К содержанию
РецензированоUZ2025

FERMENTLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI VA ULARNING QO’LLANILISHI

Ziyodullayeva Sevinch Qodir qizi · Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 3 · 21-24 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati va ularning qo'llanishi haqida so'z yuritiladi. Fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati juda katta bo'lib, juda ko'plab fermentlardan foydalaniladi, misol uchun: alkogoldegidrogenaza, aldolaza, a-amilaza, aminotransferaza, gamma-glutamiltransferaza, glutamatdegidrogenaza, glutationreduktaza, glutationperoksidaza, glukoza-6- fosfatdegidrogenaza, izositratdegidrogenaza, katalaza sorbitoldegidrogenaza, superoksiddismutaza, fosfataza, ishqoriy va nordonfosfatazalar,xolinesteraza,elastaza kabi bir qancha fermentlardir,shu va boshqalardan kelib chiqib ularning qanchalik muhim ekanligini maqolada yoritildi. Kalit so’zlar: Enzimologiya, katalaza fermenti, Enzimopatologiya, enzimodiagnostika, enzimoterapiya. Kirish: Hozirgi kunga kelib zamonaviy biologiya va tibbiyot yutuqlari ishonchli dalillar asosida shuni ko'rsatdiki, enzimologiya tili bilan aytganda fermentlarning tibbiyotda qo'llanilish imkoniyatlari cheksiz ko'p bo'lib qoldi. Yangi fan sohalari – tibbiyot biokimyosi va uning yo'nalishi sifatida esa tibbiyot enzimologiyasi paydo bo'ldi. Tibbiyot biokimyosi patogenetik mexanizmlarni bilishda muhim rol o'ynaydi. Tibbiyot biokimyosining asosiy vazifasi –hujayradagi metabolik jarayonlardagi o'zgarishlarga sabab bo'luvchi va ularni to'g'irlovchi mexanizmlarni aniqlashdan iborat. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 5 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Uning muhim sohalaridan biri hisoblangan –tibbiyot enzimologiyasi o'zining maqsad va vazifalariga, maxsus metodologik yo'llar va tadqiqot usullariga ko'ra quyidagi 3 yo'nalishga bo'linadi: Birinchisi –enzimopatologiya bir qator kasalliklar, ayrim fermentlarning nasliy yetishmasligidan kelib chiqishi ma'lum bo'lgan. Masalan, qonda sut shakari laktozadan hosil bo`lgan galaktoza miqdorining ortiqcha bo'lishi bilan xarakterlanadigan galaktozemiya bu monosaxaridning o'zlashtirilishini katalizlaydigan b-galaktozidaza fermentining yetishmasligidan kelib chiqadi. Ruhiy faoliyatning buzilishi bilan kuzatiladigan fenilketonuriya esa fenilalanin aminokislotasini oksidlab tirozinga o'tkazuvchi ferment tirozinaza faolligining kamligiga bog'liq. Bu yo'nalish enzimopatalogiya deb ataladi. U patologiyaning fundamental nazariy asosi hisoblanadi. enzimopatologiya ayrim yoki bir guruh oqsillar funksiyasining yoki sintezining buzilishi bilan bog’liq patologik jarayonlar rivojlanishining molekular asoslarini o'rganadi. Chunki istalgan bir oqsilning organizmda yetishmasligi yoki funksiyasining buzilishi patologiyaga sabab bo'ladi. Enzimopatologiya somatik kasalliklarning sabablarini muvaffaqiyatli hal qiladi. Buning uchun juda ko'p yirik ilmiy markazlar, ilmiy –tadqiqot institutlari yaratildi, ularda turli xil kasalliklar(ateroskleroz, xavfli o'sma, revmatroid artrit)ning molekular asoslari kiritildi. Ikkinchisi enzimodiagnostika qonda, siydikda, to'qima preparatlarida fermentlar miqdorini aniqlash orqali kasallik tashxisini qo'yish va uni kuzatib borish. Masalan: LDG va aminotransferazalar izofermentlarining qondagi miqdorini belgilash orqali yurak va jigar kasalliklarini bir-biridan ajratish va kasallikning kechishini kuzatish – enzimodiagnostikadir. U 2 ta yo'l bilan rivojlanadi. Birinchi yo'li: fermentlar qon zardobi, siydik, oshqozon shirasi va boshqalardagi normal va anormal kimyoviy moddalarni miqdorini aniqlash uchun tanlab oluvchi sifatida qo'llaniladi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 6 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Ikkinchi yo'li: kasallik vaqtidagi biologik suyuqliklardagi fermentlar miqdorining o'zgarishini tahlil qiladi. Bundan shu narsa ma'lum bo'ldiki, hujayra parchalanganda qon zardobidagi fermentlar guruhi miqdori oshadi. Shu kungacha kashf etilgan 3500 dan ortiq fermentlardan ko'pchiligi odam organizmida uchraydigan va enzimodiagnostikada ko'p qo'llaniladigan fermentlar hisoblanadi. xususan shulardan lipazalar, amilazalar, tripsin, va ximotripsinlar qandli diabetda, xavfli o'smalarda, buyrak kasalliklarida organizmdagi miqdori ortadi. Miokard infarktida ayniqsa 2 xil aminotransferazalar, kreatinkinazalar va ularning izofermentlari, laktatdegidrogenaza va uning izofermentlari miqdori qon zardobi tarkibida ayniqsa tezda oshib ketadi. Uchinchisi yo’li: enzimoterapiya -fermentlar bilan davolash masalan, chandiqlarni proteolitik fermentlarni kiritish bilan so'rilishini tezlatish, fermentlarning yetishmasligi bilan bog'liq nasliy kasalliklarni tashqaridan ferment preparatlari kiritib davolash va boshqalar. U fermentlar va ularning aktivator va ingibitorlarining dori-darmon sifatida qo'llanilishini o'rganadi. Klinik-diagnostik maqsadlarda juda ko'plab fermentlardan foydalaniladi. Masalan: alkogoldegidrogenaza, aldolaza, a-amilaza, aminotransferaza, gamma- glutamiltransferaza, glutamatdegidrogenaza, glutationreduktaza, glutationperoksidaza, glukoza-fosfatdegidrogenaza, izositratdegidrogenaza, katalaza, kreatinkinaza, laktatdegidrogenaza, leysinaminopeptidaza, lipaza, 5-nukleotidaza, sorbitoldegidrogenaza, superoksiddismutaza, fosfa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati va ularning qo'llanishi haqida so'z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati va ularning qo'llanishi haqida so'z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
katalaza fermenti, Kalit so’zlar: Enzimologiya, enzimoterapiya., Enzimopatologiya, enzimodiagnostika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники