К содержанию
РецензированоUZ2025

AVTOMOBILLARDAN CHIQADIGAN CHIQINDI GAZLAR TARKIBINI ANIQLASH

TARKIBINI ANIQLASH · Raxmonov Murodjon Yuldashevich

Лучшие интеллектуальные исследования · 98-100 · 2025

Аннотация

Hozirgi kunda transport vositalari atrof-muhitning o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarning ichida eng yuqori ko'rsatkichga ega hisoblanadi, mazkur maqolada avtotransport vositalarining ekspluatatsiya jarayonida chiqayotgan chiqindi gazlarlarning tarkibini aniqlash, atrof-muhitga zararli ta'siri va ularni bartaraf etish yo'llari, ekologik va atrof muhitni zararlovchi omillar, ularni qonuniy oldini olish va yechimi hamda yuqoridagi muammolarga xulosa va takliflar keltirilgan. Kalit so'zlar: avtomobil, zaharli gazlar, is gazi, uglevodorodlar, azod oksidi, chiqindi gazlar. Kirish. Chiqindi gazlarni (yoki ishlatilgan gazlar) asosiy manbai ichki yonuv dvigatelidir-bu yonilg'ini, havoni, aerozollarni va har xil mikroaralashmalarni to'la yoki chala yonishi natijasida bir jinsli bo'lmagan gaz holidagi har xil kimyoviy va fizik xossalarga ega bo'lgan moddalar bo'lib, dvigatel silindridan chiqish tizimiga tushadi. Ular o'zini tarkibida 300 dan ko'proq har xil moddalar mavjud bo'lib, ko'plari zaharlidir. Avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan gazlarni asosiy me'yorlashtiradigan zaharli komponentlari uglerod oksidi, azot va uglevodoroddir. Bulardan tashqari chiqindi gazlar bilan birgalikda atmosferaga chegaralangan va chegaralanmagan uglevodorodlar, aldegidlar, kanserogen moddalar, qurum va boshqa moddalar chiqadi Etillangan benzinlarda ishlayotgan dvigatellarni chiqindi gazlari tarkibida qo'rg'oshin, dizelli yonilg'ilarda ishlaydigan dvigatellarda esa qurum ko'proq 0https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 0 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 bo'ladi. Uglerod oksidi (SO-is gazi). Shaffof, hidsiz, zaharli, havoga nisbatan yengil, suvda yomon eriydi. Uglerod oksidi-bu yonilg'ini to'la yonmasligidan hosil bo'ladigan mahsulot bo'lib, havoda uglerod dioksidi hosil bo'lishi bilan ko'kimtir alanga bilan yonadi. Dvigatelni yonish kamerasida SO yonilg'ini qoniqarsiz purkalishidan, sovuq alangali reaksiya, yonilg'ini yetarli bo'lmagan kislorod bilan yonishi natijasida hamda yuqori haroratlarda uglerod dioksidini dissosatsiyasida hosil bo'ladi. Alangalanishdan so'ngi yonishda (yuqori chetki nuqtadan so'ng, kengayish taktida) dioksid hosil bo'lganda kislorod bilan aralashib uglerod oksidi yonadi. Bunda SO ni yonishi chiqish truboprovodida ham davom etadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, dizelli dvigatellarni ekspluatatsiya qilganda chiqindi gazlar tarkibidagi SO miqdori kam bo'ladi (taxminan 0,1-0,2 foiz), shuning uchun SO miqdori faqat benzinli dvigatellar uchun aniqlanadi. Azot oksidi (NO, NO2, N2O, N2O3, N2O5, keyinchalik- NOx). Avtomobillardan chiqayotgan gazlarni zaharliroq komponentlaridan biri azot oksididir. Normal atmosfera sharoitida azot inert gaziga o'xshaydi. Yuqori bosimda va yuqori haroratda azot kislorod bilan faol reaksiyaga kirishadi. Dvigatellarni chiqindi gazlari tarkibidagi NOx ni 90 foizini azot oksidi NO tashkil etadi, u chiqarish tizimida so'ng atmosferada azot dioksidiga NO2 oksidlanadi. Azot oksidi NO ko'zni yosh pardasiga ta'sir ko'rsatadi, odam o'pkasini shikastlaydi, chunki ular nafas olish yo'lida harakatlanganda yuqori nafas olish yo'llaridagi namlik bilan o'zaro ta'sirda bo'lib, azotli va azotsimon kislota hosil qiladi. Odatda odam 10 organizmni NO x bilan zaharlanishi birdaniga bo'lmaydi, asta-sekin bo'ladi, ularni neytrallovchi vositalar yo'q. Azot zakisi (№O-gemioksid, xursandlovchi gaz)-xushbo'y hidli gaz bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Narkotik ta'sirga ega. NO2 (dioksid)-oqish sariq rangli suyuqlik, tutunli tuman hosil qilishda qatnashadi. Havo tarkibida azot oksidi konsentratsiyasi 0,5-6,0 mg/m3 bo'lganda 0https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 1 Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025 daraxtlarga to'g'ridan-to'g'ri zaharli ta'sir ko'rsatadi. Azot kislotasi uglerodli po'latlarni qattiq zanglashiga olib keladi. Uglevodorodlar (CnHm-etan, metan, etilen, benzol, propan, atsitelen va b.). Uglevodorodlar-organik birikma bo'lib, molekulalari faqat uglerod va vodorod atomlaridan tashkil torgan, zaharli modda hisoblanadi. Chiqindi gazlar tarkibida 200 dan ko'p har xil uglevodorodlar majud bo'lib, alifatik va aromatik halqaliga bo'linadi. Aromatik uglevodorodlar molekulasida bitta yoki bir nechta sikllar uglerodni 6 atomidan iborat bo'lib, o'zaro oddiy yoki ikkilangan birikmalar bilan bog'langan. Xushbo'y hidga ega. Chiqindi gazlar bilan chiqib ketayotgan to'la yonmagan SN tarkibida bir necha yuzlab kimyoviy birikmalar mavjud, bo'lib noxush hidga ega, ko'pgina xronik kasalliklarni sababchisidir. Benzin bug'lari ham zaharlidir, chunki ular ham uglevodorodlardir. Benzin bug'larini o'rtacha sutkalik konsentratsiyasi 1,5 mg/m3 dir. Chiqindi gazlar tarkibidagi SN drossellashda va majburiy salt yurish rejimida o'sadi. Ular biologik faol moddalarni paydo bo'lishida faol qatnashadi, bu bioligik moddalar ko'zni va burunni achishtiradi, va ularni kasallanishiga olib keladi.Bundan tashqari uglevodorodlar o'simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar keltiradi. Uglevodorodli birikmalar markaziy asab tizimiga narkotik ta'sir ko'rsatadi, xron

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda transport vositalari atrof-muhitning o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarning ichida eng yuqori ko'rsatkichga ega hisoblanadi, mazkur maqolada avtotransport vositalarining ekspluatatsiya jarayonida chiqa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda transport vositalari atrof-muhitning o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarning ichida eng yuqori ko'rsatkichga ega hisoblanadi, mazkur maqolada avtotransport vositalarining ekspluatatsiya jarayonida chiqa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
avtomobil, zaharli gazlar, is gazi, uglevodorodlar, azod oksidi, chiqindi gazlar., Kalit so'zlar: avtomobil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники