Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA OTA-ONALARNING ISHTIROKI
OTA-ONALARNING ISHTIROKI · Sagdullayeva Nilufar Mamirjanovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotida va boshqaruvida ota-onalar ishtirokining o’rni va ahamiyati tahlil etilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kuzatuv kengashlarini tashkil etishning mohiyati va huquqiy asoslari, shu bilan birgalikda ota-onalar ishtirokining boshqa shakllari tadqiq etilib, mazkur masalada taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim tashkiloti, boshqaruv, kuzatuv kengashi, ishtirok, hamkorlik. Annotation: This article analyzes the role and importance of parents' participation in the life and management of a preschool educational organization. The nature and legal basis of the organization of monitoring councils in the preschool education organization, as well as other forms of parental participation, were studied, and proposals and recommendations were developed in this regard. Key words: preschool education organization, management, supervisory board, participation, cooperation. Hozirgi vaqtda bolani tarbiyalashning samaradorligi ko'p jihatdan maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilaning o'zaro hamkorligiga bog'liq. Bolalar ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan ishlash tizimi ularning ushbu tashkilotini boshqarishda faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari huquqiy jihatdan bolalar bog'chasining jamoasi hisoblanmasa-da, lekin ular o'z farzandlari uchun uning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishidan manfaatdor. Ular muayyan ma’noda ijtimoiy buyurtmachilar hisoblanishadi, shuning uchun ular https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 1 Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025 maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga ta'sir qilish va unda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida (51-modda) ota-onalar ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotni boshqarishda ushbu tashkilot ustavida belgilangan shaklda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish huquqiga ega ekanliklari qayd etilgan. Bugungi kunda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatuv kengashlarini tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalar bog‘chasida bolalar xavfsizligi va yashash sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni hal etishga faol ta’sir ko‘rsatishning noyob imkoniyatiga ega. Aynan ota-onalarning kuzatuv kengashi faoliyatidagi ishtiroki ularga maktabgacha ta'lim tashkilotini kollegial boshqarish jarayoniga jalb qilish imkonini beradi. Kuzatuv kengashi davlat va jamiyat boshqaruvining yangi organi bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng ta’lim tashkilotida uning boshqaruvini tashkil etadi. Kuzatuv kengashining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ota-onalar va homiylik kengashiga nisbatan kattaroq vakolatlarga ega va uning qarorlari maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati a’zolari uchun majburiydir. Bu maktabgacha ta'lim tashkilotining nizomida belgilangan vakolatlarga ega bo'lgan o'zini o'zi boshqarishning kollegial organi bo’lib hisoblanadi. Ta'limini davlat va jamiyat tomonidan boshqarish - bu o'zaro ta'sir qiluvchi ikkita tarkibiy qism, ikkita tamoyil, ikkita turdagi subyektlar, ya'ni davlat (maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki ta'lim organi vakillari) va jamiyat (ota-onalar, bolalar va mahalliy faollar vakillari) mavjud bo'lgan boshqaruv shakli. https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 2 Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025 Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish; - tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet mablag‘laridan, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish; - tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish; - tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; - tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish; - tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha taʼlim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish; - tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotida va boshqaruvida ota-onalar ishtirokining o’rni va ahamiyati tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotida va boshqaruvida ota-onalar ishtirokining o’rni va ahamiyati tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- preschool education organization, management, supervisory, ishtirok, hamkorlik., cooperation., boshqaruv, Key words: preschool education organization, kuzatuv kengashi, supervisory board, Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim tashkiloti, participation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025