К содержанию
РецензированоRU2025

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI “SUVDA SUV IZLAGAN BALIQLAR” HIKOYASINING O‘ZIGA XOS SUJETI

Otabayeva Dilnoza Davronbek qizi · Qodirova Sevinchoy Azim qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article analyzed the unique plot of Alisher Navoi's "Saddi Iskandariy" story "Fish looking for water in the water". Also, the symbols in the story and their characteristics were revealed. Although this story is short, it has a https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 great meaning. The story tells about fishes who live in water but do not know that they are living in water, and when they know they are lost in water. Key words: epic, story, symbol, symbol, subject, image style, structure of the work Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlari ichida yakunlovchi dostoni “Saddi Iskandariy” dostoni hisoblanadi. Asar 1485- yilda yaratilgan bo‘lib, 89 bob, 7215 baytdan iborat. Bu doston Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asar hisoblanadi. Doston aruzning mutaqorib bahrida, turkiy tilda yozilgan. Dostonda Iskandarning yurishlari, sayohat va sarguzashtlari, Arastu va boshqalar bilan suhbati va hikoyalar tasvirlangan. Asarda “Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasi keltiriladi. Hikoyada o‘zi suvda, daryoda bo‘la turib, yanada ulkanroq suvni orzu qilgan baliqlar to‘dasi haqida gap boradi. Baliqlar bir baliqning gapiga kirib, nahang kezib yuradigan girdobga suzib borishadi. Ularning qismati fojiaga aylanadi. Bolig‘larga tushganda dardu firoq, Ki, bir-birdin o‘lmish edilar yiroq, Borin yutti bir-bir nahangi fano, Ichi javfida jam' qildi yano. [3.738] Nahang ularni yutib yuboradi. Girdobda turli tomonga ketib, bir-biridan yiroqlashgan baliqlar nahang qornida yana jam bo‘ladilar. Baliqlar - qanoatsizlik, noshukurlik timsoli. O‘zi suvda bo‘la turib, yana boshqa suvni orzu qilish kaltabinlikdir. Ularni girdob sari boshlagan baliq esa, aqlsizlik, aldov ramzi hisoblanadi. “Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasi “Saddi Iskandariy” dostonidagi kichkina bir hikoya hisoblanadi. Lekin shu kichkina hikoyaning ma’nosi bir butun doston bilan bog‘liq desak ham bo‘ladi. Bu hikoyada, suvda yashab turib, o‘zlari suvda ekanligini bilmagan bilganida esa kech bo‘lgan baliqlar to‘dasi haqida https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 bo‘ladi. Degizda G‘ovvoslik qiladigan odam bu hikoyani aytib beradi. Dengizdagi baliqlar to‘dasi suvda bo‘lsalarda doyimiy holda suv izlashadi, qachon suvni ko‘ramiz deb orzu qilishadi, ya’ni ular suvni nima ekanini bilmas edilar, suvni rangi qanaqa tami qanaqa ularning fikri hayoli shunda edi. Bir kuni ularning ichida bir baliq shunday deydi. “Eshitishimcha falon joyda qari -qartang bir naxang bo‘lib, u dengizning ostida va ustida sayr qilib yurar emish. Ehtimol, o‘sha nahang suvdan darak topgandir ko‘p sirlarni bilar!” deydi.[3.738] Baliqlar uni fikriga qo‘shilib nahangni izlashadi va nahang ularni yutib yuboradi. Ular shundan keyingina, o‘zlari suvda yashashganini suvni suvda payti qadrlashmaganini bilishadi. Bu hikoyada baliqlar timsolida, insonlardagi illatlar tasvirlangan. Hikoyada “Ey odam senda ham ko‘pgina maxfiy hazina bor-u ammo uni bilishga tabing nodonlim qiladi. U xazina senda bekinib yotibdi, yo‘q, sen unga ko‘milib yotibsan ammo bilmasliking senga zarar bermoqda. Bordi-yu, sen, ham dengizning halokatli girdobiga tushub qolsang, sen ham o‘lim nahanga yem bo‘lsang, maqsading yo‘lida g‘arq bo‘lgach, u sirdan vaqf bo‘lasan”, - deyiladi. [3.738] Shu bilan birga, hikoyadagi baliklar suvdan ayrilganlarini, avval suvda yashaganlarini, ammo endi qurtoqlikka chiqib qolganlarini his qilishadi. Bular o‘zlarini bebaho, sabrsiz holda o‘z maqsadlariga yetishish uchun sog‘lom aniqlik va muddatli ogohlilikka ehtiyoj sezishadi. Hikoyaning ma’nosi shundaki, har bir insonning hayotida yoki uning ichida yashirin xazinalar bor, lekin bu xazinalarni topish uchun katta sabr va doimiy intilish zarur. Hayotda ko‘p hollarda odamlar o‘z orzulariga erishishni xohlaydilar, ammo ba’zan ular bu yo‘lda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishadi. “Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasi aynan shu tushunchani mukammal ravishda aks ettiradi. Ularni suvdan ayrilgan baliqlar desak ham bo‘ladi. Bu hikoya dengizdagi baliklarning bir guruhi haqida, ular doimiy ravishda suvni qidirishadi, ammo hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. Suv haqida https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 tasavvurga ega bo‘lmasalar ham, uni topishga intilishadi. Bu hikoya odamlarning orzu va istaklari orqali sabr va aniq maqsadga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Hikoyada baliklarga o‘xshagan odamlar ham ko‘pincha o‘z orzulariga intilishadi, ammo maqsadlarini aniq bilmasdan, faqatgina xayol bilan harakat qilishadi. Baliklarning suvni izlashlari, o‘z hayotlarining muhim qismini – o‘z maqsadlarini topish uchun sarflashlari – aynan shu jarayonni aks ettiradi. Ular bir kunga kelib, bir katta girdobga kirib, maqsadga yetishishga harakat qilishadi, lekin bu jarayon ularni o‘zlaridan ajratadi, hatto hayotlarini yo‘qotishlariga olib keladi. Hikoyaning asosiy g‘oyalaridan biri – maqsadga erishish uchun aniq yo‘lni belgilash zarurligidir. Baliklar suvni doim qidirsalar ham, ular hech qanday tasavvurga ega emaslar,

Доказательный фрагмент

«This article analyzed the unique plot of Alisher Navoi's "Saddi Iskandariy" story "Fish looking for water in the water".»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzed the unique plot of Alisher Navoi's "Saddi Iskandariy" story "Fish looking for water in the water". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
epic, story, symbol, symbol, subject, image style, structure of the, asar tuzilishi, timsol, Ключевые слова: эпос, стиль изображения, Key words: epic, structure of the work, hikoya, sujet, символ, tasvir uslubi, ramz, сюжет, структура произведения., Kalit so‘zlar: doston
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники