Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLADA PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
XOS XUSUSIYATLARI · Boboyorov Sherzod Shuxrаtovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Psixologik xizmat va uning tashkil qilinishi psixologik mexanizmlar va ijtimoiy psixologiyaning tamoyillari Kalit so‘zlar : Psixologik ekspertiza, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorreksiya O‘zbekistonda psixologik xizmat tizimining joriy etilishi ko‘p tarmoqli va keng ko‘lamli jarayon ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Qolaversa, har bir ijtimoiy tizimda psixologik xizmatning joriy etilishi shu tizimda faoliyat yuritayotgan shaxs va ijtimoiy taraqqaiyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘ylaymizki, ushbu “ta’minot” ning qanchalik mukammal va ilmiy tarzda tashkil etilishi shu hududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning alohida shaxs sifatidagi ijtimoiy-psixologik istiqbollarini belgilab berishga xizmat qiladi. O‘zbekistondagi mahallalar tizimida psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyatini alohida tadqiq qilish va shu tadqiqot natijalariga asoslanib muayyan ilmiy-amaliy tavsiyalarini taqdim etish masuliyatini olganligi bilan boshqa tadqiqotlardan alohida ajralib turadi. Zero, har bir insonning o‘ziga xos psixologik tabiatini bilish va shu asosda unga ta’sir etish orqaliginauning ijtimoiy muvaffaqiyatlarini taminlash mumkin. Psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammo sifatidagi nazariy va metodologik jihatlarini ochib berishga harakat qilgan edik. Ushbu nazariy-ilmiy mushohadalardan kelib chiqib tadqiqotning umumiy maqsadi https://scientific-jl.com/luch/ 8 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 belgilandi. Ushbu maqsadni bevosita amalga oshirish uchun esa muayyan muammolar qo‘yildi va mazkur muammolar yechimini izlash bilan bog‘liq tadqiqot obyekti va vazifalari belgilab olindi.Ayni paytda mahalladagi amaliy psixologlar har bir shaxs faoliyati hamkorligini tashkil etish jarayonida ushbu imkoniyatlarni hisobga olishi orqali ijtimoiy-psixologik yutuqlarga erishishi mumkin XX asrning oxiri XXI asrning boshlariga kelib psixologik xizmat quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi belgilandi: Birinchidan, psixologik xizmat turli xil ijtimoiy tuzilmalarga, ya’ni sog‘liqni saqlash, ta’lim, ishlab chiqarish jamoalari psixologik yordam ko‘rsatishga ixtisoslashtirildi. Bu tizim amaliy psixologiyaga oid barcha topshiriqlarni – psixologik ekspertiza, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorreksiya kabilarni o‘z ichiga olgangiligi bilan ahamiyatlidir. Hozirgi zamon oilasining rivojlanish masalalarini (- ichki oilaviy va shaxslararo munosabatlar; - oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan qadriyatlar, milliy an’analar; - avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlarini) o‘rganish. Oilaviy nizolarning hududiy (viloyat, tuman, shahar) xususiyat-larini aniqlash. Oilaviy nizolar sabab va omillarini aniqlash. Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlarini aniqlash. Ota-ona va farzandlar nizolarining ijtimoiy-psixologik xusu-siyatlarini aniqlash. Er-xotin nizolarining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini aniqlash. Qaynona-kelin nizolarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash. Ota-onalar, pedagog xodimlar, mahalla faollari, oila bilan ishlovchi mutasaddi xodimlar, “Oila” IATM xodimlari uchun oilaviy nizolarni bartaraf etish, oila https://scientific-jl.com/luch/ 9 Часть-41_ Том-21_ Март-2025 mustahkamligini ta’minlash, ularning psixologik savodxonligini oshirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqish zarurdir. Bugungi kunda mahallada muayyan ijtimoiy zarurat sifatida o‘rganilgan psixologik xizmat muammosining dolzarbligi avvalo tashkiliy jixatdan aniq bir tizimga ega emasligi, nazariy jihatdan ma’lum darajadagi ilmiy mushohadalarning taqchilligi, amaliy jihatdan ushbu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan aloxida empirik tadqiqotlar olib borilmaganligi kabi xolatlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Mahallada psixologik hizmat konsepsiyasini S.L.Rubinshteyning “Ong va faoliyat konsepsiyasi”, G.M.Andreyevaning “Ijtimoiy psixologik faollik konsepsiyasi”, A.Maslouning “Insonga bir butun yondashuv” konsepsiyasi, Ch.Spirmanning “Ikki omil” va L.Terston, Dj.Gilfordning “Multifaktor” nazariyasi, V.N.Myasishevning “Munosabatlar tizimi” konsepsiyasi, V.Merlin, M.Rusalov va B.Teplovlarning “Individual farklanish” konsepsiyasi, R.Kettellning “16 omilli shaxslilik profillari” konsepsiyasi va I.V.Dubrovina, L.M.Fridman D.N.Bityanovlarning “Psixologik xizmat” konsepsiyalariga va bugungi kunda Respublikamiz olimlari tomonidan olib borilgan fundamental tadqiqot natijalariga asoslangan xolda shakllantirish va rivojlantirish mumkin. Qo‘llanilgan har bir usul natijalari va mahallada psixologik xizmat samaradorligini bevosita tadqiq qilish modeli aholining turli guruhlaridagi (yoshlar, oilalilar, nogironligi bor shaxslar) shaxslilik sifatlari (Kettell uslubi asosida), o‘zini-o‘zi xissiy baxolash darajalari (Riks-Uessman uslubi asosida), muayyan ziddiyatli xolatlarda adekvat xarakat qilish motivatsiyasi (Tomas uslubi asosida) haqida tegishli ilmiy-empirik tasavvurlarni shakllantirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Abramova G.S.Prakticheskaya
Доказательный фрагмент
«Psixologik xizmat va uning tashkil qilinishi psixologik mexanizmlar va ijtimoiy psixologiyaning tamoyillari Kalit so‘zlar : Psixologik ekspertiza, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorreksiya O‘zbekistonda psi…»
Образец извлечения
Демо-превьюPsixologik xizmat va uning tashkil qilinishi psixologik mexanizmlar va ijtimoiy psixologiyaning tamoyillari Kalit so‘zlar : Psixologik ekspertiza, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorreksiya O‘zbekistonda psi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixodiagnostika, Kalit so‘zlar : Psixologik ekspertiza, psixoprofilaktika, psixokorreksiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026