Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING ILMIY-MA’NAVIY MEROSINING YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDAGI PEDAGOGIK AHAMIYATI
PEDAGOGIK AHAMIYATI · Masharipova Unsunoy Madamin qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada buyuk dablat arbobi,tarixchi, geograf, Boburiylar saltanatining asoschisi, istedodli shoir va yengilmas sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li,uning bir qancha asarlarida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyalar mazmuni keng bayon etilgan. Kalit so‘zlar:Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, Hindiston, Boburiylar saltanati, “Risolayi aruz”. Istedodli shoir Zahiriddin Muhammad Bobur XV asrning oxirlari XVI asrning boshlarida yashab ijod qilgan buyuk mutafakkir, o‘zbek mumtoz adabiyoti rivoji ravnaqiga katta hissa qo‘shgan. Bobur yaratgan asarlari va qilgan ijodi orqali nafaqat sharq adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham o‘zining benazir o‘rniga ega shoirdir. Zahriddin Muhammad Bobur-o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, bobuyirlar sulolasi asoschisi, temuriy shoh bo‘lib,Amir Temurning avlodidan bo'lgan. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur otasi tomonidan Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo‘lsa,ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizr Xo‘jaxon naslidan va uning yettinchi avlodi edi.[2] https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 4 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 1483-1530-yillarda yashab o‘tgan Zahriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li inkor etib bo‘lmaydigan darajada jozibali va diqqatga sazovordir. Bu g‘oyat iste’dodli shaxs tarix rivojiga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay 47 yil yashab o‘tgan umri davomida va bu davr qisqa muddat bo‘lishiga qaramay adabiyot olamida o‘chmas iz qoldirgan. Muhtaram Prezidentimiz Shavķat Mirziyoyev ta’kidlagandek, “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqtai nazaridan u hamon yashayapti!” va yashashda davom etadi. Bobur Mirzoning yaratgan har bir asari o‘zida o‘zgacha ta’sir etuvchi ohangrabosi bordek go‘yo. Bu shuni anglatadiki, o‘ziga xos yo‘nalish, o‘ziga xos ma’no aks ettiruvchi bu asarlar Boburning cheksiz istedod egasi, cheksiz talant egasi akanligini yaqqol namoyon qiladi.Bobur shoir bo‘libgina qolmay jasur va qo‘rqmas sarkarda hamdir. Bobur juda erta otasidan judo bo‘lganligi sababli 12 yoshida taxtga otirishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin Boburning hayot yo‘lida tubdan o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaydi. Urush jang-u jadallar uning ruhiyatini, ko‘nglini cho‘ktirib qo‘ymaydi. Bobur shohlikni zimmasiga olib she’riyatni tashlab qo‘ymaydi. Har ikkala siyosatni baravariga olib boradi. She'riyat ilmida Alisher Navoiydan keyingi o‘rinda turuvchi shoir-Zahriddin Muhammad Bobur o'zining memuar asari “Boburnoma”si orqali nafaqat milliy adabiyotimiz balki jahon adabiyotida o‘zining ismini zarhal harflar bilan bitdi. Bu asar hozirda nodir namuna sifatida qadrlanib kelmoqda. Bu asar orqali Bobur butun dunyoga tanildi. Ushbu qomusiy asar 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Bobur va boburiylar sulolasiga oid manbalar jahonning 70dan ortiq muzeylarida saqlanmoqda. Zahriddin Muhammad Boburning ilm- ma’rifat haqidagi g‘oyalari, odob-axloq, yaxshilik, vafo, insonparvarlik, adolat haqidagi qarashlari, axloqiy-taэlimiy fikrlari hozirgi davrda ham yoshlar tarbiyasida ham ahamiyatlidir.[1] https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 5 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 Boburning koэpchilik asarlarida har bir daqiqa yurt sog‘inchi,vatandan yiroqda bo'lgan qalbning og‘riqlari, ko‘ngil kechinmalari aks etgan bo‘lsa, katta ko‘pchilik asarlarida to‘g‘riso‘zlilik, kamtarinlik, halollik, odillik va adolatlilik bilan yurtni boshqarish, insonlar kechinmalarini tushina olish va ularga nisbatan haq yo‘lda bo‘lish kabi hislatlarni singdiradi. Bu kabi ijobiy hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan inson har tomonlama yetuk va barkamol shaxs bo‘lib yetishishi mumkinligi ta’kidlangan. Shoir “Mubayyin” , “Xatti Boburiy”, “Harb ishi” kabi bir qancha durdona asarlar yozdi. Hozirda Parij kutubxonasida saqlanayotgan “Risolayi aruz” nomli asarining o‘zida aruzning 537 ta vazni haqida so‘z boradi va hassos shoir o‘z fikrlarini isbotlash maqsadida 70 dan ortiq ijodkorlarning asarlaridan namunalar keltiradi. Zahriddin Muhammad Boburning shoh-u shoirlik qatori fiqh ilmi, hozirgi zamon iborasi bilan aytganda huquqshunoslik bilan ham shug‘ullangani va bu mavzuda “Mubayyin” deb atalgan e’tiborli asarini yozgani ma’lum. Bobur Mirzo umrining so‘nggi yillarida, ya’ni 1521-yilda o‘g‘illari Humoyun Mirzo va Komron Mirzoga atab yozgan mazkur kitobi islom va fiqh asoslarini bayon etuvchi yirik asar bo‘lib, e’tiqod, salot (namoz), zakot, savm (ro‘za) va haj masalalariga bag‘ishlangan beshta qismdan iborat [1]. Bu asarida yosh yoki qari, katta yoki kichik inson bo‘lishidan qat’iy nazar har doim to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishi, yagona allohni dilida va tilida takrorlashi lozimligi, to‘g‘riso‘zlik va halollik insonni ko‘klarga ko‘tarishi, adolatlilik va insonparvarlik insoniy fazilat akanligi ta’kidlangan. Bobur ochiqko‘ngil, shirinsuxan va mard ulfat sifatida o‘z mulozi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada buyuk dablat arbobi,tarixchi, geograf, Boburiylar saltanatining asoschisi, istedodli shoir va yengilmas sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li,uning bir qancha asarlarida yoshlarning ma’naviy-ax…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada buyuk dablat arbobi,tarixchi, geograf, Boburiylar saltanatining asoschisi, istedodli shoir va yengilmas sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li,uning bir qancha asarlarida yoshlarning ma’naviy-ax… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Boburnoma”, “Mubayyin”, Hindiston, Boburiylar saltanati, Kalit so‘zlar:Zahiriddin Muhammad Bobur, “Xatti Boburiy”, “Risolayi aruz”.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025