Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TO‘QIMACHILIK, TRIKOTAJ, TIKUV BUYUMLARI, MO‘YNALI TOVARLAR VA POYABZALNI SOTISH XUSUSIYATLARI
Muminov Azizbek Yakubalievich.
Лучшие интеллектуальные исследования · 413 · 66-68 · 2003
Аннотация
To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim- kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qo‘yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Kalit so‘zlar: chakana savdo, O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari, to‘qimachilik tovarlari, trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari, mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal buyumlari Mamlakatimizda chakana savdoning rivojlanishi bilan bir qatorda xaridorlar tomonidan tovarlarning sifati va assortimentiga hamda ko‘rsatilayotgan savdo xizmatlariga bo‘lgan talabining tobora ortib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda xaridorlarga turli savdo qoidalari va xususiyatlarini bilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bugungi kunda bozorlarimizda sotilayotgan kundalik tovarlar ichida kiyim kechak mahsulotlari alohida o`rin tutadi. To‘qimachilik, trikotaj, tikuv buyumlari, mo‘ynali tovarlar va poyabzal mahsulotlari bilan savdo qilishda qanday savdo qoidalari va talablari mavjudligini ko`rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida 2003-yil 13-fevral, 75-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori e`lon qilingan va hozirga qadar bir https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 1 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 necha to`ldirishlar va tuzatishlar bilan amalda qo`llanilmoqda. Unga ko`ra, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar: 1. Yuridik shaxslar; 2. Qonun hujjatlariga muvofiq, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar. Xo`sh, chakana savdo o‘zi nima? Chakana savdo — savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda (sonda) naqd pulga yoki bank plastik kartalari (korporativ bank kartasi bundan mustasno) yoxud kontaktsiz onlayn to‘lov tizimlari orqali sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirishdir. Sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlar assortimenti, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish shakli sotuvchining ixtisosi va u o‘z faoliyatini ixtisoslashtirishiga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chakana savdo shoxobchasida bo‘lishi shart bo‘lgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati belgilanishi mumkin, bunday chakana savdo tarmog‘ining joylashishi respublika tumanlari va shaharlari hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qo‘yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Savdo oldi tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tovarni o‘rovdan olish, sortlarga ajratish va ko‘zdan kechirish; tovarning sifatini (tashqi belgilariga ko‘ra) hamda tovar va uni tayyorlovchi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar borligini tekshirish; zarurat bo‘lganda buyumlarni tozalash va dazmollash hamda mayda tuzatish. Sotuvga tavsiya etilayotgan tovarlar turlari, modellari, o‘lchamlari, bo‘yiga ko‘ra guruhlarga ajratilishi va savdo zaliga qo‘yilishi kerak. Savdo xususiyatlarini https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 2 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 hisobga olgan holda savdo zalida xaridorga tanlash va o‘ziga kerakli tovarni xarid qilish imkonini beruvchi sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlarning namunalari qo‘yilishi kerak. Erkaklar, ayollar va bolalarga mo‘ljallangan trikotaj, tikuv buyumlari, mo‘ynali tovarlar va poyabzal savdo zalida alohida joylashtirilishi kerak. Gazlamalar turlariga va ular tayyorlangan tolaning xiliga ko‘ra, mo‘ynali tovarlar mo‘ynaning turiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Gazlamaning har bir namunasiga shuningdek u tayyorlangan tolaning foiz miqdori to‘g‘risidagi, mo‘ynadan yasalgan buyumlarga esa mo‘ynaning turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak. Tovarlar o‘z nomi, artikuli, narxi, o‘lchami (kiyim-kechak, ichki kiyimlar va boshqa tikuv buyumlari, poyabzal, bosh kiyimlar uchun) va bo‘yi (kiyim-kechak va ichki kiyimlar uchun) ko‘rsatilgan holda yorliqlarga ega bo‘lishi kerak. Sotuvchi xaridorga tikuv, ustki trikotaj buyumlar, bosh kiyimlar, mo‘ynali tovarlar va poyabzalni kiyib ko‘rish uchun sharoitlar yaratishi kerak. Ushbu maqsadda savdo zallari banketka yoki skameykalar, qo‘ygichlar o‘rnatilgan, kiyim kiyib ko‘riladigan oynali xonalar bilan jihozlanishi kerak. Xaridorga sotishda jun gazlamalar, vatin va boshqa og‘ir, hajmli gazlamalarni kiyib ko‘rish peshtaxta (stol) erkin holatda yig‘ilmasdan turgan gazlamaga qattiq standart metrni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nozik v
Доказательный фрагмент
«To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim- kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poy…»
Образец извлечения
Демо-превьюTo‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim- kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- trikotaj buyumlar, to‘qimachilik tovarlari, mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal buyumlari, O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari, tikuv tovarlari, Kalit so‘zlar: chakana savdo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026