Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUQNALAR HAQIDA TUSHUNCHA VA TURLARI
Usmonaliyeva Dilorom Baxtiyorovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada huqnalar haqida tushuncha va turlari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: anus, Esmarx krujkasi, qabziyat, endoskopiya, rengonologik tekshiruv, bavosil, zaharlanish. THE CONCEPT AND TYPES OF HEMORRHOIDS Annotation: This article discusses the concept and types of hemorrhoids and provides important recommendations by the author. Keywords: anus, Esmarch's cup, constipation, endoscopy, x-ray examination, hemorrhoids, poisoning Sog'lom odamning ichi m untazam ravishda kuniga bir marta bir paytda bo‘shaladi. Ayrim kasalliklarda bemorlarda ich kelishi to'xtaydi (qabziyat). Bunday hollarda ichni yumshatadigan mahsulotlar, surgi dorilar, shuningdek, huqnalar qo'llaniladi. Huqna deb, davo va tashxis maqsadida yo'g'on ichakning pastki bo'lagiga turli suyuqliklarni kiritishga aytiladi. https://scientific-jl.com/luch/ 7 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 Huqnalarning: tozalovchi, sifonli, oziqli, dorili, tomchili, moyli turlari bo'ladi. Huqna uchun Esmarx krujkasidan foydalaniladi. Krujka tubida uzunligi 1,5 va diametri 1 sm bo'lgan yo'g'on devorli rezina naycha kiydirilgan so'rg'ichli teshik, naycha uchida esa suyuqlikning ichakka tushishini boshqarib turadigan jo'mragi bo'ladi. Nay choyning erkin uchiga uzunligi 8 - 10 smli ebonit yoki plastmassadan yasalgan uchlik kiydiriladi. U but-butun va chetlari silliq bo'lishi kerak. Ishlatilgandan so'ng uchlikni sovun bilan iliq suv ostida yuviladi, 1% li xloramin eritmasida 30 daqiqa zararsizlantiriladi. Tozalovchi huqna Kerakli ashyolar: Esmarx krujkasi, vazelin, uchlik, tog'ora, iliq suv, kushetka, kleyonka, tuvak, osib qo'yish uchun shtativ, termometr. Ко‘rsatmalar: 1) ich kelmay qolishi; 2) operatsiyalarga, yo'g'on ichakni endoskopiya qilish va rentgenologik tekshirishlarga tayyorlash; 3) zaharlanish va intoksikatsiyalar; 4) davo, oziqli va tomchili huqna qilish oldidan. Monelik hollari: 1) to'g 'ri va yo'g'on ichakdagi yallig'lanish hollari; 2) qonab turadigan bavosil; 3) to'g 'ri ichakning tushishi; 4) me’da va ichaklardan qon oqishi. Muolaja algoritmi: 1. Xona haroratigacha bo'lgan oddiy suv yoki romashkadan tayyorlangan qaynatma, zararsizlantirilgan uchlik, vazelin tayyorlanadi. 2. Esmarx krujkasiga uy haroratiga ega bo'lgan 1,5 litr suv quyiladi, krujka yuqoriga ko'tariladi, uchlik pastga tushiriladi va jo'm rakni ochib, ozroq m iqdorda suv bilan birga, undagi havo chiqarib tashlanadi. So'ngra rezina naychadagi jo'mrak berkitiladi. 3. Bemorni kushetka chetiga kleyonka to'shab, chap yonboshi bilan, oyoqlari bukilib, qorniga tortgan holda yotqiziladi. https://scientific-jl.com/luch/ 8 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 4. Uchlikka yaxshilab vazelin suriladi va chap qo'l bilan bemorning dumbalarini kcrib orqa chiqaruv teshigiga asta-sekin kiritiladi. Uchlikni avval yuqoriga va oldinga 8—10 sm kiritiladi, so‘ngra aylanm a yengil harakatlar bilan tashqi sfmkter qarshiligini yengib, birmuncha orqaga buriladi. 5. Esmarx krujkasi 1 m balandlikkacha ko'tariladi va suv bosim ostida yo'g'on ichakka tushadi. 6. Eritma kirtilgandan so'ng jo 'm ra k yopiladi va aylanm a harakat qilib uchlik asta-sekin chiqariladi. 7. Muolaja tugagach, krujka yuviladi, quriguncha artiladi va ustiga doka yoki sochiq yopib qo'yiladi. 8. Ayrim hollarda axlat yig'indisi shunchalik qattiq bo'ladiki, huqn a qilishga imkon bo'lmaydi. Bunday hollarda axlatni to'g'ri ichakdan vazelin surtilgan rezina qo'lqop taqib, barmoq bilan chiqarishga to'g'ri keladi . Sifonli huqna Odatdagi tozalash huqnalari ta’sir qilmagan hollarda sifonli huqnalar qo'llaniladi. Kerakli ashyolar: rezina naycha, voronka, ko‘za, uchlik, paqir, iliq suv, tog'ora, kleyonka, kushetka. Ко‘rsatmalar: 1) ichakning tutilib qolishi; 2) zaharlanish; 3) davolash m aqsadida gazlarni haydash va y o 'g ‘on ichakning yuqori qismini yuvish. ichakning tez bo‘shalishi uchun sifon usuli (ichakni ko'p marta yuvish) eng yaxshi usul hisoblanadi, bu usulda tutashadigan idishlardan foydalaniladi. Bunday idishning biri ichak, ikkinchisi to'g'ri ichakka kiritiiadigan rezina naychaning tashqi uchidagi voronkadir. https://scientific-jl.com/luch/ 9 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 Muolaja algoritmi: 1. Sifonli huqna uchun uzunligi 1,5 m , diam etri 1,5 sm steril rezina naycha, 0,5 litr suyuqlik sig'adigan voronka, zararsizlantiruvchi eritma yoki qaynatilgan suv, ko'zacha, chelak, vazelin tayyorlanadi. 2. Bcmor chap yonboshi bilan yoki chalqancha yotqiziladi, tagiga kleyonka to'shaladi, karavoti yoniga chelak va suyuqlik solingan ko'za qo'yiladi. 3. Rezina naycha uchiga yaxshilab vazelin suriladi, to'g'ri ichakka aylanma harakat bilan kiritiladi. 4. Voronkani bem or tanasidan ozgina pastda qiya holda tutish lozim. So'ngra uni suyuqlik bilan to'ldirib tana ustidan 0,5 m masofaga ko'tariladi (suv ichakka kctadi). Suv kamayib voronkaning toraygan qismiga yetgach, uni tog'ora tepasidan tushiriladi va voronka suvga to'lm aguncha to'nkarilmaydi. Voronkaning bu holatida havo pufakchalari, axlat boNakchalari yaxshi ko'rini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada huqnalar haqida tushuncha va turlari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada huqnalar haqida tushuncha va turlari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- anus, Esmarch's cup, constipation, endoscopy, x-ray, zaharlanish., hemorrhoids, endoskopiya, qabziyat, rengonologik tekshiruv, Esmarx krujkasi, poisoning, bavosil, Kalit so'zlar: anus, x-ray examination, Keywords: anus
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025