Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOG‘AY MUROD QISSALARIDA MAQOL JANRINING QO‘LLANILISHI
Otaboyeva Dilnoza · Quryozova Karomat Javlonbek qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada, Tog‘ay Murod asarlaridagi folkor an'analarining o‘ziga xos janr xususiyatlari tahlil qilindi. Maqollarning nasrdagi, hayot haqiqatlari bilan mujassamlashganiga, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lganiga, ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida, yetakchi o‘rin sifatida adabiyot va san'atda muhim o‘ringa ega ekanligiga, uning asarlarida maqollar milliy urf-odat va xalq hayotini yanada jonlashtirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Kalit so‘zlar: maqol, xalq og‘zaki ijodi, sav, otalar so‘zi, mehnat, shoir ijodi. Aннотатция. В данной статье подробно проанализированы жанровые особенности фольклорных традиций в творчестве Тогая Мурада. Также такие известные рассказы писателя, как «Песня земли Момо» и «Звезды горят вечно», раскрывают художественно-эстетические и духовно-воспитательные задачи использования национальных традиций, общечеловеческих ценностей, особенно пословиц. Это помогает понять гармонию национальных и современных элементов в узбекской прозе. Ключевые слова: пословица, фольклор, сав, отцовское слово, труд, труд поэта. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 3 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 Annotation. In this article, specific genre features of folkloric traditions in the works of Togay Murad were extensively analyzed. Also, the writer's famous stories such as "Momo Earth Song" and "Stars burn forever" revealed the artistic- aesthetic and spiritual-educational tasks of using national traditions, human values, especially proverbs. This serves to understand the harmony of national and modern elements in Uzbek prose. Key words: proverb, folklore, sav, word of fathers, work, poet's work. Maqol-xalq og‘zaki janri hisoblanib, muayyan aniq shaklga ega bo‘lgan, chuqur, mazmunli qisqa va lo‘nda , obrazli va obrazsiz, mantiqiy va grammatik tugallangan ma'noli, hikmatli iboradir. Maqollar, xalq o‘zining hayotiy tajribasidan olgan xulosalarini, mulohazalari orqali ifodalagan. O‘zbek maqollari mavzusiga qarab xilma-xil va rang -barangdir. Maqollarda xalqning hayotiy tajribalari, tarixi, hayoti, ijobiy va salbiy fazilatlarlari mujassamlashib, asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda shaklda yetib kelgan .Maqollar ham mavzusiga ko‘ra turli xil mavzularda yoritiladi. Masalan, Vatan, mehnat , ilm-hunar, do‘stlik, ahillik, til, sevgi va muhabbat kabi mavzularda ham xalqqa taqdim etilgan. Maqollarning asosiy xususiyati mazmun va shaklning teng birligi, ko‘p hollarda qofiyadoshlik, ba'zan ko‘p ma'nolilik maqollarda ifodalanayotgan fikr va mazmun keng qamrovli bo‘ladi. Buning yorqin misolini Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan keltirilgan namunalarga murojaat qilamiz. Masalan "Besh qo‘l barobar emas"[1] Bundan kelib chiqadiki hamma ham bir xil emas degan ma‘noni ilgari suradi. Bundan ming yil avval ajdodlarimiz maqollarni "sav" deb ataganlar. Maqollarni yana "Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi" , "O‘zbekcha otalar so‘zi ", " O‘zbek xalq maqollari" ham deyishgan . Maqollar ko‘p asrlik kuzatishlar, turmush tajribalari zamirida yuzaga kelgan fikrlarni ixcham shaklda ifodalanib kelinmoqda. Deyarli barcha asarlarda maqollarni uchratishimiz, o‘sha zamon turmush tarzi, obrazlarning ruhiyatini https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 4 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 ochib berishga xalq og‘zaki ijodi namunalaridan bahramand bo‘lishimizda Tog‘ay Murodning eng sara namunalarida uchratishimiz mumkin. Tog‘ay Murodning "Momo yer" qissasida "Yo‘l azobi-go‘r azobi", "Qishning ğamini yozda ye", "Otdan tushsa-da uzangidan tushmadi", "Yetti o‘lchab bir kes" kabi maqollarni uchratishimiz mumkin.Masalan Endi, ko‘nglingizga olmang-u, shu ota-bobongiz ismi sharifida gap ko‘p.Ota bobolarimiz "yetti o‘lchab bir kes"ib, ismi sharif qo‘yadi. Hech bandani ota-bobosi ismi sharifidan judo etmasin. [2.] deya aytib o‘tilgan. Tog‘ay Murodning" Yulduzlar mangu yonadi" asarida ham shu kabi maqollarni uchratishimiz mumkin. Masalan "Menga qara, zo‘r-zo‘rlarini bir yerga yig‘ sho‘rchiliklar kepti... Tushundingmi? O‘zing bosh bo‘l. Qurga tartib bilan chiqar. Shoshma, yetti o‘lchab bir kes. Sho‘rchiliklarga o‘ngi chapiga e'tibor qil. Ushbu maqolda kurashda yoinki har qanday ishda shoshqaloqlik yaramasligi yetti o‘lchab bir kesish kerakligi ko‘pni ko‘rgan Bo‘ri polvon tilidan berilmoqda.[3] Tog‘ay Murodning ikkala asarida ham bir xil maqol qo‘llangan lekin ikki xil vaziyat, ikki xil muammo, lekin ikkalasida ham bir xil ma'no kasb etgan. Odam qiliyotgan ishini yaxshilab o‘ylab, rejalashtirib, keyin qaror qabul qilish kerak degan fikrlar ilgari surilgan. Bu maqollarning tubida "mehnat " so‘zi yashirin ma'noda qo‘llangan. Tog‘ay Murodning "Momo yer" qissasida "Mayli, hali hozir askarlik havosi bor. Keyin -keyin o‘ziga keladi, deya o‘yladi. Ammo askar o‘ziga kelmadi. Mo‘ysafid otasi toqati toq bo‘ldi, otasi yorildi: Ulim, erta birov aytgan akan, otangni ko‘rdim - ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim- tovoni yoriq, deb. Otang shul, enang shul, qo‘y endi, o‘z tilingda gapir.[2.3] Mazkur asarda ushbu maqolning tahlilini berib o‘tadigan bo‘lsak, Xu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, Tog‘ay Murod asarlaridagi folkor an'analarining o‘ziga xos janr xususiyatlari tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, Tog‘ay Murod asarlaridagi folkor an'analarining o‘ziga xos janr xususiyatlari tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- proverb, folklore, sav, word of fathers, work, poet's work, труд поэта., Kalit so‘zlar: maqol, фольклор, труд, Key words: proverb, poet's work., Ключевые слова: пословица, сав, отцовское слово, otalar so‘zi, xalq og‘zaki ijodi, mehnat, shoir ijodi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024