К содержанию
РецензированоUZ2025

KITOBXONLIK TARG‘IBOTIDA NAVOIY ASARLARINING O‘RNI

Nilufar Xamidova · XIU o‘qituvchisi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Various cultural, educational, and intellectual events are being held to promote reading among students. In order to promote and encourage reading among students and their parents, educational events such as “Book Presentation”, “Literature Days”, “My Book is My Sun” have been organized in educational institutions, as well as “Three Books for One Child” campaigns with the participation of parents, as well as “The Best Reader” and “Book-Reading School” competitions have been organized. Key words: book, reading, library, school, Alisher Navoi's world of thought, source of knowledge and enlightenment. O‘tmish tariximizda kitobga yoshligidan mehr qo‘yib va undagi olam-olam sirli va mo‘jizali mazmunga ega fikrlardan bahramand bo‘lgan mashhur va ulug‘ zotlar o‘tganki, ularning tengi yo‘q qobiliyatiga, qilgan ishlariga, ko‘p qirrali https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 6 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 sermazmun ijodiy faoliyatiga qoyil qolasan kishi. Kitob va unga bo‘lgan samimiy munosabat, mutolaa madaniyati daho ijodkor Alisher Navoiy ijodida ayricha mehr va muhabbat bilan talqin etilgan mavzulardan biridir. Navoiy ilmiy, badiiy, tarixiy va didaktik asarlarida o‘z shaxsiy hayoti, ustozlari va zamondoshlari yoki badiiy qahramonlari vositasida bu boradagi fikrlarini izchil yoritadi. Alisher Navoiy tafakkur olami nihoyatda keng, go‘zal badiiy kashfiyotlari bilan chinakam adabiyot muhibini sehrlab qo‘yish maqomidagi qudrat sohibidir. Uning ayni maqomga noil bo‘lishida, shubhasizki, kitob bilan oshno bo‘lib, tunni kunlarga ulab, so‘z san’atining noyob namunalaridan bahra olganligi tayanch omil vazifani o‘tagan. Shu bois ulug‘ shoir o‘zining boy adabiy, ilmiy merosida kitobxonlikka mayli nihoyatda erta uyg‘onganligi va umri davomida shu mayl unga ruhiy-ma’naviy quvvat berib kelganligi bilan bog‘liq adabiy lavhalar-u mulohazalarga o‘rin ajratadi. Shu bilan bir qatorda, ulug‘ shoirning nazmiy badiiyat namunalariyu nasrda bitilgan asarlarida o‘rni bilan ilmga rag‘batning badiiylashtirilishi, tolibi ilm obraziga murojaat etilishi, ulug‘ shayxlar-u donishmandlar obrazining yaratilishi ham kuzatiladiki, bularning bari Navoiy nazdida kitobxonlikning inson ma’naviy kamolotida o‘rni nihoyatda muhimligiga ishoradir. Biz bu ishoralardan ayrimlarigagina murojaat etish bilan ularning ulug‘ shoir dunyoqarashiga ko‘ra ahamiyatlik darajasini muayyanlashtirishga harakat qilamiz. O‘ylaymizki, navoiyona tafakkur va taxayyul mahsullari bo‘lgan bu “ma’rifiy qurol”lar yoshlarimizning kitobxonlikka bo‘lgan rag‘batini oshirishga beminnat xizmat qiladi. Ulug‘ bobokalonimiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning turkiy va forsiyda bitgan o‘lmas asarlari, allomaning hayot yo‘li asrlar osha dunyo xalqlariga ibrat namunasi bo‘lib kelmoqda. Turkiy tillar, xususan, o‘zbek adabiy tilining mustahkam poydevorini yaratgan Alisher Navoiy buyuk alloma sifatida xalqimiz, millatimiz ma’naviyatining quyoshi sifatida asrlar osha nur sochib kelmoqda, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 7 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 Holbuki, “kitob”, “kitobxonlik”, “kutubxona” va “maktab” so‘zlarining o‘zagida bir maqsad – inson ma’naviyatini boyitish, uni ezgulikka chorlash, bir so‘z bilan aytganda chin odamiylikka yo‘g‘rilgan komil inson tarbiyasiga intilish, mukammallik kabi g‘oyalarni mujassamlashtirgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Kitob – tuganmas xazina, undan olingan bilimlarni inson umrining oxirigacha ham sarflay olmaydi. Har bir kishi uchun undan yaqin hamroh, do‘st va maslahatchi yo‘q. Shuning uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, muqaddas deb e’zozlaydi. Ayni paytda, muhtaram Prezidentimizning xalqimizni, ayniqsa, yosh avlodni kitob mutolaasiga, kitobxonlik madaniyatini oshirishga chorlovchi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komsiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlarining e’lon qilinishi yurtimizda kitobxonlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini anglatadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yoshlar tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni beqiyos. Kitobni sevadigan, doim kitob mutolaasi bilan mashg‘ul yoshlarda to‘g‘rigo‘ylik, halimlik, mulohazakorlik, adolatpeshalik, illatlarga murosasizlik, mantiqiy fikrlay olish fazilatlari ko‘rinib turadi. Shuning uchun yoshlarni ana shu fazilatlarni tarbiyalaydigan kitoblarni ko‘proq o‘qishga rag‘batlantirib borish, mutolaa jarayonining talablariga rioya etishga o‘rgatib borish lozim. Negaki, zarur ma’naviy ozuqa olish uchun yaxshi, tarbiyada foydasi tegadigan kitoblarni tanlay bilish ancha-muncha mas’uliyat talab qiladi. Yovuzlik, zulm-zo‘ravonlik, axloqsizlikni targ‘ib etadigan kitoblar ham bor. Missionerlik, ommaviy madaniyatni targ‘ib etadigan kitoblar ta’siridan yoshlarimizni asrash juda muhim htt

Доказательный фрагмент

«Various cultural, educational, and intellectual events are being held to promote reading among students.»

Образец извлечения

Демо-превью

Various cultural, educational, and intellectual events are being held to promote reading among students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
book, reading, library, school, Alisher Navoi's world of thought, kutubxona, maktab, Alisher Navoiy tafakkur olami, Kalit so‘zlar: kitob, Key words: book, source of knowledge and enlightenment., ilm-ma’rifat manbai., kitobxonlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники