К содержанию
РецензированоUZ2025

XROMOSOMA KASALLIKLARI: SABABLARI, TURLARI VA DAVOLASH

Yoʻlchiyeva Zamira Xurshedovna · Suyunova Gulshoda Baxtiyorovna · Djumanova Nargiza Eshmamatovna · Kalit so’zlar: Xromosoma · Down sindromi · Xromosoma inversiyasi · Genetik omillar · Turner Sindromi · Turner Sindromi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Chromosomal diseases are health problems caused by errors or mutations in human genetic material. Chromosomes are structures that carry genetic material in a cell that is inherited from parents to a child. Each person has 46 chromosomes, which are divided into 23 pairs: 22 pairs of autosomal chromosomes and 1 pair of sex chromosomes (X and Y chromosomes). Chromosomal diseases occur for different reasons, and they can affect different body systems. Keywords: chromosome, trisomy, Down syndrome, chromosome inversion, monosomy, genetic factors, Turner syndrome, Turner syndrome, Xromosoma Kasalliklarining Turlari Xromosoma kasalliklari ikki asosiy turga bo'linadi: Struktura o'zgarishlari: Bu turdagi kasalliklar xromosomalarining strukturasidagi o'zgarishlar tufayli yuzaga keladi. Misol sifatida: o Xromosoma yo'qotilishi: Bu holatda xromosomaning bir qismi yo'qoladi, masalan, Turner sindromida bir X-xromosoma yo'qoladi, bu ayollarda ba'zi jismoniy va genetik muammolarni keltirib chiqaradi. o Xromosoma qo'shilishi: Xromosomaning qo'shilishi yoki nusxalanishi natijasida Down sindromi (21-juft xromosomaning ortiqcha nusxasi) kabi kasalliklar paydo bo'ladi. o Xromosoma inversiyasi: Xromosomaning bir qismining joyini o'zgartirish holati, bu ba'zan mutatsiyaga olib keladi. Numerik o'zgarishlar: Bu turdagi kasalliklar xromosomalar sonining o'zgarishi bilan bog'liq. Misol sifatida: https://scientific-jl.com/luch/ 3 8 4 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 o Trisomiya: Xromosomaning ortiqcha nusxasi bo'lishi. Masalan, Down sindromida 21-juft xromosomaning uchta nusxasi mavjud, bu aqliy va jismoniy rivojlanishning kechikishiga olib keladi. o Monosomiya: Bir xromosomaning yo'qligi. Turner sindromida X- xromosomadan faqat bitta nusxa bo'ladi, bu ayollarda ba'zi rivojlanish nuqsonlariga olib keladi. Xromosoma Kasalliklarining Sabablari Xromosoma kasalliklari odatda xromosomadagi o'zgarishlar yoki mutatsiyalar tufayli yuzaga keladi. Bunday mutatsiyalar asosan ikki sababga ko'ra yuzaga keladi: Genetik omillar: Ba'zi kasalliklar oilaviy meros qilib o'tadi. Bu, masalan, hemofiliya yoki muscul dystrofiyasi kabi X-xromosomaga bog'liq kasalliklardir. Boshqa kasalliklar esa tasodifan yuzaga kelishi mumkin. Atrof-muhit omillari: Ekologik omillar (masalan, kimyoviy moddalar, nurlanish) yoki bo'lg'usi onaning sog'lig'i kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, teratogenlar (yomon dori-darmonlar yoki infektsiyalar) homiladorlik davrida homilaga ta'sir qilib, xromosoma kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Xromosoma Kasalliklarining Turlari va Ularning Ta'siri Down Sindromi: 21-juft xromosomaning ortiqcha nusxasi natijasida yuzaga keladi. Bu kasallik aqliy rivojlanishning sekinlashishi, yuzning o'ziga xos shakli va boshqa tibbiy muammolarni keltirib chiqaradi. Turner Sindromi: X-xromosomaning bir nusxasining yo'qligi tufayli paydo bo'ladi. Bu sindromda ayollarda ba'zi jismoniy rivojlanish muammolari, jinsiy tizimdagi nosozliklar va ba'zi aqliy muammolar yuzaga kelishi mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 3 8 5 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Turner Sindromi: Erkaklarda ikkita X-xromosoma va bir Y-xromosoma mavjud bo'lib, bu holatda erkaklar ancha past bo'yli va ba'zi jismoniy rivojlanish muammolariga ega bo'lishi mumkin. Fragil X Sindromi: X-xromosomadagi mutatsiya tufayli intellektual rivojlanishning sekinlashishi va boshqa nevrologik kasalliklar paydo bo'ladi. Xromosoma Kasalliklarining Davolash Usullari Xromosoma kasalliklarini davolash ko'pincha qiyin, chunki bu kasalliklar genetik mutatsiyalar tufayli yuzaga keladi. Ammo, ba'zi usullar mavjud: Simptomatik davolash: Ba'zi kasalliklar uchun, masalan, hemofiliyada qon ivishini yaxshilovchi dori-darmonlar yordamida simptomlarni kamaytirish mumkin. Fizioterapiya va reabilitatsiya: Aqliy va jismoniy rivojlanishning sekinlashishi tufayli bemorlar uchun fizioterapiya va boshqa reabilitatsiya choralari yordam beradi. Gen terapiyasi: Yangi tadqiqotlar natijasida, ba'zi xromosoma kasalliklarini gen terapiyasi yordamida davolash imkoniyatlari paydo bo'lmoqda, lekin bu texnologiya hali rivojlanish bosqichida. Xulosa Xromosoma kasalliklari insonlarning genetik tizimlarida sodir bo'ladigan turli o'zgarishlar tufayli yuzaga keladi. Ularning ba'zilari tug'ma bo'lib, ba'zi hollarda atrof- muhit omillari yoki tasodifiy mutatsiyalar sababli rivojlanadi. Ushbu kasalliklar insonning jismoniy va aqliy salomatligiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bugungi kunda bu kasalliklarni to'liq davolash usullari hali ishlab chiqilmagan, ammo genetik tadqiqotlar va davolash usullari yordamida bemorlarning sifatli hayotini ta'minlash imkoniyatlari kengaymoqda. Xromosoma kasalliklarini erta aniqlash va davolash, bemorlarning sog'lig'ini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. https://scientific-jl.com/luch/ 3 8 6 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Медицинская паразитология. Учебное пособие. Конспект лекций для мед. вузов. Москва.,2005 г 2. А.О.Даминов «Генетикадан масалалар тӯплами

Доказательный фрагмент

«Chromosomal diseases are health problems caused by errors or mutations in human genetic material.»

Образец извлечения

Демо-превью

Chromosomal diseases are health problems caused by errors or mutations in human genetic material. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chromosome, trisomy, Down syndrome, chromosome inversion, синдром Тернера, Turner syndrome, синдром Дауна, Ключевые слова: хромосома, инверсия хромосом, Trisomiya, Xromosoma inversiyasi, monosomy, Genetik omillar, Down sindromi, Turner Sindromi, трисомия, Kalit so’zlar: Xromosoma, Monosomiya, генетические факторы, genetic factors, моносомия, Keywords: chromosome
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники