К содержанию
РецензированоUZ2025

INTEGRATSIYA ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT VA MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISH

DARSLARINI TASHKIL ETISH · Sultanov Xaytboy Eraliyevich · Baynazarova Nilufar Xikmatullayevna · Giyasova Nilufar Barotbayevna

Лучшие интеллектуальные исследования · 202-215 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarda musiqa va tasviriy san’at o‘rtasidagi integratsiyalashuvga qaratilgan. Maqolada musiqa va tasviriy san’atning estetik tamoyillari, ularning badiiy mazmuni va san’atning turli sohalaridagi o‘zaro aloqalar keng yoritilgan. Musiqa va tasviriy san’at o‘rtasidagi badiiy uyg‘unlik, ularning ifoda vositalarining o‘zaro ta’siri va bir-birini to‘ldirish jarayonlari tahlil qilinadi. Musiqa va tasviriy san’atning o‘ziga xos badiiy va estetik imkoniyatlarini ochib berish orqali talabalarga amaliy mashg‘ulotlar jarayonida kreativ yondashuvlarni shakllantirish ko‘zda tutilgan. Kalit so‘zlar: Estetika, badiiy mazmun, kreativ yondashuv, integratsiya, ritm, rang. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.1 Musiqa va tasviriy san’atda ishlatiladigan ritm, rang, kompozitsiya va boshqa badiiy vositalar orqali estetik ta’sir yaratishning turli yo‘llari ko‘rsatiladi. Mashg‘ulotlarda talabalarga san’atning bu ikki sohasi o‘rtasidagi aloqani sezish va ularni uyg‘unlashtirishga qaratilgan amaliy misollar taqdim etiladi. Shuningdek, musiqaning va tasviriy san’atning badiiy mazmunini birlashtirishning kreativ usullari orqali san’atning estetik jihatlarini boyitish muhim. Musiqaning tuzilishi va uning badiiy mazmuni tasviriy san’atdagi kompozitsiya, rang va shakllar orqali to‘liq aks ettirilishi mumkin2. Musiqa va tasviriy san’at o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ritm, melodiya, garmoniya kabi musiqiy elementlar bilan rang, shakl, kompozitsiya kabi tasviriy san’at vositalarining uyg‘unlashuvi talabalarga badiiy va estetik mazmunni yaratishning yangi usullarini taqdim etadi. Musiqa va tasviriy san’atning badiiy mazmunini uyg‘unlashtirishda turli amaliy usullar, texnikalar va metodlar ishlab chiqiladi. Masalan, musiqa ritmining tasviriy san’atda rang va kompozitsiya bilan uyg‘unlashuvi, musiqaning emotsional va strukturaviy jihatlari tasviriy san’atga qanday ta’sir qilishini o‘rganish jarayoni keltiriladi. Shuningdek, musiqa va tasviriy san’atning o‘zaro integratsiyasi orqali badiiy ifoda vositalarining yangi shakllari yaratiladi, talabalarga bu usullarni qo‘llash imkoniyatlari beriladi. Musiqa va tasviriy san’atning bir-birini to‘ldiruvchi elementlari orqali talabalarda kreativ yondashuvni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlarda musiqa 1 26.05.2020 yildagi PF-6000-son Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o’rni ta’sirini yanada oshirish chora – tadbirlari to’g’risida O’bekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy ba’zasi. 2 Baxshiev, K. (2021). San'at va estetik tamoyillar: Tasviriy san'at va musiqa o‘rtasidagi integratsiya. Tashkent: San'at va madaniyat nashriyoti. https://scientific-jl.com/luch/ 2 6 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 va tasviriy san’atning uyg‘unlashuvi orqali estetik ta’sirlarni yaratish va yangi badiiy usullarni o‘rganishning samarali yo‘llari ko‘rsatiladi. Badiiy mazmun va estetik birlashuvning amaliy jihatlari, ular orqali talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar tavsiya etiladi. Dmitriy Kabalevskiy shunday yozadi: “Mana, Chaykovskiy musiqasi. Albatta, rus musiqasida tabiatga bag'ishlangan sahifalar undan oldin ham yangragan, ammo rus kompozitorlarining hech biri Chaykovskiy kabi rus manzarasining ohangini topa olmadi. Ayniqsa, yilning 12 oyiga bag‘ishlangan o’n ikki qismli “Fasllar” kompozitsiyasida o‘zining beqiyos soddaligi va birdek aql bovar qilmaydigan ichki manzarasi bilan hayratga soladi. Biz bu pyesani tinglagan fursat, ularni ko’ra olamiz”. Musiqa go‘yoki ranglangan asar bo‘lsa, tasviriy san’at notalardan iborat musiqadir.3 Musiqa va tasviriy san’at o‘rtasidagi estetik aloqalar Musiqadagi ritm tasviriy san’atda shakl va kompozitsiya bilan uyg‘unlashishi mumkin. Masalan, musiqadagi tezlik va ritmning ranglar, chizmalar va geometrik shakllar bilan bog‘lanishi, san’at asarining dinamikasini oshiradi. Mashg‘ulotlarda musiqaning ritmik tuzilmalari tasviriy san’atdagi kompozitsiyalarga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatish zarur. Musiqadagi melodiya tasviriy san’atda rang palitrasi bilan uyg‘unlashishi mumkin. Rangi va harakati o‘zgarib turadigan kompozitsiyalar, musiqadagi melodiya va garmoniyalarga ta’sir qilgan holda yaratilgan tasviriy san’at asarlarini ishlab chiqish amaliy mashg‘ulotlarda yaxshi misol bo‘lishi mumkin. Musiqa va tasviriy san’at o‘rtasidagi integratsiya o‘zida nafaqat estetik jihatni, balki didaktik va kreativ metodlarni ham mujassam etadi. Masalan, tasviriy san’atda musiqaning struktura ele

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarda musiqa va tasviriy san’at o‘rtasidagi integratsiyalashuvga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarda musiqa va tasviriy san’at o‘rtasidagi integratsiyalashuvga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rang., Kalit so‘zlar: Estetika, kreativ yondashuv, ritm, badiiy mazmun, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники