К содержанию
РецензированоEN2017

SPORTCHI BOLALARNI BO`LAJAK MUSOBAQAGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK TAVSIFI

TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK TAVSIFI · Turdiyeva Muxlisa Samandarovna (Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti) · Ruziboyeva Shahzoda Ozodovna (Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti) · Megliyeva Intizor Uzoqovna (Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda sportchining jamiyat hayotida tutgan o`rni, rivojlanish darajasi, sportchi bolalarning o`ziga xos xususiyatlari, ularni musobaqaga tayyorlashning psixologik, fiziologik jihatlari, sportchilarning shakllanishida sport murabbiylari hamda oilaning o`zaro hamkorligi sport faoliyatining yoshlar faoliyatiga ta`siri, musobaqa jarayonida sportchilarda motivlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, sport psixoregulyatsiyasi borasida so’z yuritiladi. Kalit so`zlar: Sportchi bolalar, musobaqa, sport murabbiylari, hissiy- emotsional xususiyatlar, fiziologik jihatlar, sport o`yinlariga psixologik yondashish, sport motivlari, psixoregulyatsiya. Bugungi kunda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada mukammal rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish bugungi kunimizning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mana shu ishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-iyundagi, PQ3031-sonli qarori jumladan, “Jismoniy tarbiya https://scientific-jl.com/luch/ 9 8 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” hamda 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5368-sonli Farmonida mamlakatda aholini ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirish vazifasi yuklatildi.1 Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida yetishib chiqayotgan yosh sportchilarni psixologik hamda fiziologik jihatdan tayyorlash, dastlab sport maktablarida bolalarni qabul qilishda psixologik- pedagogik tashxisdan o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Taniqli nemis psixolog - olimi Kunat shaxsning rivojlanishida doimiy sport faoliyatining ahamiyatini alohida e'tirof etar ekan, quyidagilarni ta'kidlaydi: "Faol sport faoliyati tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash ma'nosida shaxsning rivojlanishiga nihoyatda katta ta'sir qiladi. Chunki sport faoliyati mobaynida inson avvalo o'zini yengishi kerak bo'ladi. Shu sababli ham aytish mumkinki, sportda erishilgan ko'rsatkichlar nafaqat kishining mushaklari va tayanch a'zolarining yutug'i, balki birinchi galda bu shaxsning yutug'idir". Bugungi kunda jahon miqyosida sportchilarning o`rni beqiyosdir, ularga qaratilayotgan e`tibor hamda yaratilayotgan shart-sharoitlarning chegarasi yo`q.Birgina O’zbekiston Olimpiya Qo’mitasi erishgan yutuqlariga qaraydigan bo’lsak, avvalgi yillarga nisbatan 2024-yil Parijda bo’lib o’tgan Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida o’zbek sportchilarining erishgan yutuqlari tahsinga sazovordir. Bu yutuqlar har bir yosh sportchining o’z-o’ziga ishonchning ortishi, buyuk g’alaba sari yo’lning mashaqqatliligi hamda uni bosib o’tish uchun kuchli iroda va matonatga ega bo’lish kabi hislarni uyg’otmoqda. 1 J.Pulatov “Sportchilarni psixologik tayyorlash” o’quv qo’llanma T., 2021 y https://scientific-jl.com/luch/ 9 9 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 Albatta, bularning barchasi o’z-o’zidan bo’lib qolmaydi, bularning zamirida sportchilarning va murabbiylarning tinimsiz mashaqqati va mehnati yotibdi. Murabbiy – bu teran ijodiy shaxsdir. Ijodiy jarayonlar masalalari bo'yicha tadqiqotchilar ijodkor shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga katta e'tibor berganlar. Sport murabbiysi kasbi avvalo pedagogik kasbdir. Ma'lumki, sport - bu insonni tarbiyalashning eng samarali shakllaridan biridir. Bu vazifa bugungi kunda, ya'ni zamonaviy sport yildan - yilga yosharib borayotgan bir paytda yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Sport murabbiylari sportchilarni jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlantirish, ularni maqsadlarga erishishga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydigan mutaxassislardir. Ularning asosiy vazifalari sportchilarni tayyorlash, ularning texnik va taktik ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, sportning psixologik jihatlarini rivojlantirishdir. Sport murabbiylari o‘z ishlarida ilmiy asoslangan yondashuvlardan foydalanadilar va har bir sportchi uchun individual dasturlarni ishlab chiqadilar. Sport murabbiylari va oilaning hamkorligi sportchilarni muvaffaqiyatga erishishda katta ahamiyatga ega. Oila va murabbiy o‘rtasidagi samarali hamkorlik sportchining jismoniy, ruhiy va psixologik holatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Sport o'yinlariga psixologik yondashish, sportchilarning natijalariga, ularning ruhiy holatiga va o'yin jarayonida qanday qarorlar qabul qilishlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Psixologik tayyorgarlik, sportchilarga jismoniy ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda, o'zlarini boshqarish, stressni yengish va diqqatni jamlash kabi ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Psixologik tayyorgarlik bu – pedagogik jarayon bilan bevosita bog`liq bo`lib, sportchini axloqiy-irodav

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda sportchining jamiyat hayotida tutgan o`rni, rivojlanish darajasi, sportchi bolalarning o`ziga xos xususiyatlari, ularni musobaqaga tayyorlashning psixologik, fiziologik jihatlari, sportchi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda sportchining jamiyat hayotida tutgan o`rni, rivojlanish darajasi, sportchi bolalarning o`ziga xos xususiyatlari, ularni musobaqaga tayyorlashning psixologik, fiziologik jihatlari, sportchi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fiziologik jihatlar, hissiy-emotsional xususiyatlar, musobaqa, sport o`yinlariga psixologik yondashish, Kalit so`zlar: Sportchi bolalar, psixoregulyatsiya., sport motivlari, sport murabbiylari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники