К содержанию
РецензированоUZ2025

O'QUVCHI YOSHLAR O'RTASIDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK ASOSLARI.

Rajabova Dilshoda Ziyodullo qizi (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti) · Haydarova Mahliyo Hazratovna (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti) · Igamberdiyeva Kamola Ochilovna (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti)

Лучшие интеллектуальные исследования · 305-309 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan maktab oʻquvchilarini ommaviy sportga qiziqtirish masalalari, shuningdek bugungi kundagi maktab oʻquvchilarining jismoniy faolligi va rivojlanishi pastligi muammo sifatida oʻrganilgan va tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sport, ommaviy sport, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya me’yorlari Bugungi kunda oʻquvchi-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish deganda har bir o‘quvchining kundalik hayotda salomatlik uchun foydali bo‘lgan odatlarga o‘rgatish, zararli odatlardan tiyilishiga erishish, foydali va xavfsiz turmush kechirish uchun zarur bilimlar bilan ta’minlash, oxir-oqibatda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bunday bilimlarini uning kundalik odatiga aylantirishga erishishni tushunmoq kerak, Har bir o‘quvchi tomonidan sog‘lom turmush tarzining turli xil elementlarini shoshilmasdan, bosqichma-bosqich o‘zi kundalik hayotiga kirita borishi, ularning sonini kun sayin oshirib borishi, turli- tuman va ko‘p sonli sog‘lom yashash odatlaridan o‘zi uchun eng qulay, salomatligiga mos shakllarini tanlay bilishi - sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi sababli so‘z faqat jismoniy salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni paytda o‘quvchining shaxsiy sifatlarini oshirishga, o‘z salomatligi uchun qayg‘urishiga, irodali bo‘lishga salomatligini oliy qadriyat sifatida qadrlay bilish hissini uyg‘otishga ham qaratilishi lozim. Olimlar sog‘lom turmush tarzi sohasida o‘tkazgan tadqiqotlarni umumlashtirib, o‘quvchi-yoshlarning salomatligi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning tibbiy jihatlarini shaxsiy gigiyena, jamoa salomatligini muhofaza qilish, tashqi muhitni muhofaza qilish kabi uchta tizimga ajratadilar. Salomatlik o‘quvchi-yoshlar tomonidan egallangan bosh ijtimoiy boylikdir. Bu esa davlat tashkilotlari tomonidan, o‘quvchi yoshlar salomatligini yaratib, dolzarb muammolardan biri sifatida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga olib keladi. Oʻquvchilar hayotda oʻz oʻrinlarini endi topayotgan va rivojlanayotgan bir paytda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, yoshlik davrida orttirgan malakava ko‘nikmalar butun umrga asos boʻlib xizmat qiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oʻquvchi-yoshlarda turli xil kasalliklarning kelib chiqishi va avj olishiga sabab bo‘ladigan xavfli omillarni chetlab o‘tish va yengishga qaratilgan ijtimoiy va shaxsiy faolligi, amaliy harakat shakli, usuli va turlari majmuasidan iborat bir qator chora-tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uning tub maqsadi aholining o‘rtacha umr ko‘rish muddatini uzaytirishga, o‘quvchilarning mamlakat ishlab chiqarish jarayonida faol va samarali ishtirokini, yagona ezgu maqsad - yurtimizning gullab-yashnashi, xalq farovonligi, uning milliy daromadini o‘stirishga hissa qo‘shishini ta’minlashga qaratilgandir. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish deganda avvalo kasallikning birlamchi profilaktikasini tushunishimiz kerak. Salomatlik bu inson hayotida, ayniqsa, yoshlik chog‘larida eng muhim ahamiyatga ega.Insonning salomatligi uning https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 kasbiy qobiliyatiga, ijodiy oʻsishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Salomatlik inson omilining tabiiy asoslariga ta’sir etishini qayd etish muhim ahamiyat kasb etadi.Sog‘lom inson, salomatligi yomon insonga nisbatan og‘irroq ishni bajarish va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Jamiyatning zamonaviy tarbiya konsepsiyasi inson shaxsini, ya’ni yetuk qo‘yilgan maqsadga erkin va o‘z kuchi bilan erisha oladigan yoshlarni shakllantirishga asoslangandir. Bu bir tomondan, shaxsning har tomonlama rivojlanishini, ikkinchi tomondan, uning butun rivojlanishi jarayonida ham ruhiy, ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom o‘sishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Inson hayoti va sog‘ligi eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu esa oila, va inson tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar oldiga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalasini qo‘yadi. Millat sog‘ligi tabiiy ravishda, sog‘lom turmush tarzi orqali ham hal etiladi.Inson hayoti tarzi tabiati bilan uyg‘unlikda kechadi. Insonlar tomonidan sodir etilgan salbiy xatti-harakatlar natijasida tabiat muvozanati ham buzilishi mumkin. Buning oqibatida ushbu xatti - harakatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Darhaqiqat, tabiat, shuningdek, atrof-muhit musaffoligiga erishish kishilar o‘rtasida keng yoyiladigan va inson salomatligiga jiddiy xavf soladigan kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida asosiy manba bo‘luvchi omillar bu issiq va sovuq havo, ochlik, ruhiy istirob, buzilgan taomni iste’mol qilish, tozalik va atrof-muhit ozodaligiga rioya qilmaslik, turli zararli kemiruvchi va hashoratlarning ko‘payishi kabilar havoning iflosla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan maktab oʻquvchilarini ommaviy sportga qiziqtirish masalalari, shuningdek bugungi kundagi maktab oʻquvchilarining jismoniy faolligi va rivojlanishi pastligi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan maktab oʻquvchilarini ommaviy sportga qiziqtirish masalalari, shuningdek bugungi kundagi maktab oʻquvchilarining jismoniy faolligi va rivojlanishi pastligi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jismoniy tarbiya me’yorlari, Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, ommaviy sport, sport
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники