Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROT XAVFSILIGIGA TAHDID TUSHUNCHASI
Akbarova Sayyora Odiljonova
Лучшие интеллектуальные исследования · 2003
Аннотация
‘Mazkur maqola texniumining o’qituvchi va o’quvchilariga mo’ljallangan. uslubiy ishlanmasi TTS-tarmoq ta’lim standarti talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish o’quv amaliyotiga oid bilimlarining salmog’iga bog’liq.Shu sababli o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan. Ta’lim oluvchilar uchun mavzu bo’yicha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnik shartlar texnologik talablar va yo’l -yo’riqli xarita yoritilgan bugungi kun talablari uchun bo’yicha zaruriy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o’sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog’liqligi sharoitida mashina vaqtining yo’qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi. Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida dunyo miqyosidagi yo’qotishlar 2002 yildagi barcha yo’qotishlar yig’indisining 50%ini tashkil etgan, yoki bo’lmasa 2006 yilning o’zida Rossiya Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan. https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 9 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo’ladi: kompyuterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot hajmining oshishi; ma’lumotlar bazasida muhimlik va mahfiylik darajasi turli bo’lgan axborotlarning to’planishi; ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash tarmoq resurlaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi; masofadagi ishchi joylar soninig oshishi; foydalanuvchilarni bog’lash uchun Internet global tarmog’ini va aloqaning turli kanallarini keng ishlatish; foydaluvchilar kompyuterlari o’rtasida axborot almashinuvining avtomatlashtirilishi. Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, so’z barcha axborot xususida emas, balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega bo’lgan qismi xususida ketyapti. Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 0 Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025 manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi. Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o’lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va korporativ axborot tizimlariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari kiradi. Ba’zida bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi xatoliklar sabab bo’lgan tizimning to’xtashi yoki bo’zilishi) to’g’ridan to’g’ri zararga olib keladi. Ba’zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin bo’lgan nozik joylarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Global axborot tarmog’ida ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi ham bo’lishi mumkin, oxirgisi ayniqsa xavfli. Zarar o’lchami bo’yicha ikkinchi o’rinni o’g’irlashlar va soxtalashtirishlar egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash choralari bilan a’lo darajada tanish bo’lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor bo’lib chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog’langan quvvatli axborot kanalining mavjudligida, uning ishlashi ustidan yetarlicha nazorat yo’qligi bunday faoliyatga qo’shimcha imkon yaratadi. Xafa bo’lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va juda samara bilan ziyon yetkazishlari mumkin. Xodim ishdan bo’shaganida uning axborot resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishi nazoratga olinishi shart. Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin qilingan urinishlar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil etadi. Bu kattalik anchagina bo’lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash tajribasi ko’rsatadiki, qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish urinishlariga https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 1 Часть
Доказательный фрагмент
«‘Mazkur maqola texniumining o’qituvchi va o’quvchilariga mo’ljallangan.»
Образец извлечения
Демо-превью‘Mazkur maqola texniumining o’qituvchi va o’quvchilariga mo’ljallangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lishi mumkin, https scientific-jl, scientific-jl com, com luch, korporativ axborot, mumkin lgan, ega lgan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026