Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SMIRLARNING ULG’AYISHIDA OILAVIY NIZOLARNING SALBIY OQIBATLARI.
SALBIY OQIBATLARI. · Ziyomiddinova Gulnoza Akramovna (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti sirtqi “Pedagogika va psixologiya”)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
ushbu maqolada oilaviy nizolar ta’sirida ulg’ayib borayotgan o’smirlarning psixologik holatlari hamda bu nizolarning o’smirlar hayotida bir qancha noxush holatlarni, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligi va unga yechim izlash choralari haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: oilaviy nizolar, o’smirlar, salbiy oqibatlar, agressiv, odamovilik. Bugungi kunda oilalarda ko’pgina nizolar kelib chiqishi natijasida oilalarga darz ketmoqda. Turli bahonalar, arzimagan sabablar,er-xotin o’rtasidagi oddiy kelishmovchiliklar oqibatida mamlakatimizda ajrimlar soni tobora ortib bormoqda. Buning natijasida eng avvalo farzandlar ma’naviy jarohat olmoqdalar. Ayniqsa o’smir yoshdagi bolalarga bunday holatlar kuchli ta’sir qiladi. Ota-onalarning doimiy janjallari, bir-birlarini fikr –mulohazalarini inobatga olmasliklari, tushunmovchiliklar, moddiy yoki ma’naviy tomondan kelib chiquvchi muammolar tufayli oila jang maydoniga aylanib qoladi. Buning natijasida o’smirlar o’zlarining psixologik, ijtimoiy va fiziologik rivojlarida zaif bo’ladilar va oiladagi keskinlik ularning kelajakdagi hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Oilaviy nizolar o’smirlarda xavotirlik, tushkunlik o’ziga ishonchsizlik, masuliyatsizlik va boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 3 8 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 O’smirlik bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’smir xulq –atvoridagi salbiy o’zgarishlar sabablarini ijtimoiy omillar bilan bog’lagan V.M.Karimovaning shogirdi A.T.Kadimova – o’smirlarda oilaviy nizolar to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishida oila muhitining xususan ota-onalarning o’zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi masuliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy, psixologik mavqei, oilaviy munosabatlarga tayyorlik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etadi. Shuningdek o’smirlarda aniqlangan nizokashlik to’g’risidagi tasavvurlar o’zaro munosabatlarga nafaqat ota-ona bilan balki, aka-ukalar , opa-singillar o’rtasidagi muomala xarakteriga ham bog’liq ekanligini ham ta’kidlaydi.(“Rivojlanish psixologiyasi” Pedagogik psixologiya kitobi 361-bet.). Oilaviy muhit doimiy janjallar, oilaviy nizolar, o’smirning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. ajralishgacha olib boradigan bunday oilaviy nizolar o’smirning tushkun holatga tushishiga, tengdoshlaridan o’zini olib qochishiga odamovi bo’lib qolishiga va oila a’zolariga nisbatan agressiv munosabatda bo’lishiga olib keladi. Odamovilik – og’ish bo’lib muloqot doirasining taryishi, atrifdagilar bilan emotsional munosabatda bo’lish imkoniyatining kamayishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni o’rnatishda yosh davrlariga xos bo’lgan qiyinchiliklar bilan namoyon bo’ladi. Bu og’ishning sababi quyidagilar bo’lishi mumkin: uzoq davom etgan stress (masala nota-onaning ajralishi) , hissiy muloqotning yetishmasligi (masalan uzoq vaqt kasalxonada bo’lish yoki bazan bolaning ota-ona uchun kutilmagan yoki istalmaganligi, ota-onaning bolaga mehr ko’rsatmasligi), hissiy doiraning emotsional sferaning o’ziga xos individual patalogik xususiyati (psixik jarayonning sustligi) (“Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi” 384-bet). https://scientific-jl.com/luch/ 3 9 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 Odamovilik bolani ahvolini yanada chuqurlashtiradi, yolg’izlikda yashashga o’rganib qoladi. Bu esa turli noxush holatlarni hattoki suitsidal vaziyatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bunga sabab ota-onalar o’rtasidagi o’zaro kelishmovchiliklar, bir-biriga bo’lgan salbiy munosabatlar, o’zaro ajrimlar o’smir tarbiyasida noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyta jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham, O’zbekistonda ham ajralish muammosini o’rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan soha mutaxassislari o’rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu hodisa sabablar, omillari, motivlarini o’rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarni buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko’p zarar ko’radi. Ajralishlar ko’plab noxush hodisalar: noto’liq oilalar sonining ortishi, yolg’izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o’zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. (“Oila psixologiyasi” 184- bet). Hozirgi kunda ushbu muammolar ming afsuslar bo’sinki dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev – oilaviy ajrimlar soni yuqori bo’lib qolayotganligi achchiq haqiqat ekatligini, o’tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganligi buning isboti ekanligini takidlab, - “avvallari biror oila ajrashsa mahallada duv-duv gap bo’lardi,
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada oilaviy nizolar ta’sirida ulg’ayib borayotgan o’smirlarning psixologik holatlari hamda bu nizolarning o’smirlar hayotida bir qancha noxush holatlarni, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligi va un…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada oilaviy nizolar ta’sirida ulg’ayib borayotgan o’smirlarning psixologik holatlari hamda bu nizolarning o’smirlar hayotida bir qancha noxush holatlarni, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligi va un… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o’smirlar, Kalit so’zlar: oilaviy nizolar, odamovilik., agressiv, salbiy oqibatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014