К содержанию
РецензированоUZ2025

ZULFIYANING “BAHOR KELDI SENI SOʻROQLAB”SHE’RINING BADIIY TAHLILI

BADIIY TAHLILI · Qodirova Xurshida

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola Zulfiya Isroilovaning “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rining badiiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoiraning tabiat va inson ruhiy holatini ifodalashdagi san’ati chuqur o‘rganiladi. She’rda bahor fasli bilan bog‘langan tasvirlar va hissiyotlar orqali insonning ichki dunyosidagi o‘zgarishlar, yangi boshlanishlar va orzu-havaslar aks ettirilgan. Maqolada, shuningdek, Zulfiyaning she’rdagi ma’nolarni qanday qilib tabiiy elementlar yordamida mukammal tarzda ifodalashga muvaffaq bo‘lgani tahlil qilinadi. Shuningdek, she’rning simvolik yuki, poetik obrazlar va musiqiy ritmlari ham alohida e’tiborga olinadi. Kalit soʻzlar: Badiiy tasvir, simvolizm va metafora, she’riy obrazlar, lirik qahramon, tashbeh, ijtimoiy va falsafiy kontekst, she’riy ritm va melodiya. Zulfiya Isroilova — o‘zining badiiy mahorati, samimiy va chuqur lirizmi bilan o‘z o‘rnini mustahkamlagan buyuk shoira. Uning she’rlari nafaqat o‘sha davrning ruhini aks ettiradi, balki insonning ichki dunyosidagi eng nozik tuyg‘ularni, orzularni va umidlarni ifodalaydi. Zulfiya she’riyatida har bir so‘zning ma’nosi teran va ko‘p qatlamli bo‘lib, o‘quvchini yangi bir dunyoga olib kiradi. Shoira o‘zining ijodida tabiat, muhabbat, yig‘lash, umid va qayg‘u kabi universal mavzularni o‘ziga xos tarzda tasvirlab, har bir misrani hayotning bir qismiga aylantiradi. Uning badiiy uslubi, poetik tasvirlari, teran ma’no va obrazlarga boy https://scientific-jl.com/luch/ 3 4 6 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 she’rlari, zamonasi va o‘qish mavzularining doimo dolzarb bo‘lishi bilan ajralib turadi. Zulfiya Isroilova she’rlari nafaqat o‘z davrining balki barcha davrlarning adabiy merosiga qo‘shilgan yuksak hissadir. Zulfiyaning “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rini tahlil qilishda, biz shoirning ifoda vositalari, tasviriy elementlari va tematik jihatlarini chuqurroq o‘rganishimiz kerak. She’rda bahor mavzusi orqali ayriliq, izlash va sevgi tushunchalari tasvirlangan. She’rning asosiy qahramoni - lirik qahramon, Hamid Olimjonni bahor orqali izlaydi. Bahor o’zining yangi hayotga qadam qo’yishi, gullarning ochilishi va tabiatning uyg’onishi orqali sevgi va umidga to‘lib, sevgini qaytarishni istaydi. Bahorning yo‘li bilan sevgi va izlanishlar muhokama qilinadi. She’rda bahor tabiatning yuksalishi, o‘zgarmas vaqtlarga qarshi kurashgan holda yangi umidlarni, sevgi va hayotni keltiruvchi shaklda ifodalanadi. Bahor - faqat fasl emas, balki hayotning o‘zgarishiga, tuyg‘ularga, sevgi va qayg‘uga qarshi kurashishning ramzi sifatida kiritilgan. Quyidagi qatorlar bu fikrni tasdiqlaydi: Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… Bu yerda bahor tasvirlari orqali tabiatning uyg‘onishi, go‘zalligi va yangi boshlanishlarning ramzi sifatida ishlatilgan. She’rda lirik qahramon bahorning yangilanishi orqali sevgilisini izlaydi. U o‘zining sevganini ko‘rish uchun barcha imkoniyatlarni sinab ko‘radi, uning https://scientific-jl.com/luch/ 3 4 7 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 so‘nggi izlari to‘g‘risida izlanadi. She’rda ba’zi bir sabr va umidlar singari his- tuyg‘ular, sevgan kishining yo‘qligi bilan bog‘liq g‘am va alamni tasvirlaydi. Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so’radi seni, Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari. Bu qatorlarda lirik qahramonning sabr-toqati tugagan va uning sevgilisi ko‘rish istagi o‘ta kuchli bo‘lganligini ko‘rsatadi. She’rda bahor, gullar va tabiatning turli elementlari simvolik ma’noga ega. Masalan, “o‘rik gullarining maftuni” va “yosh kuydirgan za’far” kabi tasvirlar, lirik qahramonning ichki dunyosidagi sevgi va izlanishlarni ifodalaydi. Bahor - nafaqat tabiatning o‘zgarişi, balki sevgining qidirilishi va qaytarilishining ramzi sifatida ishlatilgan. O’rik gullarining eding maftuni. Topmay, sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. She’rda tashbehlar (o‘xshatishlar) orqali sevgi va tabiat tasvirlari kuchaytirilgan. Qatorlarda shoira o‘zining sevgilisi yoki bahor orqali dunyoni va his-tuyg‘ularni izohlashda tashbeh va o‘xshatishlardan foydalanadi. “Farhod tog’laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog’ning toshini.” She’rda oddiy va tizimli ritm mavjud bo‘lib, o‘quvchini qayta-qayta takrorlanadigan qatorlar orqali tabiatning o‘zgarishini va qayg‘ularni his qilgan https://scientific-jl.com/luch/ 3 4 8 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 holda ruhiy holatni ko‘rsatadi. Tabiat va insonning birlashgan obrazlari she’rni chuqur, hissiy va melodik qiladi. Yana yel bo’ldi-yu, kezib sarsari, Mendan so’ray ketdi qalbimni tilib. She’rda lirik qahramon o‘zining sevganini izlab, o‘zi va dunyo haqidagi fikrlarni ifodalagan. She’rning ijtimoiy konteksti ham mavjud: qishning sovuqligi va bahorning yangi boshlanishi, insonning ichki holati va muhabbatni qidirishi o‘rtasidagi o‘xshashliklar ko‘rsatilgan. “O’lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas.” Bu qatorlarda sevgan insonning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Zulfiya Isroilovaning “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rining badiiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoiraning tabiat va inson ruhiy holatini ifodalashdagi san’ati chuqur o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Zulfiya Isroilovaning “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rining badiiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoiraning tabiat va inson ruhiy holatini ifodalashdagi san’ati chuqur o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit soʻzlar: Badiiy tasvir, she’riy obrazlar, simvolizm va metafora, tashbeh, lirik qahramon, ijtimoiy va falsafiy kontekst, she’riy ritm va melodiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники