Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NUTQ TOVUSHLARINING UMUMIY TAVSIFI. UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR
Hamdullayeva Mahliyo. (Andijon davlat chet tillari instituti) · Kurbanov Elbek Elmurodovich. (Andijon davlat chet tillari instituti) · СОГЛАСНЫЕ ЗВУКИ (Andijon davlat chet tillari instituti) · Хамдуллаева Махлиё (Факультет иностранного языка и литературы) · Курбанов Элбек Элмуродович (Факультет иностранного языка и литературы)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
The article analyzes methods, types of exercises, structure, and content for developing students' literary pronunciation skills through teaching vowels and consonants in native language lessons. Additionally, it partially addresses the views of some methodologist scholars who have conducted scientific research in this area of methodology. Keywords: phonetics, pronunciation, spelling, vowels and consonants, syllable, stress, exercise, task. https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 0 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilar “Talaffuz” va “Imlo” bo‘limlarini o‘rganish orqali talaffuz va imlo, nutq tovushlari va harflar, ayrim unli va undoshlar imlosi hamda talaffuzi bilan tanishib oladilar. Bugungi ona tili ta’limida katta muammolardan biri ham – talaffuz, adabiy talaffuzga o‘rgatishdir. Bunga erishishning birdan bir yo‘li unli tovushlari talaffuzi va imlosini o‘quvchilarga zamonaviy usulda qunt bilan o‘rgatish hisoblanadi. Har bir unli va undosh tovushning talaffuzi, imlo xususiyatlari o‘rganilgach, tovushdosh (bir-biridan atigi bitta tovush bilan farqlanuvchi,turli xil ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlar tushuniladi)so‘zlar hosil qilishga oid o‘quv topshiriqlaridan unumli foydalansa bo‘ladi.Chunonchi ,unli tovushlar talaffuzi o‘rganilgach, o‘quvchilardan faqat bir unli bilan farqlanuvchi (mas, ber-bor-bur-bo‘r-bir-bar) so‘zlar hosil qilish, undosh tovushlar talaffuzi o‘rganilgandan keyin esa bir undosh bilan farqlanuvchi so‘zlarni ro‘yxat qilish, ularning ma’nosini sharhlashni talab etadigan o‘quv topshiriqlaridan unumli foydalanish mumkin. “Fonetika” bo‘limini o‘rganishda o‘quv topshiriqlarining kattagina qismi o‘quvchilarda adabiy talaffuz me’yorlarini shakllantirish va imlo savodxonligini oshirishga qaratiladi.Og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham o‘z to‘g‘rilik me’yorlariga ega.Og‘zaki nutqning me’yorlari talaffuz (lotincha orfoepiya) bilan belgilansa, yozma nutq me’yorlari imlo (lotincha orfografiya) bilan belgilanadi. To‘g‘ri talaffuz va imlo kishining madaniyati va savodxonligining birinchi belgisidir. Talaffuz me’yorlarimizda bosh asos talaffuzning yozuvga mumkin qadar yaqinligidir. Masalan: biz boryapmiz deb yozsak, bu so‘zni shunga yaqin talaffuz etishimiz ham kerak. Bu so‘zni borotti, borvotti deb aytish xato,noto‘g‘ri talaffuz sanaladi. Ona tili darsliklarida to‘g’ri talaffuz va imlo me’yorlarini ko‘nikma sifatida shakllantirish borasida ko‘plab mashqlar ,turli tushuntirishlar beriladi.Ammo nutqiy faoliyat davomida ayrim nutq tovushlarining adabiy talaffuzi va imlosini o‘quvchiga o‘rgatish qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaraveradi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 1 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 Nutq a’zolari tomonidan hosil qilingan nutq tovushlari dastlab ikki katta guruhga boʻlinadi: 1. Unli tovushlar 2. Undosh tovushlar Unli tovushlar artikulyatsiyasiga koʻra undosh tovushlardan farq qiladi. Unlilar talaffuzida oʻpkadan chiqadigan havo ogʻiz boʻshligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramaydi, nutq a’zolarining holati bir xil boʻladi. Musiqiy ohanglarga ega boʻladi. Bunday xususiyatlarni undoshlar talaffuzida kuzatib boʻlmaydi. Undosh tovushlar ogʻiz boʻshligʻida hosil boʻladi, oʻpkadan keladigan havo turli toʻsiqlarga uchraydi, musiqaviy ohangga ega emas. Undoshlarda, asosan, shovqin ustun turadi, unlilarda esa ovoz. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lotincha unli, ovozli degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Tilda unlilar oʻzi alohida bir tizimni, paradigmani tashkil qiladi va fonetik paradigmaning bir mikrosistemasini tashkil etadi. Tilning koʻtarilish darajasi (yuqori, oʻrta, quyi) va lablanish-lablanmaslik belgilari unli fonemalarning asosiy belgilari boʻlib, bu belgilar ularning sistema hosil qiluvchi belgilari sanaladi. Unlilarning tilning gorizontal holatiga koʻra (old qator, oʻrta qator, orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularda nutqiy yondosh tovushlar ta’sirida oʻzgarib turadi. Masalan, [q] undoshi bilan qoʻshnichilik munosabatida [a] unlisi til orqalik xossasiga ega boʻlsa, [k] undoshi qurshovida oʻz holatini saqlaydi: qargʻa, qurbaqa, kamalak, katta, kassa, katastrof kabi. Demak, chizmadan koʻrinib turganidek, unli fonemalar tilning koʻtarilish darajasiga koʻra uch pogʻonali, lablanish belgisiga koʻra ikki pogʻonali sistemani hosil qiladi. Jadvalda berilganidek, unli fonemalar oʻzaro oʻxshash va farqli belgilari bilan ziddiyatni hosil qiladi. Masalan, [a] va [e] fonemalarining birlashtiruvchi (farqlanmaydigan) tomoni ularning lablanmaganligi boʻlsa, tilning koʻtarilish darajasiga koʻra [a] quyi keng, [e] oʻrta keng fonema ekanligi bilan https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 2 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 ziddiyatni hosil qiladi. Demak, oʻzbek tilidagi unli fonemalarning oppozitsiyalari tilning koʻtarilish darajasi va lablarning ishtiroki bilan belgilanadi. Qator belgisi (til oldi, til orqa) oʻzbek tili unlilari uchun fonologik farqlanish belgisi emas, chunki u yondosh undoshlarning ta’sirida oʻzgarishi mumk
Доказательный фрагмент
«The article analyzes methods, types of exercises, structure, and content for developing students' literary pronunciation skills through teaching vowels and consonants in native language lessons.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes methods, types of exercises, structure, and content for developing students' literary pronunciation skills through teaching vowels and consonants in native language lessons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phonetics, pronunciation, spelling, vowels and consonants, Ключевые слова: фонетика, упражнение, ударение, task., exercise, imlo, stress, орфография, unli va undosh tovushlar, Kalit so‘zlar: fonetika, Keywords: phonetics, mashq, слог, гласные и согласные звуки, talaffuz, произношение, topshiriq., задание., urg‘u, syllable, bo‘g‘in
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014