Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SEMIZLIK VA TUXUMDON POLIKISTOZI: METABOLIK MUVOZANATSIZLIKNING KLINIK BELGILARI
MUVOZANATSIZLIKNING KLINIK BELGILARI · Bekmurodova Malika Roʻzimurod qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada hozirda reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalib borayotgan semizlik va tuxumdon polikistozi sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda metabolik muvozanatsizlikning klinik belgilari hamda yuzaga keltirayotgan oqibatlarning qanchalik jiddiy ekanligi haqida soʻz boradi. KALIT SO‘ZLAR: reproduktiv yosh, metabolik sindrom, tuxumdon polikistoz sindromi, past molekulali xolesterin,ginoid semizlik,android semizlik, insulinorezistentlik,visseral yog’. KIRISH: odam organizmi oʻz hayoti davomida murakkab rivojlanish bosqichlari bosib oʻtadi: neonatal, chaqaloqlik, bolalik ,oʻsmirlik, yetuklik, qariyalik.Har bir davrda organizm ichki muhit suyuqliklari doimiy oʻzgarishda boʻladi.Bu oʻzgarishlardan 1 grammning milliondan bir qismda ishlab chiqariladigan va organizmning muhim hayotiy jarayonlarini boshqaradigan garmonlar oʻzgarishi har doim ham bir tekis kechmaydi.Ayniqsa ayollar organizmida reproduktiv - urchish yoshiga yetganda metabolik oʻzgarishlar ,xususan organizm tana massasining ortishi bir qator garmonal oʻzgarishlarga olib keladi.Bu oqibatlarning eng jiddiylaridan biri tuxumdon polikistoz sindromidir.Bu kasallik hozirgi kunda Oʻzbekiston va dunyoning barcha davlatlarida jiddiy muammo sifatida oʻsib bormoqda, shu bilan birga aholi inflyatsiyasiga jiddiy taʼsiri yanada ortishi kuzatilmoqda. https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 5 Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025 ASOSIY QISM: Modernizatsiya jadal kechayotgan insoniyat olamida uning aks taʼsiri insoniyatni ham chetlab oʻtmagan.Hayotimizda foydalanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan kiyim -kechaklar,dorilar va tibbiy xizmatlar - barchasini texnologik usulda olinayotgan kimyoviy moddalar egallab borayotganini koʻramiz.Bu oʻz navbatida odam organizmida,ayniqsa yetilish va koʻpayish yoshida oʻzining zararli oqibatlarini koʻrsatib kelmoqda.Ancha yillik kuzatishlar mobaynida ayollar oʻrtasida bepushtlik muammosi, tabiiy urchish jarayoni va homiladorlikning kechishi,tug’ruq jarayoni qiyinlashib bormoqda . Tekshirishlardan shu maʼlum boʻldiki kimyoviy aralashmali oziq ovqat mahsulotlarning yoshlar orasida koʻp isteʼmol qilinishi, past molekulali xolesterinning to’qimalarda oshib borayotgani, kimyoviy moddalarning organizm genetik strukturasining buzilishi va autoimmun jarayonlarning avj olishi bu muammolarni yuzaga keltirib chiqarayotgan metabolik sindrom ,ayniqsa semizlikning oqibatlari ekani ma’lum bo’ldi. Semizlik – bu organizmdagi ortiqcha yog‘ to‘qimalarining patologik to‘planishi bilan tavsiflanadigan murakkab endokrin-metabolik kasallik bo‘lib, energetik disbalans, insulin rezistentligi, leptin-grelin disregulyatsiyasi hamda gormonal o‘zgarishlar natijasida rivojlanadi. Ayollarda semizlik organizmdagi tana yog‘ining taqsimlanishiga qarab ikki asosiy fenotipga bo‘linadi: ginoid (ayolcha, “armut shaklida”) va android (erkakcha, “olma shaklida”) semizlik. Har bir tur o‘ziga xos endokrin-metamorfoz xususiyatlarga ega bo‘lib, turli metabolik va kardiovaskulyar xavflarni yuzaga keltiradi. • Ginoid (ayolcha, “armut shaklida”) semizlik: Xususiyatlari: Tana yog‘lari asosan son, dumba va pastki ekstremitalar sohasida yig’ilib, periferik yog‘ to‘planishi bilan tavsiflanadi.Buning zamirida estrogen giperproduksiyasi va progesteron bilan nisbatining buzilishi, yog‘ to‘qimalarida https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 6 Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025 lipogenezin faollashishi va lipolizning sekinlashishi, genetik moyillik o’zgarishlari sababchi bo’ladi. • Android (erkakcha, “olma shaklida”) semizlik: Xususiyatlari: Yog‘ asosan qorin, bel va ichki organlar atrofida to‘planib, abdominal va visseral yog‘lanish bilan tavsiflanadi, bu esa metabolik sindrom bilan bog‘liq kasalliklar xavfini oshiradi.Buning zamirida insulin rezistentligi va giperglikemiya, androgen gormonlar gipersekretsiyasi, menopauza davrida estrogen yetishmovchiligi va progesteron darajasining pasayish, giperkortizolemiya, gipofiz bezi yetishmovchiligi sababchi omillardandir. Reproduktiv yoshda android tipdagi semizlikning uchrashi bu xavfli holatdir.Bu xavfli metabolik o’zgarish tuxumdon polikistozining asosiy omili bo’lib hisoblanadi. Tuxumdon polikistoz sindromi – gipotalamo-gipofizar-ovarial disbalans fonida androgen sekretsiyasining ortishi, insulin rezistentligi va metabolik sindrom bilan kechuvchi oligoovulyatsiya yoki anovulyatsiya, hiperandrogenemiya va polikistik tuxumdonlar bilan tavsiflanadigan endokrin-metabolik patologiya bo‘lib, android tipdagi semizlik va reproduktiv disfunktsiya bilan kechadi.Tana massasing oshishi bilan organizm to’qimalarida qator patogenitik reaksiyalar ishga tushadi: insulinorezistentlik,tuxumdon va buyrakusti bezidan androgenlar ishlab chiqarilishining oshishi,gipotalamusda follikula stimullovchi va lyutenlovchi garmonlar markaziy disbalansi,progesteron sekretsiyasi kamayishi va o’z navbatiga tuxumdonda ko’plab yetilmagan follikular kistalar paydo bo’lishi kabi patalogik jarayonni keltirib chiqaradi. Semizlik etialogiyali tuxumdon polikistozi sindromi klinik belgilar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirda reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalib borayotgan semizlik va tuxumdon polikistozi sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda metabolik muvozanatsizlikning klinik belgilari hamda yuzaga k…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirda reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalib borayotgan semizlik va tuxumdon polikistozi sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda metabolik muvozanatsizlikning klinik belgilari hamda yuzaga k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- past molekulali xolesterin, android semizlik, tuxumdon polikistoz sindromi, metabolik sindrom, KALIT SO‘ZLAR: reproduktiv yosh, visseral yog’., ginoid semizlik, insulinorezistentlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024