Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANOAT KORXONALARIDA BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BELGILOVCHI OMILLAR TASNIFI
BELGILOVCHI OMILLAR TASNIFI · Azimova Lola Safarovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 3 · 2025
Аннотация
The article explores the main factors that determine the efficiency of management in industrial enterprises. Management effectiveness assessment methods are justified. Resources and management efficiency are described. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tashkilotning iqtisodiy erkinlik va о‘z natijalari uchun tо‘la javobgarligi natijasida boshqaruv rolining о‘sishi boshqaruv sohasiga qо‘shimcha mehnat, moliya, moddiy resurslarni kо‘proq jalb etmoqda. Mulkdor uchun korxona faqatgina boshqaruv uchun resurslarni sarflashi qanchalik muhim bо‘lsa, shunchalik boshqaruv korxonaga bozorda strategik afzalliklar beradi, uning raqobatbardoshligini oshiradi, korxonaning ijtimoiy ahamiyatini qо‘llab quvvatlaydi. Raqobatchilik sharoitlarida rahbar unumdorlik va samaradorlik haqida qayg‘urishi kerak. Boshqaruv samaradorligi tushunchasi kо‘p jihatdan tashkilotning ishlab chiqarish boshqaruvining о‘zigagina xos iqtisodiy xususiyatlarga ega. Boshqaruv samaradorligining bosh mezoni sifatida boshqariladigan obyektning samaradorlik darajasi xisoblanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 1 8 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Boshqaruv samaradorligi muammosi quyidagi muhokamalarni о‘z ichiga oluvchi boshqaruv iqtisodining tarkibiy qismidir: 1. Boshqaruv imkoniyatlari, ya’ni boshqaruv tizimi qо‘l ostida bо‘lgan va foydalanadigan barcha resurslar majmuini tashkil etadi. Boshqaruv qudrati moddiy va ma’naviy shakllarga ega; 2. Boshqaruv vazifalariga mos keluvchi sotish bо‘yicha ishlar xajmi, texnologiya, tashkil etish, mazmuni jihatdan aniqlanuvchi boshqaruv uchun chiqim va xarajatlarni; 3. Boshqaruv mehnati xususiyatlarini boshqaruv samaradorligi, ya’ni tashkilot faoliyati, manfaatlarini amalga oshirish jarayonida alohida maqsadlarga erishishda kishilarning harajatlari samaradorligi - bu boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning о‘zaro aloqasi sifatidagi boshqaruv jarayoni va faoliyat tizimining samaradorligidir, ya’ni boshqaruv tarkibiy qismlarining о‘zaro aloqadorligining integratsiyalashgan natijasidir[1]. Samaradorlik boshqaruvchi qanday darajada maqsadlarning amalga oshirsa, shunday darajada rejalashtirgan natijalariga erishishini kо‘rsatadi. Boshqaruv samaradorligi ishlab chiqarish samaradorligida namoyon bо‘ladi va ishlab chiqarish samaradorligining tarkibiy qismi hisoblanadi. Maqsad va xarajatlarga taqqoslangan faoliyat natijalari bu aynan, boshqaruv toifasi sifatidagi samaradorlik mazmunidir. Menejer faoliyati samaradorligiga xodimning imkoniyatlari, uning alohida vazifalarini bajara olish qobiliyati: ishlab chiqarish vositalari, alohida xodim va jamoaning ijtimoiy jihatlari, tashkil etish madaniyati kabi qator omillar ta’sir kо‘rsatadi. Bu barcha omillar birgalikda integratsiyalashgan xolda ta’sir qiladi. Shunday qilib, boshqaruv samaradorligi boshqaruvni mukammalashtirishning muhim kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib, ularga erishish uchun sarflangan resurs va boshqaruv natijalarini solishtirib, aniqlanadi. Boshqaruv samaradorligini baholash boshqaruv harajatlari bilan olingan foydani tenglashtirish https://scientific-jl.com/luch/ 4 1 9 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 yо‘li bilan aniqlanadi. Biroq bunday soddalashtirilgan baholash xar doim xam tо‘g‘ri bо‘lavermaydi, sababi: boshqaruv natijasi xar doim ham foydadan iborat bо‘lmaydi; bunday baholash boshqaruvni, uning yutuqlaridagi rolini yashiruvchi bevosita va bilvosita natijalarga olib keladi; boshqaruv natijasi faqatgina iqtisodiy emas, balki ijtimoiy ham bо‘lishi mumkin; boshqaruv harajatlarini har doim ham aniq ajratish mumkin emas[2]. Ijtimoiy ishlab chiqarishning maqsadi ham oz mehnat, moddiy va pul mablag‘lari sarflab kо‘proq samaraga erishishdir. Samaradorlik nisbiy miqdorini hisoblash uchun erishilgan samarani sarflangan harajatga bо‘lish kerak(1-rasm). 1 – rasm. Boshqaruv resurslari va samaradorligi Boshqaruv samaradorligini aniqlashda bu tariqa yondashish albatta notо‘g‘ri bо‘ladi. Chunki bu yerda asosiy urg‘u boshqaruvchi obyekt (korxona, firma va x.k.) samaradorligiga emas, balki kо‘proq boshqaruv mehnati samaradorligiga beriladi. Menejment samaradorligini oshirishda qaror qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv jarayonida qaror qabul qilish kundalik qayta qabul qilinadigan qarorlardan farq qilib, u aniq bir tartibga solingan jarayon xisoblanadi. Menejer faqat о‘zi uchun emas, balki firma uchun ham, boshqa mehnatkashlar uchun ham xarakat yо‘nalishini tanlaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 0 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Demak, firma boshqaruvida qaror qabul qilish bu tashkilot rahbarini oldiga qо‘ygan maqsadiga erishish uchun о‘z vakolati omilkorligi doirasida qarorlarning mavjud muqobil variantlaridan eng optimalini tanlab olishdir. Bir rahbarning qabul qilgan optimal qarori shu tashkilotning 5-6 oylik ish faoliyatiga ta’sir kо‘rsatadi. Qabul qilingan qarorlar xodimlarning xayotiga, ish jarayoniga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda u korxonadan tashqari bо‘lgan odamlarga ham ta’sirini kо‘rsatadi. Shunday ekan, boshqaruv qarorlari ilmiy
Доказательный фрагмент
«The article explores the main factors that determine the efficiency of management in industrial enterprises.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article explores the main factors that determine the efficiency of management in industrial enterprises. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boshqaruv samaradorligi, ishlab chiqarish, https scientific-jl, scientific-jl com, com luch, luch часть-, часть- том-
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024