Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHORNING “O‘G’RI” HIKOYASIDAGI BELGI MUNOSABATLAR.
Rasulova Shahlobonu Shavkat qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В данной статье проведен семиотический анализ символических отношений в рассказе Абдуллы Каххора «Вор». Annotation. In this article, semiotic analysis of symbolic relations in the story "Thief" by Abdulla Qahhor was carried out. Kalit so‘zlar: Abdulla Qahhor, “O‘g’ri” hikoyasi , semiotika , belgi munosabatlar, paradigmatik munosabatlar , sintagmatik munosabatlar , binar oppozitsiya. Key words: Abdulla Qahhor, "Thief" story, semiotics, symbolic relations, paradigmatic relations, syntagmatic relations, binary opposition. Ключевые слова: Абдулла Каххор, рассказ «Вор», семиотика, символические отношения, парадигматические отношения, синтагматические отношения, бинарная оппозиция. https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 KIRISH: Semiotika belgilar haqidagi fandir. “Belgi” keng qamrovli atama bo‘lib , tabiat , jamiyat , hatto koinot hududidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Belgi munosabatlar- bular F. de Sossyurning tizimli tilshunoslik haqidagi ta’limotida istifoda etilgan bo‘lib , strukturalizm va semiotika sohalarida ham qo‘llanilmoqda . Belgi munosabatlar quyidagilar : 1) paradigamatik munosabatlar yaqinlik va o‘xshashlikka asoslanadi. Ikki va undan ortiq o‘xshash belgini muayyan tartibda guruhlash paradigmatik qatorni yuzaga keltiradi; 2) sintagmatik munosabatlar o‘xshashlikka emas , qo‘shnichilikka asoslangan. Bir-biridan jiddiy farq qiladigan bir necha belgi orasidagi aloqadan sintagmatik munosabat yuzaga keladi; 3) binar oppozitsiya (zid munosabat) belgilarning zidligidan yuzaga kelgan munosabat . TADQIQOT METODI VA NATIJASI: Abdulla Qahhorning “O‘g’ri” hikoyasi asosida yuqorida zikr etilgan mulohazalarni dalillashga harakat qilamiz. “Dehqonning uyi kuysa kuysin , ho‘kizi yo‘qolmasin” va “Ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi” belgilari birlashib yagona bir belgini vujudga keltirayotganini sezish mumkin . Ushbu belgilar matn mohiyatini yuzaga keltirayotgan fikr-g’oyadagi yaqinlik , mushtaraklik nuqtai nazaridan bir paradigmatik qatorga birlashadi . “Dehqonning uyi kuysa kuysin , ho‘kizi yo‘qolmasin” , chunki aynan shu ho‘kiz bilan insonlar tirikchilik qiladi , oilasini tebratadi , yer haydaydi . Ho‘kiz bu oddiy xalq uchun tirikchilik manbai hisoblanadi. Abdulla Qahhor “O‘g’ri” hikoyasida ushbu xalq maqolidan foydalanish orqali ho‘kizi yo‘qolgan Qobil boboning og’ir vaziyatini yaqqol ko‘rsatishni maqsad qilgan. Qobil bobo obrazi qiynalgan , nochor xalq timsolidir . https://scientific-jl.com/luch/ 2 6 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 “Ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi” , chunki og’ir sharoitda yashaydigan oddiy xalq uchun bitta ho‘kiz olish ham juda qiyindir. Bu jumla orqali oddiy dehqon uzoq vaqt qiyinchilik bilan bor-yo‘g’ini yig’ib ho‘kiz oladi demoqchi muallif . Yuqoridagi ikkala fikrdan ham bir xil ma’no anglashiladi . Sodda , mehnatkash xalqning yashash va turmush tarzi nochorligi ko‘rsatilgan . Hikoyada yana shuningdek , “Quruq qoshiq og’iz yirtadi” , “Berganga bitta ham ko‘p , olganga o‘nta ham oz”, “Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi” kabi belgi munosabatlar mavjud. Ushbu maqollardan, jamiyatda poraxo‘rlik kabi illatning avj olganligi ma’lum. Bu misralar orqali , xalqning qora hayoti , adolatsizlik , sudxo‘rlik avj olgan pallasi hamda poraxo‘r , mansabini suiiste’mol qiladigan mansabdorlar faoliyati ko‘rsatilgan . Hikoya paradigmatik munosabatlardan iborat bo‘libgina qolmay , binar oppozitsiya ham mavjud. “Ho‘kizing oqposhsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa , topiladi” va “...allaqachon charm bo‘ldi; xudo biladi; kavush bo‘lib bozorga chiqdimi...” “Ho‘kizing oqposhsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa , topiladi” Ellikboshi ushbu gapi orqali oqposhsho tuzumi qattiq , har bir detalgacha oqposhshoning nazoratida demoqchi. “...allaqachon charm bo‘ldi; xudo biladi; kavush bo‘lib bozorga chiqdimi...” ellikboshi bu gapi orqali ho‘kizing endi topilmaydi demoqchi . Ellikboshining hikoya boshidagi gapi bilan hikoya so‘ngidagi gapi bir-biriga ziddir . Birinchi gapi orqali ho‘kiz , albatta , topilishiga ishora qilsa , so‘ngida Qobil boboga ho‘kiz topilishidan umidini uzishini aytadi . XULOSA: Odamlar turmushidan olingan epizodlarda , lavhalarda ular hayotiga , qismatiga daxldor fojiaviy mohiyatni ko‘rish , teran his etish , personajlar https://scientific-jl.com/luch/ 2 7 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim jihatlaridir. Shu o‘rinda Said Ahmadning Qahhor hikoyalari haqidagi ushbu fikrlari o‘rinlidir. “Abdulla Qahhor hikoya va qissalaridagi har bir so‘z , har bir iboraning o‘rni shu qadar muqim va mustahkamki , ularni boshqa so‘z , boshqa ibora yoxud jumla bilan o‘zgartirish deyarli imkonsiz. Men tajriba uchun ustozning “O‘gri”, “Bemor” , “Anor” hikoyalaridagi ba’zi so‘zlarni olib tashlab ko‘rdim. Bo‘lmadi. Hikoya bir ustuni olib tashlangan ayvonga o‘xshab l
Доказательный фрагмент
«В данной статье проведен семиотический анализ символических отношений в рассказе Абдуллы Каххора «Вор».»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье проведен семиотический анализ символических отношений в рассказе Абдуллы Каххора «Вор». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abdulla Qahhor, "Thief" story, semiotics, symbolic relations, semiotika, “O‘g’ri” hikoyasi, парадигматические отношения, символические отношения, семиотика, Kalit so‘zlar: Abdulla Qahhor, binar oppozitsiya., belgi munosabatlar, Key words: Abdulla Qahhor, paradigmatik munosabatlar, бинарная оппозиция., рассказ «Вор», Ключевые слова: Абдулла Каххор, sintagmatik munosabatlar, синтагматические отношения
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024