Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK XALQ ERTAKLARI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH.
Ergasheva Movluda Sodiqovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Xalq og’izaki ijodi na’munalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ertaklarning ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar: Kommunikativ, ijtimoiy, o’yin, bilish kompetensiyalari, multimedia. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalardan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ilk qadam davlat o’quv dasturida belgilanganidek, o’quv tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat. Mazkur hujjatda maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim 4 ta kompetensiyasi aks ettirilgan; kommunikativ kompetensiya- muloqot vositalaridan turli vaziyatlardan foydalana bilish; o’yin kompetensiyasi- bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba va bilim ko’nikmalardan ijodiy foydalanish, u o’quv tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi; ijtimoiy kompetensiya-hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish; bilish kompetensiyasi- atrof olamni ongli idrok qilish va olingan bilim va ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va a’maliy vazifalarni bajarish uchun foydalanish. https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 8 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 Xalq o’g’zaki ijodi na’munalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda ertaklardan foydalanish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o’yin va so’zlar orqali o’zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o’z ona tillarining har tomonini ya’ni nozik ytomonlarini ham o’rgatib boradi. Chunki so’z orqali bola muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili ravon aniq so’zlashga moslashib boradi. Bu yoshdagi bolalarga o’yinlar orqali murojaat qilish ayni muddoa hisoblanadi.O’yin orqali bola o’zining lug’at boyligini kengaytirib boradi. Lekin kichik yoshdagi hamma bolalar ham o’rganilayotgan so’zlarining ma’nosini to’g’ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachini vazifasiga kiradi. Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga yaxshi ta’sir qiladi va yaxshi yomonni farqlashga o’rgatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 1 ta ertakni qayta-qayta eshitishni yoqtiradilar. Shunga ko’ra ham uni bir marta emas bir necha marta o’qib berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ertaklarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki qahramonlardan biri ijobiy, ikkinchisi salbiy bo’ladi. Asar qahramoni kuchli va jasur bo’lsa u atrof olamni go’zallik bilan boyitadi. Ertaklar bolalarning ongi va qalbida ezgu fazilatlarini jo qilishda, ularning ma’naviy olamini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida bolalarning xotirasi, diqqat e’tibori tafakkuri rivojlanadi. Ertaklarni tinglash til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boladagi ayrim nutqiy kamchiliklarni hikoya va ertaklar eshitish sher yodlatish shuningdek so’zlarni talaffuz qildirish va turli xil mashqlar bajarish orqali bartaraf etish mumkin. Ertak mazmuni asosida bolalarda ezgu hislatlarni tarbiyalash, insoniy fazilatlarni targ’ib etish ular o’rtasida o’zaro do’stona munosabatlarni shakllantirish va mustaqil fikrlashga o’rgatish kerak. Bolalar ertakni tinglash orqali qissadan hissa chiqarishga o’rgatiladi. Shuningdek, ertaklarni mahorat bilan bolalarga o’qib berish, kichkintoy bilan his-hayajonli muloqotni o’rnatishga, sezdirmay tarbiyaviy tasir qilishga, atrof-muhit haqidagi https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 9 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 bilimi va ma’lumot zahiralarini samarali to’ldirishga imkon yaratadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ertaklarni bolalarga yetkazishda yangi pedagogic tehnalogiya asosida bolalarning so’z boyligini oshirishga, ularni nutqini o’stirishga, tafakkuri va ma’naviyatini rivojlantirishga qaratish , muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, ertaklar orqali bolalar bilimini yanada oshirish mumkin. Ertaklar bolaning rivojlanishida, ayniqsa, ularning aqliy va axloqiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ertaklar bolalarning tafakkur doirasini kengaytirib,xotirasini ham mustahkamlashini inobatga olish va bolalarga ertaklarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Bundan tashqari hozirda zamonaviy texnologiayalar tobora rivojlanib bormoqda.Bu rivojlanish ta'lim tizimiga ham o'z ta'sirini o'tkazib ,ta'lim samaradorligini ma'lum darajaga oshirdi desak adashmagan bo'lamiz.Multimedia vositalari bolalarga ertaklarni tinglash imkonini yaratdi.Bundan tashqari ertaklarning multifilm ko'rinishiga kelishi bolalar uchun juda qiziqarli va ta'lim olishiga katta yordam berdi.Lekin bu jarayonga bog'lanib qolishlik tavsiya etilmaydi.Chunki ota-onalar bolalarga o'zlari ertak o'qib berishlari bola ruhiyatiga ta'sir qilib ularda
Доказательный фрагмент
«Xalq og’izaki ijodi na’munalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ertaklarning ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюXalq og’izaki ijodi na’munalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ertaklarning ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy, Kalit so’zlar: Kommunikativ, multimedia., o’yin, bilish kompetensiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026