Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MODERN USLUBIDAGI HIKOYALARDA MILLIYLIK
Qodirova Sevinchoy Azim qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article analyzed the role and characteristics of modernism in literature. The importance of the national language in modern stories, national traditions, historical events and cultural elements were analyzed. How writers express the language and culture of their country, and the relationship between personality and individualism were discussed. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 Key words: Modern style, modernism, nationality, story, tradition, value, history, hero, period, character, image. Modernizm G‘arbiy Yevropa adabiyotida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sahnaga chiqdi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, modernizm – bu zamonaviy san’at va adabiyotdagi yangi uslubiy ta’limot hisoblanadi. Uning adabiyot va san’atda namoyon bo‘lishi aslo tasodifiy emas. Tez orada adabiyotda modernistik asarlar yuzaga kela boshladi. Modernizm adabiyotida yaratilgan hikoyalarni o‘rganar ekanmiz, ijodkorlar har bir insonni alohida bir olam sifatida tasvirlashga uringaniga amin bo‘lamiz. Hayot haqiqatini anglab, o‘z ruhiyatini taftish qiladigan qahramonlar yaratish orqali badiiy olamni haqiqatga aylantirmoqdalar. Bunday g‘oyalarni Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi, Ulug‘bek Hamdam yaratgan hikoyalar orqali kuzatish mumkin. Modern hikoya yoki qissaga yana bir misol qilib Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasini olsak bo‘ladi. “Qora kitob” shayton kutkusini o'z hayotiga dasturulamal etib olgan va uni o‘z farzandlari tarbiyasiga ham singdirgan va alaloqibat o'z xatosini ilg‘ab etgan kishining boshidan kechirganlari haqidagi asardir. Qissa mohiyat yetmish yoshga chiqib o‘zligini o‘z qilmishi va hayotidagi mavqeni anglab olgan kishilarni eslatadi. Qahramon turmushning past-balandini, achchiq-chuchugini, yaxshi-yomon ko‘rgan inson sifatida kelgan xulosalari o‘ta tushkun ruhda tasvirlanadi. Uningcha "odamzoddan umid qiladigan narsaning hammasi o‘lgan. Hammasi halok bo'lgan". Hamma narsa boy berilgan barbod bo'lgan. "Endi buni hech narsa qutqara olmaydi. Na go‘zallik na ishonch, na ezgulik". Belinskiyning fikriga ko‘ra, “Milliylik yozuvchining xizmati emas, balki ijodning shoir tomonidan uncha zo‘r berishni talab qilmaydigan zaruriy shartdir.... Milliylik shoirni ulug‘ qilmaydi, balki buyuk talant shoirni milliy qiladi... agarda https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 asar badiiy bo‘lsa, u o‘z-o‘zidan milliy bo‘ladi”. N.V.Gogol ham milliylik tog‘risida gapirib: "Milliylik sarafani (ayollar kiyimi) – portret tasvirlashda emas", deydi. Binobarin, milliylik badiiy asarga, undagi voqealar, obrazlar tizimi, ularning xarakteri hamda portretiga kiygizilgan libosdir. Qardosh xalqlar adabiyotida milliylik turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Xususan, “Muxtor Avezov asarlaridagi ijobiy qahramonlar siymosida qozoq xalqining milliy belgilarini ko‘rsak, Berdi Kerboboyev asarlaridagi qahramonlar orqali turkman milliy xarakterini, Chingiz Aytmatov qissalarida qirg‘izlarga xos xislatlarni va Oybek romanlarida o‘zbek milliy xarakterini ko‘ramiz. Amnmo M.Avezov ham, B.Kerboboyev ham, Ch.Aytmatov ham, Oybek ham o‘zlari mansub bo‘lgan xalqning milliy xarakterini mahorat bilan badiiy ifodalash orqali umuminsoniy g‘oyalarni ko‘tarib chiqqanlar. Milliy xususiyat xalqning urf-odatlari, tarixiy an’analari, o‘ziga xos tafakkur tarzlari, til xususiyatlari, ayni xalq yashayotgan joyning relyef-toponimik belgilari kabilarda ham yaqqol ko‘rinadi” [2.88]. Badiiy adabiyotda obrazlarning tashqi ko‘rinishi, xatti-harakatlari, nigohlari orqali o‘zbekona urf-odat hamda an’analarni, faqat o‘zbeklargagina xos bo‘lgan mentalitet, yurish-turish, xatti-harakat, kiyim-kechak, yuz, qo‘l, oyoq va butun tana harakatlarida milliylikni o‘zida mujassam etadi. Masalan Normurod Norqobilovning “Kurash” hikoyasi o‘z qadriyatlari va zamonaviy hayotning murakkabliklarida harakat qilishda o‘z merosini hurmat qilish muhimligi haqida fikr yuritishga chaqiradi. Bunda “Kurash” anʼana va oʻzgarish, kuch va zaiflik oʻrtasidagi abadiy kurash, shaxsiy va oilaviy shaʼni uchun tinimsiz izlanishning dalilidir. Hamida momoning ichki qarama-qarshiligi va uning oila merosidan og‘ish deb bilgan narsani tuzatishga bo‘lgan qat’iyati ko‘rsatilgan. U Shomurodga jarohati uchun emas, balki o‘zi uchun qadrli bo‘lgan or-nomus va halol o‘yin tamoyillarini singdirish istagida qarshi turadi. Bu oʻzaro taʼsir “Kurash”ning mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam etgan — bu nafaqat jismoniy kuch, balki maʼnaviy butunlik va oilaviy burch kurashidir. Uning xarakteri o‘tmish va bugun https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, otasi To‘rapolvondan qolgan boy merosni o‘zida mujassam etgan. Yozuvchi undan zamonaviy chaqiriq va o‘zgarishlar sharoitida muqaddas qadriyatlarni saqlab qolish muhimligini ta’kidlash uchun foydalanadi. Momoning o‘g‘li Shomurodning kurashdagi shafqatsiz usulini ma’qullamagani, uning kurashning haqiqiy ruhiga sodiqligini, u shunchaki g‘alabadan ko‘ra
Доказательный фрагмент
«This article analyzed the role and characteristics of modernism in literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzed the role and characteristics of modernism in literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Modern style, modernism, nationality, story, tradition, value, hero, Ключевые слова: Стиль модерн, история, history, davr, tasvir., персонаж, xarakter, традиция, image., ценность, период, национальность, модернизм, urf-odat, Key words: Modern style, tarix, period, Kalit so‘zlar: Modern uslubi, герой, qadriyat, qahramon, modernizm, hikoya, milliylik, образ., character, сюжет
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025