К содержанию
РецензированоUZ2025

FOYDALI BIZNES STRATEGIYASI VA AMALGA OSHIRISH REJASINI QANDAY YARATISH KERAK

Qosimov Ulug‘bek Absalomovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 54-62 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada biznes strategiyasining ahamiyati, uning turlari va amalga oshirish rejasi batafsil yoritilgan. Biznes strategiyasi kompaniyaning uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishini belgilaydi va tadbirkorlar uchun muhim qarorlarni qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy, raqobatbardosh va funksional strategiyalar tahlil qilinib, ularni tanlash va moslashtirish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqola, shuningdek, biznes strategiyasini tanlashda inobatga olinishi kerak bo‘lgan omillarni ham yoritadi. Kalit so‘zlar: Biznes strategiyasi, tadbirkorlik, bozor tahlili, raqobat, diversifikatsiya, biznes modeli, rivojlanish strategiyasi, funksional strategiya, biznes reja, biznes jarayonlari. Kirish. Biznes strategiyasi – bu kompaniyaning kelajakdagi rivojlanishini qanday tasavvur qilishi, o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘yishi va ularni qanday amalga oshirishni rejalashtirishidir. Strategiya dastur va harakatlar rejasining mavjudligini, resurslarni izlashni nazarda tutadi. Amalga oshirish jarayonida yangi bozor ma’lumotlari paydo bo‘ladi, shu sababli strategik reja doimiy ravishda tuzatib borilishi kerak. Shu bois ideal strategiya mavjud emas. Tadbirkor har kuni yangi yechimlarni izlaydi. Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkor quyidagi savollarga javob berishi muhim: Qaysi bozorga yo‘naltirilish kerak? Qanday mahsulot tanlash lozim? Qayerda raqobatlashish kerak? 0https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 8 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 Qanday raqobatlashish kerak? Qanday mavjud aktivlar va kompetensiyalar bor? Mahsulot, tovar yoki taklifning qadri qanday? Tahlil va natijlar. Agar oldinga intilish, uzoq muddatli daromadli biznes yaratish istagi bo‘lsa, fikrlarni, harakatlarni, maqsadlarni va vositalarni tartibga solish zarur. Biznes strategiyasi ustida ishlash fikrlarni tizimlashtirishga, biznes g‘oyani tahlil qilishga va yo‘nalishni – bitta yoki bir nechta – belgilashga yordam beradi[1]. Strategiya – samarali biznesning eng muhim tarkibiy qismidir. Aynan strategiya asosida biznes modeli va biznes jarayonlari shakllantiriladi. Biznesning samaradorligi va natijaviyligi, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va sifati, rivojlanish tezligi – bularning barchasi tashkil etilgan biznes jarayonlari va qabul qilingan qarorlar natijasidir. Biznes rivojlanish strategiyalarining turlari Strategiyalar bir necha turga bo‘linadi. Ularni kompaniya maqsadlari, bozordagi holat va biznes xususiyatlariga qarab tasniflash mumkin. Asosiy strategiya Bu kompaniya, uning mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli rejalashtirishdir. Ushbu strategiyaning to‘rt turi mavjud: 1. Kontsentratsiyalangan o‘sish. Kompaniya yaratadigan mahsulotlarga alohida e’tibor qaratadi. Bunda asosiy vositalar – mahsulot siyosati va bozor tadqiqotlaridir. Reklamaga sarmoya kiritish, mahsulotni raqobatchilarnikidan ustun ekaniga ishontirish va o‘z g‘oyasini kuchaytirish zarur. 2. Integratsiyalangan o‘sish. Kompaniya qo‘shimcha tuzilmalar va filiallar yaratadi. Masalan, boshqa bir biznesni sotib olib, mahsulotni narx qo‘shib sotish orqali foydani o‘ziga olishi mumkin. 3. Diversifikatsiyalangan o‘sish. Bozor haddan tashqari to‘yingan yoki yangi yuqori texnologiyali mahsulot paydo bo‘lganda qo‘llaniladi. 0https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 9 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 Tadbirkor risklarni taqsimlaydi: assortimentni kengaytirishi yoki yangi yo‘nalishda ish boshlashi mumkin. 4. Qisqartirish strategiyasi. Mahsulot dolzarbligini yo‘qotganda qo‘llaniladi. Rentabelligi past ishlab chiqarishni qisqartirish yoki butunlay yopish zarur. Raqobat strategiyasi Raqobat strategiyasi bozorda g‘alaba qozonish va raqobatchilar mijozlarining e’tiborini jalb qilish uchun zarur. U uch turga bo‘linadi: 1. Xarajatlarni boshqarish yoki tannarxni minimallashtirish Maqsad – ishlab chiqarish, sotish va marketing xarajatlarini raqobatchilarnikidan sezilarli darajada past darajada ushlab turish. 2. Differensiyatsiya Kompaniya o‘z mahsulotining noyobligini ta’minlash orqali raqobatchilardan ajralib turadi. 3. Fokuslangan yoki segmentatsiyalangan strategiya Kompaniya tor mijoz guruhiga e’tibor qaratib, ularning ehtiyojlariga mos maxsus xizmat yoki mahsulot taklif etadi. Funktsional strategiya Funktsional strategiya korxona bo‘limlaridagi biznes jarayonlariga qaratilgan. U ishlab chiqarish, moliya, savdo va marketing sohalarini qamrab olishi mumkin. Kompaniyaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur[2]. Biznesda faqat bitta strategiya yoki uning ma’lum bir turini tanlash shart emas — moslashuvchanlik muhim ahamiyatga ega. Eng samarali yechim bir necha strategiya elementlarini birlashtirish bo‘lishi mumkin. Qanday qilib biznes strategiyasini tanlash mumkin? Strategiyani tanlash ko‘p jihatdan bozor tahliliga asoslanadi. Soha va raqobatchilar holatini baholash, barqaror raqobat taklifini ishlab chiqish va resurslarni aniqlash kerak. Biznes strategiyasi quyidagi omillarga bog‘liq: 0https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 0 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 Faoliyat maydoni — min

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada biznes strategiyasining ahamiyati, uning turlari va amalga oshirish rejasi batafsil yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada biznes strategiyasining ahamiyati, uning turlari va amalga oshirish rejasi batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
funksional strategiya, diversifikatsiya, biznes reja, raqobat, Kalit so‘zlar: Biznes strategiyasi, tadbirkorlik, rivojlanish strategiyasi, biznes jarayonlari., biznes modeli, bozor tahlili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники