Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUGUNGI KUNDA KUTUBXONALAR VA KITOB MUTOLAASIGA MUNOSABAT(MUAMMO VA YECHIMLAR)
Muhayyo Shomuradova · Ilmiy rahbar: Nilufar Xamidova · XIU o‘qituvchisi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
It is no secret to anyone today that the world can be conquered only through knowledge. And the only way to deeply master knowledge is to read books. A book is a person's best friend and advisor, his source of wisdom and knowledge. Since a book is a tool of thought, a key to a treasure, a source of thought, our people considered it valuable, prestigious, and sacred. Keywords: reading, level of reading, reading, reader and library, library fund. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongg-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 3 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratib, 2017-yil 13-yanvar hamda 2017-yil 13-sentyabr kuni “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi va kitobxonlikni targʻib etish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisidagi Qaror va farmoyishlari joylarda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tumanda kitob savdosiga ixtisoslashgan doʻkonlarni tashkil etish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyektlariga foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini tekin foydalanish uchun berilishini taʼminlash, ularning moddiy texnik bazasini shakllantirish, va eng asosiysi joylarda zamonaviy tipdagi kitob doʻkonlari tashkil etish koʻzda tutilgan. Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada oʻqish — bu, albatta, ideal uygʻunlikdir. Tarixga nazar solsak, ilk kutubxonalar taxminan eramizdan 2600- yillar avval paydo boʻlgan ekan. Ammo afsuski, u davrda maʼlumotlarning barchasini saqlab qoluvchi arxivlar mavjud boʻlmagan va bizgacha ular yetib kelmagan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, bilim va qobiliyatini roʻyobga chiqarishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Bu bejiz emas. Chunki, “Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish jarayonida yoshlar – xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi. Keng koʻlamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilgʻor kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan oʻgʻil-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi oʻrin tutadi” Mamlakatimiz rahbarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yaxshilash toʻgʻrisida kuyunib gapirayotganliklarida oʻziga xos chuqur falsafa bor. Eng avvalo, kitob insonni yerdan koʻkka koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini oshiruvchi buyuk, moʻjizakor kuchdir. Qolaversa, kitob insoniyatning tarixiy https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 4 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 xotirasi, oʻz maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin koʻrsatib berishga qodir mashʼala hisoblanadi. Zero, kitob irodani toblaydi, boshqaruv mahoratini oshiradi. Bugungi tezkor va zamonaviy sharoitda intellektual salohiyati yuksak kadrlarni tayyorlashda yoshlarning kitobga munosabatini yanada yaxshilash, jamiyatimiz uchun yetuk kadrlar tayyorlanadigan taʼlim maskanlarida mavjud kutubxonalar fondini eng yangi badiiy, ilmiy, sohaga doir, jumladan, davlat tilidagi kitoblar bilan muntazam ravishda boyitib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlar albatta bir kun kelib oʻz samarasini beradi albatta. Zotan, Prezidentimiz, “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi”. – Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda oʻzining intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda, – deb taʼkidlaydilar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”. “Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haq
Доказательный фрагмент
«It is no secret to anyone today that the world can be conquered only through knowledge.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is no secret to anyone today that the world can be conquered only through knowledge. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reading, level of reading, reading, reader and library, library, kutubxonalar fondi., Kalit so‘zlar: kitobxonlik, kitobxonlik darajasi, mutolaa, kitobxon va kutubxona, library fund., Keywords: reading
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026