Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QANDLI DIABET KASALLIGINING KELIB CHIQISH MEXANIZMI VA KECHISH XUSUSIYATLARI
Xolmurodov Akbar Umed o`g`li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Qandli diabet (Diabetes mellitus) – metabolik kasallik bo‘lib, organizmda uglevodlar, yog‘lar va oqsillar almashinuvining buzilishi bilan kechadi. Bu kasallik insulin gormoni yetishmovchiligi yoki uning ta’sirchanligi pasayishi natijasida rivojlanadi. Ushbu maqolada qandli diabetning kelib chiqish mexanizmi va kechish xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Kalit so`zlari: Qandli diabet, insulin yetishmasligi, davolash, qon tarkibidagi glyukoza miqdori, tashxislash Qandli diabet keng tarqalgan kasallik bo`lib, bunda qondagi shakar (glyukoza) miqdori me’yordan ortiq bo`ladi. Buning sababi shundaki, oshqozon osti bezi yetarli miqdorda insulin ishlab chiqara olmaydi yoki tanadagi hujayralar insulinga javob bermay qoladi. Glukoza - tanamiz uchun asosiy energiya manbai bo`lib, ammo uning hujayralarga kirib energiyaga aylanishi uchun insulin gormoni kerak bo`ladi. Agar organizm yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarmasa yoki hujayralar insulinga javob bermasa qandli diabet rvojlanadi. Qandli diabetning kelib chiqishiga ko`ra 3 turi mavjud: 1-tip diabet- bu holatda organizm deyarli insulin ishlab chiqarmaydi. Odatda, yosh bolalar va o`smirlarda uchraydi. Kasallik avtoimmun jarayon natijasida kelib chiqadi. 2-tip diabet- eng keng tarqalgan shakl bo`lib, organizmning insulinga bo`lgan sezgirligi pasayadi. Asosan noto`g`ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va kamharakat hayot tarzi sababli yuzaga keladi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 3 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 3-tip Gestatsion diabet- homiladorlik davrida yuzaga keladigan diabet turi. Tug`ruqdan keyin yo`qolishi mumkin, lekin kelajakda 2-tip diabet xavfini oshiradi. Qandli diabetning asosiy belgilari: - Ko`p chanqash va ko`p suv ichish; - Tez-tez hojatga chiqish; - Tez charchash; - To`satdan vazn yo`qtish yoki semirish; - Yara va kesiklarning sekin bitishi; - Ko`rish qobiliyatining pasayishi; Qandli diabet kasalligi bilan kasallangan tanadagi nosozliklar tufayli to`qimalar yetarli energiya ololmaydi. Xalqaro sog`liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda hozirgi kunda dunyodagi 420 milliondan ortiq odam qandli diabet kasalligiga chalingan. Bu esa 40 yil oldingi ko`rsatkichlardan 25% ga ko`payganini ko`rsatadi. Qondagi glyukoza miqdorini bemor och ( oshqozon bo`sh) bo`lgan paytda aniqlash kerak. Sababi ovqat hazm bo`lib qonga so`riladi va natijada glyukoza miqdori oshib ketishi va natija xato olinishi mumkin. Kattalar uchun glyukoza normasi kapillyardan olingan taxlil uchun 3,3-5,5 birlik norma hisoblanadi. Venadan olingan taxlilda esa norma 3,7 birlikdan 6,1 birlikacha bo`ladi. Qonda qand miqdori kamayganda ham organizmda diabetning turli xil turlari bilan birga, endokrin kasalliklar, ovqatlanish buzilishi, jigar, buyrak hamda yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Agar qonda qand miqdori yuqori bo`lsa quyidagi patalogik holatlar kelib chiqishini ko`rishimiz mumkin: https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 4 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 - Polinevopatiya- oyoq va qo`llardagi shishlar va sezuvchanlikning kamayishi; - Angiopatiya- tomir o`tkazuvchanligining oshishi; - Rinopatiya- ko`zning to`r pardasi, venalari, arteriyalari va kapillyarlarining ishdan chiqishi, ko`rishning xiralashishi, to`r pardoning ajralishi; - Nefropatiyadiabetik oyoq- oyoqlardan qon aylanishining yomonlashishi, og`riq, oyoqlarning bo`g`imlari va suyaklarining ishdan chiqishi. Diabet xavfini oshiruvchi omillarga quyidagi holatlar sabab bo`ladi: - Ortiqcha vazn; - Kamharakat hayot tarzi; - Notog`ri ovqatlanish( glyukozaga boy mahsulotlarni ko`p iste’mol qilish); - Genetik moyillik ( ota-onada diabet bo`lsa); - Stress va uyqusizlik; Qandli diabetni oldini olish, profilaktik chora tadbirlari: - Tog`ri ovqatlanish- shakar miqdorini kamaytirish, sabzavotlar va to`yingan tolali mahsulotlarni ko`proq iste’mol qilish. - Faol hayot tarzi- haftasiga kamida 150 daqiqa jismoniy mashqlar qilish. - Vaznni nazorat qilish- ortiqcha vaznni yo`qotish. - Stressni kamaytirish- uyquni yaxshilash va ortiqcha asabiylashmaslik. - Sog`liqni doimiy tekshirish- qondagi qand miqdorini mutazam nazorat qilish. https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 5 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 Agar diabet erta aniqlansa va to’g`ri boshqarilsa, uning asoratlarini oldini olish mumkin. Sog`lom turmush tarzi esa diabet xavfini kamaytirishda muhim rol o`ynaydi. 1-tipdagi diabetda uglevodlar qat’iy ravishda har kuni aynan bir vaqtda iste’mol qilinadi, bu orqali qondagi shakar darajasini va insulinni kerak paytda yuborishni nazorat qilish mumkin bo`ladi. Yog`li ovqatlardan voz kechishi muhimdir. 2-tipdagi diabetda umuman shirinlik iste’mol qilmaslik. Ovqatlarning umumiy kaloriya miqdorini kamaytirish, bo`lib-bo`lib ovqatlanish kerak bo`ladi. Hamda fruktoza, aspartame va shakar o`rnini bosuvchi moddalardan foydalanish mumkin. Diabet turiga qarab dori- darmonlar ham buyuriladi: 1-tip diabetda insulin terapiyasi qo`llaniladi. 2-tip diabetda esa qondagi qand darajasini pasaytirish uchun dorilar qo`llaniladi. Qandli diabet kassaligida qu
Доказательный фрагмент
«Qandli diabet (Diabetes mellitus) – metabolik kasallik bo‘lib, organizmda uglevodlar, yog‘lar va oqsillar almashinuvining buzilishi bilan kechadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюQandli diabet (Diabetes mellitus) – metabolik kasallik bo‘lib, organizmda uglevodlar, yog‘lar va oqsillar almashinuvining buzilishi bilan kechadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insulin yetishmasligi, Kalit so`zlari: Qandli diabet, qon tarkibidagi glyukoza miqdori, davolash, tashxislash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014