Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAZAR ESHONQULNING "TOBUT" HIKOYASIDA FOJIA TALQINI
Marksova Nafosat
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В данной статье также описан широкий анализ повести Назара Эшангула «Гроб» и событий трагедии «Таинственная смерть» в произведении. Ключевые слова: модернизм, символика, загадочный город, узел, образ, общество, Annotation. In this article, a broad analysis of the story "Coffin" by Nazar Eshanqul and the events of the "mysterious death" tragedy in the work were also described. Key words: modernism, symbolism, mysterious city, node, image, society XXI asrning o‘ziga xos yozuvchilaridan biri bo‘lgan modernist Nazar Eshonqul o‘z asarlariga har tomonlama mukammal va universal obrazni olib kirgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitieti professori Bahodir Xoliqov shunday fikrlarni bildirgan: "Nazar Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlarini ham to‘g‘ri tushunish, ularning asarlarini anglash his etish imkoniyatiga ham ega bo‘lamiz". Haqiqatan ham yozuvchi asarlarini o‘qish orqali kitobxon, https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 jahon adabiyoti durdonalarini anglashga, his etishga muvaffaq bo‘ladi. Adibning ijodidagi barcha qahramonlar o‘ziga xos harakterga ega. Yozuvchining boshqalar tushunib bo‘lmaydigan olami mavjud. Asar qahramonlari tashqi tomondan qaralsa, shunchaki telbadek ko‘rishini mumkin, ammo ijodkorning idealidagi insonlar millat va din masalasidan yuqori ko‘tarila olgan umumbashariy g‘oyalar tashuvchisi hisoblanadi. Shunday hikoyalaridan biri "Tobut" hikoyasidir. Bu hikoyaning nomlanishi ham o‘ziga xos. Hikoya sarlavhasini o‘qigan kitobxonda qiziqish uyg‘otadi. Ijodkor o‘quvchilarga bu nom ostidagi hikoya orqali nima demoqchi? Nega aynan "Tobut"? Bu timsol orqali yashiringan qanday ma'no bor? Hikoyaning bugungi kunga aloqasi bormi? Bu kabi savollarga javobni asarni to‘liq o‘qib olgandagina bilib olish mumkin. Tobut bu mayit solinadigan, usti ochiq, 4 oyoqchasi, bosh tomoni kengroq, oyoq tomoni torroq, uzunligi esa 2-2,5 metrga teng , mahrumni qabrga eltish uchun ishlatiladigan moslama. Jasad yerga qo‘yilgach, tobut keyingi jasadni "kutib" bir chekkada turadi. Ba'zi xalqlarda esa mayit tobut bilan birga ko‘miladi. Xullas, tobut yer yuzidagi barcha xalqlarga g‘oyat tanishbo‘lgan, eshigi, tuynugi yo‘q hamda aslo qochib qutilib bo‘lmaydigan go‘shadur. Hozir esa "Tobut" hikoyasi bilan yaqindan tanishib, undagi ramziylik, falsafiylik va undagi asosiy g‘oyalar bilan tanishishga harakat qilamiz. Hikoya konsentrik sujet asosida yaratilganligi bilan kitobxonlar diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Agar o’yin –kulgu , bayram-u tomoshalar allaqachon unut bo’lgan , hamma o’limga tik boqadigan,indamay yuradigan kichik bir jamiyatning tasvirlanishi orqali hikoyani ng mazmuni yoritiladi. Shahardagi dim havo, odamni behuzur qiladigan sassiq hidlarning tasvirlanishi va bu yerga navbatdagi taftish guruhining hikoyasining tugunini toppish maqsadida yuborilganligi bilan boshlanadi. Guruhda ximik me’moorchilikka shunchaki havaskor bu sohada birorta loyihasi qabul qilinmagan bosh qahramon muhandis yigit ham bore di. Asar voqealari shu https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 muhandis tomonidan yoritiladi. Allaqanday sirli o’lim sabablarini aniqlasg uchun kelgan guruh a’zolari ichida muhandisning ham borligi birozgina bo’lsa ham bizni o’yga tortadi. Shahardagi keng tarqalgan g’ayritabiiy o’li, sabablarining no’malumligi va qurib bitkazilganidan 5 oy o’tib bu o’latning jadallashib borayotganligiga allaqachon ko’nikishga ulgurgan shahar aholisi kitobxon tasavvurida o’ziga mos tarzda gavdalanadi. Hikoyada devonaga aylangan obrazga duch kelamiz. Aslida esa bu devona ‘‘ tobut shahar’’ ning me’mori bo’ladi. Bu shahardagi hamma g’amga botgan, o’yin – kulgu allaqachon unut bo’lgan jamiyat taqdiri ta’sirchan tarzda aks ettirilgan. Shaharda hamma narsa mavjud: uylar, do’konlar , maktablar, bolalar maydonchalari. Lekin bu yerda ‘‘toza havo’’yo’q. Yozuvchi taftish guruhini kutib olishga chiqqan shahar hokimi “G’oyat po’rin kiyingan, tepakal, qisqa soqoli did bilan taralgan odam” deya ta’riflaydi. Lekin bu odamda salobat yo’q. Bir so’z bilan aytganda hayot yo’q. “Tobut” hikoyasida bizni o’ziga jalb qiluvchi personaj bu Maoz qabristoni atrofida telbalarcha aylanib yuradigan me’mor. Yuqorida me’mor haqida qisqacha aytib o’tgan edik. U odamlarga kelajak fojealaridan gapirib yuradi. Biroq uning so’zlariga hech kim e’tibor bermaydi. Uni jinniga chiqarishadi. Yozuvchi uni “ Kiyimlari uvada, qaddi bukik, hashamdor va viqorli, shaharni ataylab mashara qilayotganday dog’dug’ga bulangan uzun hirqa kiygan” odam sifatida tasvirlaydi. Me’morning “ Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki. U menga aytib turibdi, men qurib berdim” kabi alamli, dardga to’la so’zlarida o’tmishidan va bugunidan norozi qaddi egik odamlar akaslanadi. Nega me’mor o’zini junnun bo’lishiga, butun aholini tuzalmas dardga chalinishiga sababchi bo’lgan ushbu shaharni aynan tobut shaklida qurgan? Unga bu narsani kim buyurgan? Me’morga vazif
Доказательный фрагмент
«В данной статье также описан широкий анализ повести Назара Эшангула «Гроб» и событий трагедии «Таинственная смерть» в произведении.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье также описан широкий анализ повести Назара Эшангула «Гроб» и событий трагедии «Таинственная смерть» в произведении. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- modernism, symbolism, mysterious city, node, image, society, ramziylik, tugun, Ключевые слова: модернизм, символика, загадочный город, общество, Key words: modernism, jamiyat, sirli shahar, узел, образ, Kalit so‘zlar: modernizm, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024