К содержанию
РецензированоRU2025

KELAJAK PEDAGOGLARINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI KOMPETENSIYALAR VA PEDAGOGIK INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH

Berdiyorova Orzigul Qirjigit qizi · Nomozova Rayhona To‘lqin qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

На сегодняшний день система образования претерпевает быстрые изменения. Цифровые технологии, искусственный интеллект и интерактивные платформы преобразуют образовательный процесс. Эти новые технологии изменяют не только способ усвоения знаний учащимися, но и предоставляют учителям возможность обновить свои педагогические методы. Внедрение цифровых компетенций и педагогических инноваций в подготовку будущих педагогов помогает сделать образование более эффективным, персонализированным и интерактивным. В данной статье рассматриваются роль, значимость и перспективы развития цифровых компетенций и внедрения педагогических инноваций в системе образования. Ключевые слова: Интерактивное и смешанное обучение, blended learning, flipped classroom, перевернутый класс, искусственный интеллект, геймификация. Raqamli kompetensiyalar va ularning o‘qituvchi faoliyatiga ta'siri Raqamli kompetensiyalar bugungi ta'lim jarayonida nafaqat o‘quvchilarga, balki o‘qituvchilarga ham yangi imkoniyatlar yaratadi. Raqamli kompetensiyalar – bu raqamli vositalar va texnologiyalar yordamida bilim olish, https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 5 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 o‘rgatish va tahlil qilish qobiliyatidir. O‘qituvchilarga raqamli kompetensiyalarni o‘rgatish nafaqat ta'limni yanada samarali qilishga yordam beradi, balki pedagoglarning o‘z ishlariga bo‘lgan yondashuvlarini yangilashga imkon beradi. Raqamli kompetensiyalarni o‘qituvchilar ko‘plab yo‘nalishlarda o‘rgatishi mumkin: Masalam: Interaktiv va aralash ta'lim texnologiyalari: O‘qituvchilar raqamli vositalardan foydalanib darslarni interaktiv qilishlari mumkin. Blended learning (aralash ta'lim) va flipped classroom (orqaga qaytgan sinf) kabi usullar ta'limni shaxsiylashtiradi va o‘quvchilarni o‘z-o‘zini o‘rganish jarayoniga jalb etadi. Bu metodlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi. Shaxsiylashtirilgan o‘qitish: Raqamli vositalar yordamida o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va ta'lim uslublarini hisobga olgan holda shaxsiylashtirilgan o‘qitish jarayonini tashkil etish mumkin. Adaptiv ta'lim tizimlari o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini tahlil qilib, o‘rganish jarayonini moslashtiradi. Masofaviy ta'lim va ko‘p platformali resurslar: Pandemiya davrida masofaviy ta'limning ahamiyati oshdi. Endi o‘qituvchilar onlayn kurslar, video materiallar va interaktiv platformalar yordamida o‘quvchilarga kengaytirilgan ta'lim imkoniyatlarini taqdim etishadi. Shuningdek, ko‘p platformali o‘qitish metodlari yordamida o‘quvchilarning bilim olish samaradorligi oshadi. Sun'iy intellekt va tahlil qilish: Sun'iy intellekt ta'lim jarayonini boshqarish va o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini optimallashtirishda yordam beradi. Sun'iy intellekt tizimlari o‘quvchilarning yutuqlarini tahlil qilib, o‘qituvchilarga individual yondashuvlar taqdim etadi. Bu pedagoglarga o‘quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirilgan darslar yaratishga yordam beradi. Pedagogik innovatsiyalar: ta'limning kelajagi Pedagogik innovatsiyalar – bu yangi yondashuvlar, metodlar va texnologiyalarni qo‘llashdir. Ular o‘qituvchilarni yangicha pedagogik ko‘nikmalar va vositalar bilan ta'minlaydi. Zamonaviy pedagogik innovatsiyalarning asosiy https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 6 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 maqsadi – o‘quvchilarga ta'limni yanada samarali qilish va ularni o‘rgatish jarayoniga qiziqtirishdir. Bugungi kunda pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashning bir necha asosiy yo‘nalishlari mavjud: 1. Interaktiv ta'lim texnologiyalari: Ta'lim jarayonini interaktiv qilish orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish mumkin. Interaktiv ta'lim vositalari, masalan, virtual sinflar, onlayn testlar, simulyatsiyalar va o‘quv dasturlari o‘quvchilarning bilim olish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. 2. Blended learning (aralash ta'lim): An'anaviy darslar va onlayn ta'limning uyg‘unlashgan shakli blended learning ta'lim jarayonini yanada moslashuvchan qiladi. O‘quvchilar an'anaviy darslar bilan birga raqamli resurslardan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning o‘rganish samaradorligini oshiradi. 3. Flipped classroom (orqaga qaytgan sinf): Ushbu pedagogik metodda o‘qituvchi darsning asosiy qismlarini uyda, onlayn tarzda o‘rgatadi, sinfda esa amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv faoliyatlarga vaqt ajratiladi. Bu metod o‘quvchilarni o‘z-o‘zini o‘rganishga undaydi va sinfdagi vaqtni samarali foydalanish imkonini yaratadi. 4. Virtual haqiqat va kengaytirilgan haqiqat: Virtual va kengaytirilgan haqiqat texnologiyalari yordamida o‘quvchilar mavzuni amaliy tarzda o‘rganishlari mumkin. Masalan, biologiya yoki tarix fanlari bo‘yicha o‘quvchilar virtual dunyo orqali ilgari o‘rganmagan jarayonlarni ko‘rishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini ko‘proq jonli va amaliy qiladi. 5. Gamifikatsiya: O‘qish jarayonini o‘yin elementlari bilan boyitish, o‘quvchilarga ta'limni o‘rganish jarayonida raqobatbardoshlik va motivatsiya yaratadi. Gamifikatsiya o‘qu

Доказательный фрагмент

«На сегодняшний день система образования претерпевает быстрые изменения.»

Образец извлечения

Демо-превью

На сегодняшний день система образования претерпевает быстрые изменения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Interactive and blended learning, blended learning, flipped, Ключевые слова: Интерактивное и смешанное обучение, aralash ta’lim, sun’iy intellect, Keywords: Interactive and blended learning, перевернутый класс, искусственный интеллект, gamification., artificial intelligence, геймификация., Kalit so‘zlar: Interaktiv va aralash ta'lim, Flipped classroom, Gamifikatsiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники