtisodiy aloqalarning muhim maydoniga aylangan. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda elektron tijoratni huquqiy tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini kafolatlash bo‘yicha keng ko‘lamli normativ-huquqiy mexanizmlar shakllangan. Germaniya va Fransiya esa, Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatlari sifatida, mazkur direktivalarni o‘z milliy huquqiy tizimlariga muvaffaqiyatli moslashtirib, iste’molchilarning huquqiy manfaatlarini ishonchli himoya qiluvchi samarali model yaratishga erishgan. Yevropa Ittifoqi direktivalari deganda, a’zo davlatlarga muayyan huquqiy natijaga erishish majburiyatini yuklovchi, biroq bu
Доказательный фрагмент
«Ushbu ishda Yevropa Ittifoqining elektron tijoratga oid asosiy direktivalari tahlil qilinib, Germaniya va Fransiya qonunchiligi bilan qiyosiy asosda o‘rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ishda Yevropa Ittifoqining elektron tijoratga oid asosiy direktivalari tahlil qilinib, Germaniya va Fransiya qonunchiligi bilan qiyosiy asosda o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- electronic commerce, consumer rights, European Union directives, freedom, iste’molchi ongida pozitsiyalash, marketing strategiyasi, brend joylashuvi, influencer marketing, Kalit so‘zlar: Brend, digital marketing, ijtimoiy savdo, vizual kontent, ijtimoiy tarmoqlar, raqobatbardoshlik.
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020