К содержанию
РецензированоRU2025

JADIDCHILIKNING ASOSIY MAQSADLARI : ILM, MA’RIFAT, MADANIYAT, VATANGA MUHABBAT VA MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH.

Sirojova Dilyora (Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot) · Begali Qosimov (Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot) · Ubaydulla Xo’jayev (Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot) · Abdulla Avloniy (Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot) · Islom Karimov (Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot) · Shavkat Mirziyoyev. (Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

В статье представлена информация о зарождении, этапах, основных идеях и целях национального движения джадидов. Представлены мнения о научных исследованиях, проводимых нашей молодежью в области развития народного образования. В статье систематизируются и разъясняются их взгляды на вопросы воспитания гармоничного поколения и основные идеи движения джадидов. Kлючевые слова: Джадидизм, национальная идентичность, независимость, патриотизм, наука и просвещение, И. Гаспринский, Бегали Косимов, Убайдулла Ходжаев, Абдулла Авлони, Чолпон, Ислам Каримов, Шавкат Мирзиёев. https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 Annotation: This article provides information about the birth, stages, main ideas and goals of the Jadid national movement. It presents opinions on the scientific research conducted by our Jadids in the development of public education. The article classifies and explains their views on the issues of raising a harmonious generation and the main ideas of the Jadid movement. Key words: Jadidism, national identity, independence, patriotism, science and enlightenment, I. Gasprinsky, Begali Kasimov, Ubaydulla Khojayev, Abdulla Avloniy, Cholpon, Islam Karimov, Shavkat Mirziyoyev. Yurtimiz tarixida XIX asr oxiri va XX asr boshlari alohida ahamiyatga ega bir davr hisoblanadi. Chunki bu davrda millatimizni ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- ma’rifiy jihatdan uyg‘otishga qaratilgan jadidchilik nomi ostida katta kuch harakatga keldi. Jadidchilik Turkiston yoshlarining milliy, madaniy, ijtimoiy uyg‘onishida va ravnaqida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.Jadid bobolarimizning eng muhim g‘oyasi va vazifasi qullikka mahkum bo‘lgan xalqni chin ma’noda hurlikka olib chiqish, savodsizlik zulmatida qolgan avlodga ilm-ma’rifat ziyosini yetkazish edi. Buni jadidchilik harakatining buyuk namoyandasi, ma’rifatparvar Avloniyning “qora xalqni oqartirmoq va ko‘zin ochmoq chorasiga” kirishilgani haqida aytgan gaplari ham tasdiqlaydi. Ta’kidlash joizki, mazkur davrda Turkiston milliy-taraqqiyparvarlik harakati – jadidchilikning muhim markaziga aylangan edi. Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot va islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning tajribasini milliy asosda qayta ishlashga intildi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g‘oyasi juda murakkab sharoitda shakllanib yetildi. Davrning ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar ana shunday murakkab va qiyin sharoitlarda ham ezgu maqsadlaridan bir qadam ortga chekinmay ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini isloh etishga ahd qildilar. Chunki ular faqat ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat bilangina ozodlikka, https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 taraqqiyotga erishish mumkinligini yaxshi anglaganlar. Hurlikka erishmagan xalq esa taraqqiyotdan ham begona bo‘ladi. “Kamolotning yagona omili o‘z aqliga, o‘z mulkiga, o‘z mehnatiga egalikdir”, degan edi yirik jadidshunos olim Begali Qosimov “Mustaqillik o‘zlikni tanimoqdir” nomli maqolasida. Jadidchilik ilk bor Qrimda 1980-yillarda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida paydo boʻlgan. Jadidchilik harakati vakillari ko’pincha o’zlarini ilg’or, keyinchalik jadidchilar deb atagan. O’sha davrning ilg’or kuchlari, ayniqsa, ziyolilar mahalliy aholining dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh qilish zarurligini anglab yetdi. Jadidchilik mohiyatan siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va mag'lubiyat davrlari bor, ularni shartli ravishda to'rtga bo'lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xivada bu davrlar 1895-1905 yillar, 1906-1916, 1917-1920, 1921-1929 yillarni qamrab oladi. Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev (Ubaydulla Xo‘jaev), Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev, Sadiriddin Ayniy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Is’hoqxon Ibrat, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar turardi.Ular har qanday og‘ir sharoitda o‘z qarashlarini o‘zgartirmadilar. Jadidchilik harakati 1906-1916 yillarda о‘zining asosiy yо‘lini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, о‘zligini anglab, uyushishga chaqirdi. О‘lka moddiy va ma’naviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Chо‘lpon she’rlari va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat U.Xо‘jayev oliy о‘quv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish masalasini ilgari surdi. Jadidlar 1915-1916 yillarda “Ozodlik, tenglik va adolat” shiori ostida ishladilar. Chunki jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga olib kelish istagida yosh avloddan Vatan uchun xizmat qiladigan yetuk olimlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtini obod, https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 farovon etishlariga ishonganlar. Jumladan, Abdulla Avloniy vatanga bo‘lgan muhabbat haqida o‘z munosabatlarini bildirib quyidagilarni yozadi: «Biz turkis

Доказательный фрагмент

«В статье представлена информация о зарождении, этапах, основных идеях и целях национального движения джадидов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлена информация о зарождении, этапах, основных идеях и целях национального движения джадидов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidism, national identity, independence, patriotism, science, Бегали Косимов, mustaqillik, наука и просвещение, Begali Kasimov, Убайдулла Ходжаев, Ubaydulla Xo’jayev, I. Gasprinsky, национальная идентичность, science and enlightenment, Cho’lpon, vatanparvarlik, Cholpon, Шавкат Мирзиёев., патриотизм, Key words: Jadidism, Чолпон, Ubaydulla Khojayev, И. Гаспринский, Abdulla Avloniy, I.Gasprinskiy, Kalit so‘zlar: Jadidchilik, Абдулла Авлони, Shavkat Mirziyoyev., Ислам Каримов, Begali Qosimov, независимость, milliy o’zlik, Islam Karimov, Kлючевые слова: Джадидизм, Islom Karimov, ilm-ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники