Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEXNOLOGIYA VA IJTIMOIY TARMOQLARNING FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI
ZARARLI JIHATLARI
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola texnologiya va ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy hayotdagi o'rnini, ularning foydali va zararli jihatlarini tahlil qiladi. Maqolada texnologiyalarning ta'lim, muloqot, axborot almashinuvi va biznes sohalaridagi ijobiy ta'siri, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning psixologik, ijtimoiy va axloqiy muammolarga olib kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlari ko'rib chiqiladi. Maqola texnologiya va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishning ahamiyatini ta'kidlaydi va ularning salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha tavsiyalar beradi. Kalit so'zlar: Texnologiya, ijtimoiy tarmoqlar, internet, axborot, muloqot, ta'lim, psixologiya, ijtimoiy muammolar, axloq. Annotatsiya: This article analyzes the role of technology and social networks in modern life, examining their beneficial and harmful aspects. The article discusses the positive impact of technology in education, communication, information exchange, and business, as well as the negative consequences of social networks that can lead to psychological, social, and ethical problems. The article emphasizes the importance of responsible use of technology and social networks and provides recommendations for minimizing their negative impact. Kalit so'zlar: Technology, social networks, internet, information, communication, education, psychology, social problems, ethics. https://scientific-jl.com/luch/ 7 6 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 Bugungi kunda texnologiya va internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar dunyo bilan aloqada bo'lish ,yangiliklardan xabardor bo'lish va o'z fikrlarini ifodalash uchun qulay maydonga aylandi. Biroq bu qulayliklar bilan birga , texnologiya noto'g'ri ishlatilganda turli muammolarga ham sabab bo'lishi mumkin. AXBOROT ALMASHINUVI VA TA'LIM Ijtimoiy tarmoqlar orqali foydalanuvchilar turli fanlar bo'yicha bilim olishlari ,dars materiallari va video darsliklar bilan tanishishlari mumkin.Masalan, ,,You Tube, Coursera ,Udemy, Ustoz Ai" kabi platformalar minglab bepul VA pullik kurslarni taqdim etadi. MULOQOT VA DO'STLIK Ijtimoiy tarmoqlar uzoqdagi do'stlar va oila a'zolari bilan bog'lanish uchun katta imkoniyat yaratadi . Misol tariqasida aytishim mumkin-ki , "Facebook va Instagram" orqali odamlar dunyoning istalgan nuqtasidan bir -biri bilan suhbatlashishlari mumkin. MARKETING VA BIZNES Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kichik bizneslar uchun ham muhim platformalar aylandi.Misol uchun, "Instagram" va "Tik Tok" orqali mahsulotlarni reklama qilish, mijozlar bilan muloqot o'rnatish mumkin . Ko'plab brendlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, o'z mijozlarini jalb qilishmoqda. Ayniqsa bu ,ayol VA yosh qizlar uchun katta imkoniyat .Chunki ko'plab qizlar o'z iste'dodlarini namoyon qilib, qo'l mehnati mahsulotlari (bujiteriya, kiyim-kechak, pishiriqlar) yoki xizmatlarini ijtimoiy tarmoqlarda namoyon qilish orqali mustaqil daromad topishlari mumkin. VAQTNI SAMARASIZ SARFLASH Ko'pchilik foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt o'tkazib,o'qish yoki ish bilan shug'ullanish o'rniga vaqti behuda ketmoqda.Olimlarning fikriga https://scientific-jl.com/luch/ 7 7 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 ko'ra , odamlar o'rtacha ikki-uch soatini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazadilar . Ijtimoiy tarmoqlardagi mukammal hayot tarzi ko'plab yoshlarning o'ziga bo'lgan ishonchini pasaytirishi mumkin. "Instagram"da faqat chiroyli suratlarni ko'rish natijasida ayrim insonlar o'zlarini boshqalar bilan solishtirib,tushkunlikka tushishlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda o'n olti-yigirma to'rt yoshdagi ayollar eng ko'p vaqt o'tkazsa, 55-64 yoshdagi erkaklar eng kam faollik ko'rsatmoqda.O'rtacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi yettita platformaga ulangan, ularning eng ommaboplari: "Whats App, Instagram va Facebook hisoblanadi.O'zbekiston aholisining 70% qismi internet foydalanuvchisi, 18,3% qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi. Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan bo'lsa-da, ulardan oqilona foydalanish kerak. Har bir inson ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda VAQTNI to'g'ri taqsimlashi shart. Texnologiya bizga xizmat qilishi kerak ,biz esa ularning quliga aylanmasligimiz lozim. Xulosa Texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylandi. Ular bizga katta imkoniyatlar yaratadi, ammo ulardan noto'g'ri foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun texnologiya va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishni o'rganishimiz, ularning salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rishimiz zarur. Ota-onalar, o'qituvchilar va jamiyatning barcha a'zolari yoshlarni texnologiya va ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanishga o'rgatishlari kerak. Adabiyotlar ro'yxati: 1. Karimov, I. A. (1996). O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: "O'zbekiston" 1 nashriyoti. 2. Castells, M. (2000). The Rise of the Network Society. Blackwell Publishers. https://scientific-jl.com/luch/ 7 8 Часть-40_ Том-2_ Март-2025
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola texnologiya va ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy hayotdagi o'rnini, ularning foydali va zararli jihatlarini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola texnologiya va ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy hayotdagi o'rnini, ularning foydali va zararli jihatlarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Texnologiya, ijtimoiy tarmoqlar, internet, axborot, muloqot, ethics., axloq., Kalit so'zlar: Technology, ijtimoiy muammolar, social networks, education, psychology, information, social problems, psixologiya, ta'lim, Kalit so'zlar: Texnologiya, communication
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025