Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KITOBXONLIK TARIXI XUSUSIDA
KITOBXONLIK TARIXI XUSUSIDA · Sunbula Qudratova · Ilmiy rahbar: Nilufar Xamidova · XIU o‘qituvchisi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2017
Аннотация
Reading books is of incomparable importance in forming such truly human qualities in a person, helping him find his place in life, become a true member of society, and broaden his worldview. After all, as our great ancestor, the sultan of the word, Alisher Navoi, emphasized, a book is a thankless teacher, the main source of knowledge and spiritual growth. Keywords: reading culture, level of reading, reading, reader and library. Kitob – insonning fikr doirasini kengaytirib, unga cheksiz maʼnaviy-ruhiy ozuqa beradi. Buyuk mutaffakir Abdurahmon Jomiy shunday degan: “Dunyoda kitobdan yoqimliroq doʻst, undan ortiq gʻamxoʻr yoʻq”. Mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish borasidagi ishlar ko‘lami sifat darajaga ko‘tarildi. Xususan, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 8 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks choratadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi №781-sonli qarori bilan 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi va boshqa qator hujjatlar soha rivoji uchun dasturul amal vazifasini o‘tamoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 14-dekabrdagi №781-sonli qarori bilan 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilgan: I bosqich – 2020–2021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; II bosqich – 2022–2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash; III bosqich – 2024–2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash kabi muhim mezonlar belgilangan. Shuningdek, aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab- quvvatlash, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish kabi dolzarb vazifalar ko‘zda tutilgan. Kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, “Eng yaxshi kitobxon hudud”, “Eng yaxshi kitobxon mahalla”, “Eng yaxshi kitobxon ta’lim muassasasi» kabi https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 9 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 reytinglarni joriy etish va boshqa muhim vazifalar belgilangan. Farzand tarbiyasidagi eng asosiy omillardan biri bu kitob mutolaasidir. “Kitob”, “kitobxonlik”, “kutubxona” so‘zlarining o‘zagi aslida arabchadan olingan va bir maqsadga, ya’ni inson ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi. Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ham bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo‘lish bilan belgilanadi. Yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo‘luvchi muhim odimdir. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o‘qib borish yoshlarning ongi o‘sishi, tafakkuri teranlashib, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishiga imkon beradi. Yana shuni alohida e’tirof etish kerakki, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bugungi kunda yoshlarni yanada qo‘llab quvvatlovchi muhim omil bo‘ldi. “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish” muhim dasturiamal bo‘lmoqda. Abu Rayhon Beruniyning qarashlarida “...insonga katta sharaf ko‘rsatilgan – unga aql-zakovat va kuch armug‘on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi uchun u yuksak ahloqli, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor...” – deya ta’kidlangan. Ma’rifat, ziyo, komillikka erishish avvalo mutolaa bilan, ilm-fan sirlarini puxta egallash bilan qo‘lga kiritiladi. Bu borada eng yaqin ko‘makchi kitobdir. Kitob insoniyat tomonidan yaratilgan betakror mo‘jizadir. Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilm
Доказательный фрагмент
«Reading books is of incomparable importance in forming such truly human qualities in a person, helping him find his place in life, become a true member of society, and broaden his worldview.»
Образец извлечения
Демо-превьюReading books is of incomparable importance in forming such truly human qualities in a person, helping him find his place in life, become a true member of society, and broaden his worldview. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reading culture, level of reading, reading, reader and library, Keywords: reading culture, kitobxonlik darajasi, mutolaa, Kalit so‘zlar: kitobxonlik madaniyati, reader and library., kitobxon va kutubxona.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025