Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UY XO‘JALIKLARI DAROMADLARINI OSHIRISHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALASI
Imomboyeva Oyminisa Munisovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article discusses the issue of developing entrepreneurial activity to increase household income. Keywords: households, family, entrepreneurship, market economy, sustainable, financing, household, income. Xonadon xoʻjaligi - oʻz isteʼmolini birgalikda qondirish yoʻlida pul daromadlari va moddiy mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda birlashtirgan, uy roʻzgʻori umumiy boʻlgan kishilar guruhi. Xonadon xoʻjaligi oila asosida tashkil topadi. Biroq u oila aʼzosi boʻlmagan kishilarni, chunonchi oilasi yoʻqlarni, xonadonda https://scientific-jl.com/luch/ 5 6 Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025 yashovchi xizmatchilar, enagalar, murabbiylar, uy oʻqituvchilari va tarbiyachilarni ham oʻz ichiga oladi. Bir oʻzi mustaqil yashaydigan soʻqqabosh (oilasiz) kishilar ham Xonadon xoʻjaligini tashkil etadi. Xonadon xoʻjaligining asosiy belgilari xonadon aʼzolari byudjetining umumiyligi (toʻliq yoki qisman), roʻzgorining bir boʻlishi, doimiy birga yashashi va ovqatlanishi. Xonadon xoʻjaligi xalqaro statistikada qabul qilingan muhim statistik birlik hisoblanadi. Xonadon xoʻjaligi turli mezonlarga qarab guruhlashtiriladi. Ijtimoiy- demografik mezonga koʻra — soʻqqaboshlar xonadoni, bir oilali xonadon, koʻp oilali xonadon, oila aʼzolaridan tashqari begonalarni ham birlashtiruvchi xonadonlarga; ijtimoiy ahvoli mezoniga koʻra — ishchi, xizmatchi, dehqon, tadbirkor va pensionerlar xonadonlariga; daromadi miqdori mezoniga koʻra — oʻta kambagʻallar, kambagʻallar, oʻrta hollar, boylar va oʻta boylar xonadonlariga boʻlinadi. Xonadon xoʻjaligi firmalarga bozor orqali turly resurslarni, chunonchi mehnat resurslari, moliya resurslari va kapital resurslarni yetkazib beradi, firmalardan esa tovar va xizmatlarni sotib oladi, davlat koʻrsatadigan ijtimoiy, yaʼni bepul xizmatlardan foydalanadi. Xonadon xoʻjaligi iqtisodiyotda soliq toʻlash, isteʼmolchi boʻlish va jamgʻarma hosil etishdek vazifalarni bajaradi. Bulardan asosiysi isteʼmolchi boʻlishdir. Xonadon ahli davlatga toʻgri va efi soliqlarni toʻlaydi, bu esa byudjet uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Koʻpchilik mamlakatlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning yarmidan koʻpi Xonadon xoʻjaligida isteʼmol etiladi. Oʻzbekistonda Xonadon xoʻjaligi daromad manbalari mehnatdan va mol- mulkdan, tadbirkorlikdan olingan va davlat transfertlaridan, tomorqa daromadidan iborat. Bular amaliyotda ish haqi, foyda, foiz, dvidend, ijara haqi, tomorqadan tushum, pensiya, nafaqa va stipendiya kabilardan iborat boʻladi. Daromadlarning asosiy qismi isteʼmolga yoʻnaltiriladi. Biroq Xonadon xoʻjaligi isteʼmolining bir qismi natural (moddiy) shaklga ega boʻladi, yaʼni xonadonlar oʻzi ishlab chiqargan https://scientific-jl.com/luch/ 5 7 Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025 oziq-ovqat mahsulotlarini oʻzlari isteʼmol etadilar. Natural isteʼmol koʻpincha dehqonlar va fermerlar xonadoniga xos boʻladi. Oʻzbekiston xonadonlari natural isteʼmol hissasining kattaligi bilan tavsiflanadi (20—25%). Xonadon xoʻjaligi isteʼmolining hajmi uning topgan pul daromadiga, natural tushumlar miqdoriga, xonadondagi ishlovchilar (daromadiga ega boʻlganlar) va boqimandalar (qaramogʻdagilar) soniga bogʻliq. Xonadonning isteʼmol xarajatlari demografik tarkibdan tashqari uning daromad manbalariga, qaysi toifaga mansubligiga ham bogliq. Isteʼmolning miqdori va tarkibi jihatdan Xonadon xoʻjaligi quyidagicha tartiblanadi: tadbirkorlar, xizmatchilar, ishchilar, dehqonlar va pensionerlar xonadonlari. Xonadon xoʻjaligi isteʼmolining tarkiban farqlanishi hududiy iqtisodiy salohiyatga qarab daromadlarning farqlanishi, kasbkor, yashash sharoiti va turmush tarzining har xil boʻlishga ham bogliq. Xonadon xoʻjaligi isteʼmoli bozor hajmini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi, uning tovar bozoridagi talabi jami talabning 50—60% ni tashkil etadi. Isteʼmol uchun Xonadon xoʻjaligi xaridining ortib borishi iqtisodiyot uchun ijobiy holat hisoblanadi. Xonadon xoʻjaligining daromadi ulishi, isteʼmol sarflaridan ortib qolgan taqdirda jamgʻarma hosil boʻladi. Shu sababli jamgʻarish koʻpincha oʻziga toʻq xonadonlarga xos. Xonadon xoʻjaligi invenstitsiyasi moddiy va moliyaviy aktivlar hosil etishga yoʻnaltiriladi. Birinchi holda xonadon biznesda moddiy kapital hosil etiladi, yaʼni imoratlar quriladi yoki ijaraga olinadi, asbob-uskuna, turli ashyolar xarid qilinadi. Dehqon xonadonida bu mahsuldor hayvonlarni koʻpaytirish, xoʻjalik obʼyektlarini qurishga pul sarflashdan iborat boʻlib, noisteʼmol tavsifidagi xarajatlarni yuzaga keltiradi. Uy xo‘jaligi tushunchasi birgalikda yashovchi, umumiy xo‘jalik yurituvchi insonlarni qamrab oladi. Uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmagan, biroq uy xo‘jalikligi budjetiga o‘zining daromadlari, ulushini qo‘shuvchi shaxslarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Misol tariqasida fermer xo‘jaliklari a’zolari yoki birga yashovchi https://scientific-jl.com/luch/ 5 8 Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025 uy xizmatkori. Uy xo‘jaligi o‘zining daromad manbaiga ega bo‘lgan bir kishidan ham iborat bo‘lishi mumkin. Uy xo‘jaligi moliya munosabatlaridan tashqarida bo‘lishi mumk
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issue of developing entrepreneurial activity to increase household income.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issue of developing entrepreneurial activity to increase household income. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- households, family, entrepreneurship, market economy, рыночная экономика, income., семья, финансирование, bozor iqtisodiyoti, oila, устойчивый, предпринимательство, Keywords: households, Kalit so‘zlar: uy xo‘jaliklari, Ключевые слова: домохозяйства, financing, barqaror, tadbirkorlik, домохозяйство, household, moliyalashtirish, sustainable, xonadon xoʻjaligi, daromadlar., доход.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026